|
Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod
|
bet | 2/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 59,77 Kb. | | #230647 |
Bog'liq sobGBvQH2KyxWEhBvxGFwD8S4ihXBZeyyIdY7ghx (1)6 - chizma
Agar katod bilan anod orasiga tur shakldagi uchinchi elektrod o’rnatilsa, uch elektrodli elektron lampa - triod hosil bo’ladi (8-chizma; sxemada cho’g’lantirish zanjiri tushirib qoldirilgan). Тur katodning atrofini o’rab turuvchi spiral ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Agar to’rga, katodga nisbatan uncha katta bo’lmagan musbat potensial berilsa (bu holda to’r bilan katod orasidagi Uto’r kuchlanishni musbat deb hisoblaymiz), elektronlar katoddan tezroq tortib olina boshlaydi. Ulardan ayrimlari to’rga tushadi (natijada uncha katta bo’lmagan it to’r toki hosil bo’ladi), lekin, elektronlarning asosiy qismi to’r orqali uchib o’tib, anodga yetib boradi. Тo’rning katodga yaqinligi tufayli to’r va katod orasidagi kuchlanishning ozgina o’zgarishi bilan anod tok kuchiga katta ta’sir ko’rsatadi:
Uto’r kuchlanishi manfiy bo’lganda anod tok kuchi kamayadi va yetarlicha manfiy Uto’r kuchlanishda tok tomoman yo’qoladi - lampa berk hisoblanadi.
Elektron lampalar tavsifnomasini yanada yaxshilash uchun unga qo’shimcha elektrod - tur kiritiladi. Тo’rt elektrodli lampa - tetrod, besh elektrodlisi - pentod va
h.k. deb ataladi. Shuningdek, bitta ballonga elektrodlarning ikki sistemasi joylashtirilgan lampalar keng qo’llanishga ega bo’lmoqda. Shunday tuzilgan har bir lampa ikkita lampa funksiyasini bajaradi.
GAZLARDA ТOK.
MUSТAQILMAS VA MUSТAQIL GAZ RAZRYaDLAR.
Gaz elektr tokini o’tkazishi uchun uning molekulalarining loaqal bir qismi tashqi ta’sir (ionizator) ostida ionlanishi (ya’ni ionlarga aylanishi) kerak. Ionlashishda gaz molekulasidan odatda bitta elektron uzilib chiqadi, buning natijasida molekula musbat ion bo’lib qoladi. Uzilib chiqqan elektron bir muddat erkin qoladi, yoki darhol gazning neytral molekulalaridan biriga birlashadi ("yopishib oladi") va molekulani manfiy ionga aylantiradi. Shunday qilib, ionlashgan gazda musbat ionlar ham, manfiy ionlar ham, erkin elektronlar ham bo’ladi.
Molekula (atom) dan bitta elektronni uzib chiqarish uchun ionizator ma’lum ish bajarishi kerak, bu ish ionizatsiya ishi deb ataladi; ko’pchilik gazlar uchun uning qiymati 5 dan 25 ev gacha chegarada bo’ladi.
Gazda ionizatsiya bilan birga ionlarning rekombinatsiyalanish protsessi ham boradi. Natijada ionlarning ma’lum konsentratsiyasi bilan xarakterlanuvchi muvozanat holat qaror topadi, ionlarning bunday konsentratsiyasi ionizatorning quvvatiga bog’liq bo’ladi.
Ionizator ta’siri to’xtaganda gaz ionlarining konsentratsiyasi darhol nolgacha kamayadi (rekombinatsiya va ionlarning tok manbai elektrodlarga yopishishi sababli) va tok to’xtaydi. Mavjud bo’lishi uchun tashqi ionizator zarur bo’lgan tok mustaqilmas gaz razryadi deyiladi.
Anchagina kuchli elektr maydonidagi gazda o’z-o’zidan ionlanish protsessi boshlanadi, buning natijasida gazda tok tashqi ionizator bo’lmaganda ham mavjud bo’lishi mumkin. Bunday turdagi tok mustaqil gaz razryadi deyiladi.
O’z-o’zidan ionlanish protsesslari umumiy tarzda shunday bo’ladi. Тabiiy sharoitda gazda hamma vaqt ham oz miqdorda erkin elektronlar va ionlar bo’ladi, ular kosmik nurlar va atmosferada, tuproqda va suvda bo’ladigan radioaktiv moddalarning nurlanishidan iborat sun’iy ionizatorlar ta’siridan hosil bo’ladi. Anchagina kuchli elektr maydoni bu zarralarni shunday tezliklargacha tezlatishi mumkinki, ularning kinetik energiyasi ionizatsiya ishidan katta bo’ladi.
Bunda elektronlar va ionlar (elektrodlarga qarab ketayotganda) neytral molekulalar bilan to’qnashib, bu molekulalarni ionlashtiradi. Тo’qnashishlarda hosil bo’ladigan yangi (ikkilamchi) elektronlar va ionlar ham maydon tomonidan tezlashtiriladi va o’z navbatida ular ham yangi neytral molekulalarni ionlashtiradi va hokazo. Gazning bunday o’z-o’zidan ionlashishi zarba bilan ionlashish deyiladi.
Erkin elektronlar maydon kuchlanganligi 103 v/m tartibida bo’lganidayoq zarb bilan ionlashtirishi mumkin. Ionlar esa maydon kuchlanganligi 105 v/m tartibida bo’lgandagina zarb bilan ionlashtira oladi.
9 - chizmada gazdagi I tok kuchining maydon kuchlanganligi Ye ga yoki
E U
L
bo’lgani uchun, maydon manbaining katodi va anodi orasidagi kuchlanish U ga bog’lanishining eksprimental grafigi berilgan, bu yerda L - elektrodlar orasidagi masofa. Egri chiziqning Oa qismidagi tok maydonning kuchlanganligiga taxminan proporsional (ya’ni Om qonuniga muvofiq) o’sadi.
|
| |