Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod




Download 59,77 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2024
Hajmi59,77 Kb.
#230647
1   2   3   4   5
Bog'liq
sobGBvQH2KyxWEhBvxGFwD8S4ihXBZeyyIdY7ghx (1)

9 - chizma


Bunga sabab shuki, kuchlanganlik ortishi bilan ionlar va elektronlarning tartibli harakati tezligi ortadi, binobarin, elektrodlarga 1 sek davomida o’tayotgan elektr miqdori (tok) dam ortadi. Ravshanki, maydon kuchlanganligining qiymati tashqi ionizator 1 sek davomida hosil qilayotgan barcha ionlar va elektronlar xuddi shu vaqt ichida elektrodlarga yetib keladigan qiymatga yetganida tokning o’sishi to’xtaydi. Bu Yeb kuchlanganlikka moc Im maksimal tok to’yinish toki deyiladi (bs qismi). Тo’yinish toki kattaligi ionizator quvvatiga proporsional. Maydon kuchlanganligi yetarlicha katta bo’lganda gazning o’z-o’zidan ionlanishi boshlanadi, kuchlanganlikning yanada ortishida mustaqil gaz razryadi boshlanadi. Shunday qilib, 9-chizmadagi egri chiziqning Od qismi mustaqilmas gaz razryadiga, egri chiziqning d nuqtadan o’ngroqda yotgan tarmog’i mustaqil gaz razryadiga tegishli ekan.
Gaz razryadining umumiy belgilari ana shunday. Shu bilan birga razryadning xarakteri (turi) asosan gazning bosimi, temperaturasi, gazning kimyoviy tarkibi,

shuningdek, elektrodlarning materiali, shakli, o’lchamlari va o’zaro joylashishiga bog’liq.
MUSТAQIL GAZ RAZRYaDINING ТURLARI.

  1. Uchqunli razryad. Katta elektr maydoni kuchlanganliklarida (30000 v/sm atrofida) me’yoriy yoki yuqori bosimda bo’lgan gazda uchqun razryad (gazning teshilishi) ro’y beradi. Uning ko’rinishi elektrodlar orasida biron hosil bo’ladigan yorqin egri-bugri tarmoqlangan kanal ko’rinishida bo’ladi. Razryad vaqt o’tishi bilan uzuq – yuluq bo’ladi (kanal goh alangalanadi, goh so’nadi) va kuchli chirsillash bilan boradi.

Тabiiy sharoitda bo’ladigan juda katta uchqunli razryadga yashin misol bo’la oladi. Yashin bulut va yer yoki ikki chaqmoq bulut orasida yuzaga keladigan elektr uchqunidir. Yashinning uzunligi bir necha kilometrga yetishi mumkin, yashin kanalining diametri 25 sm, kanaldagi tok kuchi 105 a ga yetadi. Yashin 10-6 sek davom etadi. Chaqmoq xodisalari, xususan yashin birinchi bo’lib XVIII asrning o’rtalarida M. V. Lomonosov va G.V.Rixman hamda ulardan mustaqil holda amerikalik olim Franklin tomonidan sinovda o’rganilgan edi.

  1. Тoj razryad. Bir jinsli bo’lmagan elektr maydonida bo’lgan me’yoriy yoki yuqori bosimli gazda elektrodlar o’tkir qismlarining yaqinida toj razryadi kuzatiladi. Тoj razryad gazning och binafsha rangda nurlanishi bo’lib, zaif lippillash bilan boradi. Razryad gaz molekulalarining kuchli elektr maydonida katta tezliklargacha tezlatilgan elektronlari va ionlarining zarb bilan ionlanishi tufayli yuzaga keladi.

Тoj razryad, masalan, yuqori kuchlanish simlari yaqinida, machta uchlarida va boshqa o’tkir uchli jismlar yaqinida hosil bo’ladi. Yashin qaytargichning ishlashi toj razryadiga asoslangan. Atmosferada momaqaldiroq bo’lgan vaqtda hosil bo’lgan kuchli elektr maydoni yashin qaytargichning uchida toj razryadni vujudga keltiradi.

  1. Yey razryad. Yey razryad bir-biriga yaqin joylashgan ikki elektr (ko’mir yoki metall elektrod) orasida unchalik katta bo’lmagan kuchlanishlarda (60 v atrofida) vujudga keladi.

Atmosfera bosimida uning temperaturasi baland 5000-6000°K bo’ladi va ko’zni qamashtiradigan darajada nurlanadi. Yey razryad vaqtida 1 mm2 yuzaga to’g’ri keladigan tok zichligi bir necha ming amperga yetadi.
Yey razryad asosan cho’g’langan katodning termoelektron emissiyasidan yuzaga keladi.
Yey razryadini 1802 yilda V.V.Petrov kashf qilgan edi. Hozirgi vaqtda razryadning bu turi metallarni payvand qilish (elektr yoyi bilan payvandlash), maxsus po’latlarni eritish (yey pechi), yoritish (yey fonar, projektor) va boshqa soxalarda qo’llaniladi. Yey razryadining past bosimdagi simob bug’laridagi yorug’ligi ultrabinafsha nurlariga juda boy bo’ladi.

  1. Yolqin razryad. Yolqin razryad gazda past bosim (0,1 mm simob ustuni) va elektr maydonining yuqori kuchlanganliklarida (80 v/sm atrofida) kuzatiladi. Razryad gaz-razryad nayining elektrodlari orasida deyarli butun fazoni to’ldiruvchi sokin nurlanuvchi A ustun (musbat ustun) ko’rinishida bo’ladi (10-chizma), faqat katod yaqinidagi kichik V sohagina nurlanmay qoladi (katod qorongi fazosi). Nurlanish qo’zg’algan molekulalarni vujudga keltiradi, nurlanishning ranggi gaz tabiatiga bog’liq bo’ladi.





Download 59,77 Kb.
1   2   3   4   5




Download 59,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod

Download 59,77 Kb.