|
-yili Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi «Muqaddas liga» tuzdilar. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Turkiya avvalgidek hujumkor qudratga ega bo‘lmay qoldi
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,29 Mb. | | #231120 |
Bog'liq 8-sinf Usmoniylar1684-yili Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi «Muqaddas liga» tuzdilar. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Turkiya avvalgidek hujumkor qudratga ega bo‘lmay qoldi. Turkiya Yevropa davlatlari madadiga tayanishni lozim ko‘rdi. Yevropa davlatlari savdogarlariga bir qator yengillik va imtiyozlar berila boshlandi. Masalan, Fransiya savdogarlari uchun atigi uch foiz miqdorida bojxona to ‘lovi joriy etildi. Natijada, Turkiya bozorlari Yevropa tovarlariga to ‘lib ketdi. Bu esa mahalliy hunarmandchilikka qattiq zarba berdi. Tashqi siyosatda esa Turkiya, birinchi navbatda, Angliya va Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. XVI asrdan Yevropaning ilg'or g‘oyalari ta’siri ostida yirik shaharlar asosan poytaxt Istanbulda dunyoviy fanIarni rivojlantirishga harakat boshlanadi. Bu davrda buyuk turk olimi Koshib Chalabiy maternatika va astronomiya sohasida Xizr Xalifa Tabariy, Mulla Mehmet Chalabiy, Mustafo Koshipzoda kabi olimlar unumli faoliyat olib bordi. Me’morchilikda ham XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida tushunarsiz, milliylikdan ancha yiroq bo‘lgan qorishiq uslublar yaratildi. Vaholanki, XV—XVII asrlarda turk me’morlari buyuk tarixiy obida- larni yaratishgan edi. XVII asr turk m e’morchiligining ajoyib namunalari sifatida sul tonning To ‘pqopi saroyidagi Bag'dod va Ravon ko‘shklarini ham aytib o‘tish lozim. Bu davrda naqqoshlik va miniatura san’ati ham yaxshi rivojlandi. Naqqoshlikda bezak vositasi sifatida, asosan, miniatura rasmlaridan va yozuvlardan foydalanilar edi. 1) 1684-yili Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi tashkil etgan ittifoqning nomini ko’rsating. a) Muqaddas ittifoq b) Muqaddas liga c) Ajralmas liga 2) Qachonga kelib Turkiya avvalgidek hujumkor qudratga ega bo’lmay qoldi? a) XVI asr oxiri – XVII asr boshlari b) XVII asr oxiri – XVIII asr boshlari c) XV asr oxiri – XVI asr boshlari 3) Qaysi davrda Turkiya Rossiya bilan bir necha bor urushlar olib brogan? a) XVIII asr b) XVII asr c) XVI asr 4) XVI asrda yashab o’tgan me’morni ko’rsating. a) Afinalik Artur b) Lui Pastor c) Xo’ja Sinon 5)Tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega bo’lgan asar. a) Sarguzashtnoma b) Sayohatnoma c) Axborotnoma
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-yili Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi «Muqaddas liga» tuzdilar. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Turkiya avvalgidek hujumkor qudratga ega bo‘lmay qoldi
|