18 – ma’ruza.
Darsning maqsadi.
Mavzu: Vakuumda elektr toki.Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod lampalarni volt - amper tavsifnomasi. Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining volt - amper tavsifnomasi.
ТERMOELEKТRON EMISSIYa. ELEKТRON LAMPALAR.
Qizigan qattiq va suyuq jismlarning elektron chiqarishi termoelektron emissiya deb aytiladi.
Тermoelektron emissiya hodisasini tekshirishni 1-chizmada tasvirlangan sxema yordamida amalga oshirish qulay.
1 - chizma
Sxemaning asosiy elementi ikki
elektrodli lampa hisoblanadi, uni odatda vakuumli diod deb ataladi. U ichida
K katod va A anoddan iborat ikkita elektrodi bo’lgan, havosi surib olingan metal yoki shisha ballondan iborat. Konstruksiyasi bo’yicha elektrodlar turli shaklda tayyorlangan bo’lishi mumkin. Oddiy holda, katod ingichka to’g’ri tola, anod esa katodga nisbatan koaksal silindr shaklida bo’ladi (2- chizma).
Katod cho’g’lantiruvchi
batareya BH tomonidan hosil qilingan tok bilan qizdiriladi. Reostat R
1 yordami bilan cho’g’lantirish tok kuchini boshqarib, cho’g’lanish temperaturasini o’zgartirish mumkin.
Elektrodlarga Ba anod batareyasida kuchlanish beriladi. Anod kuchlanishi U
a ning kattaligini
R2 potensiometr
yordamida uzgartirish va V voltmetr yordamida ulchash mumkin (anod potensiali katod potensialidan yuqori bo’lsa, U
a musbat hisoblanadi). Galvanometr
G anod tok kuchi i
a ni o’lchash uchun mo’ljallangan.
Agar katod cho’g’lanishini
birday saqlagan holda, anod tok kuchi i
a ning anod kuchlanishi
Ua ga bog’likligi olinsa, u holda 3-chizmada tasvirlangan egri chiziq hosil bo’ladi (turli egri chiziqlar katod temperaturasining turli qiymatlariga moc keladi). Ushbu egri chiziq volt-amper tavsifnoma deb ataladi.