• Sementit qanday birikma
  • Etiboringgiz uchun raxmat
  • Mavzu: Holat diagrammasini o'rganish Hamidov Nursulton




    Download 0,52 Mb.
    Sana06.12.2023
    Hajmi0,52 Mb.
    #112627
    Bog'liq
    Taqdimot (3)

    Mavzu:Holat diagrammasini o'rganish

    Hamidov Nursulton

    Reja

    1:HOLAT DIAGRAMMASI

    2:Ferrit nima?

    3:Perlit haqida malumot

    4:Sementit qanday birikma?

    5:Grafit

    6:Ledeburit

    Holat diagrammasi

    • Holat diagrammasi, muvozanat diagrammasi, fazoviy diagramma — fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geometrik ifodasi. Holat parametrlari — termodinamik sistema holatini ifodalaydigan fizik kattaliklar (temperatura, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h.k.). Fazaviy diagramma bir yoki koʻp komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va koʻp fazali boʻladi. Fazalar gazsimon, suyuq, qattiq, oʻta oʻtkazuvchan, segnetoelektrik va boshqa boʻlishi mumkin.

    Ferrit nima

    Ferrit – (F yoki Feα) - bu uglerodni alfa temirdagi – Feα (suqilib kirgan, singdirilgan) qattiq eritmasi (Feα(С)) (2-rasm). Bunda uglerodning miqdori uy haroratida ~0,006% ga, 7270S da 0,025% ga teng. Bunga texnik temir deyiladi. Cho‘zilishga qarshiligi σв=250-300 Mpa, nisbiy uzayishi ν=40-50%, qattiqligi НВ=80-100, zarbiy qovushqoqligi КС=20-30 kgm/sm2.

    Perlit

    • Perlit – tarkibida 0,8% uglerod bo‘lgan ferrit va sementitning mexaniq aralashmasi. Perlit plastikasimon va donasimon bo‘lishi mumkin. Bu sementitning shakliga (plastinka yoki donalarga) bog‘liq bo‘lib, perlitning mexaniq xossalarini belgilaydi. Xona temperaturasida donali, ya’ni donali perlitning mustahkamlik chegarasi σв=800 Mpa ga, nisbiy cho‘zilishi δ=15%, qattiqligi НВ 160 ga teng.Perlit quyidagicha hosil bo‘ladi. Sementit plastinkasi yoki austenit donasi chegarasida o‘sa boshlaydi, yoxud metallmas aralashma kristallanish markazi bo‘lib hisoblanadi.

    Sementit qanday birikma?

    Sementit – temirning uglerod bilan kimyoviy birikmasi. Sementitda 6,67% uglerod bor. Uning suyuqlanish temperaturasi 16000C atrofida. Juda qattiq НВ=800 va mo‘rt, amalda umuman plastik emas. Sementit murakkab kristall panjaraga ega.Sementit barqaror bo‘lmay, ma’lum sharoitlarda Fe3C ˃ 3Fe + C reaksiya bo‘yicha grafit ko‘rinishda erkin uglerod ajralib parchalanadi. Ikkilamchi sementit deb qotishmadan ajralib chiqadigan birlamchi sementitdan farqli ravishda, qattiq eritmadan ajralib chiqadigan sementitga aytiladi.

    Grafit

    Grafit - bu erkin uglerod bo‘lib, u yumshoq (НВ=3). Grafit aralashmalarining shakli o‘zgarish bilan qotishmaning mexaniq va texnologik xossalari ham o‘zgaradi. Temir-uglerodli po‘latlarda erkin holatda ajralib chiqadi. Geksogonal kristall panjaraga ega, tok o‘tkazadi, yumshoq, mustahkamligi past.

    Ledeburit

    • Ledeburit – tarkibida 4,3% uglerod bo‘lgan austenit va sementitning mexaniq aralashmasi . Ledeburit suyuq qotishmaning 11470C temperaturada qotishidan hosil bo‘ladi. Uning qattiqligi НВ 600-700 ga teng, juda mo‘rt. 7270C temperaturada austenit perlitga aylanganligidan, bu o‘zgarish ledeberit tarkibiga kiruvchi austenitni ham qamrab oladi. Buning natijasida 7270C temperaturada ledeburit austenitning sementit bilan aralashmasi emas, balki perlitning sementit bilan aralashmasidan iborat bo‘ladi.

    Etiboringgiz uchun raxmat

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    Kitob manbalari


    Download 0,52 Mb.




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Holat diagrammasini o'rganish Hamidov Nursulton

    Download 0,52 Mb.