• Darsning ta’limiy maqsadi
  • Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
  • Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub
  • Mavzuni mustahkamlash va yakunlash
  • 3-mashq
  • Darsningta’limiymaqsadi
  • Darsningrivojlantiruvchimaqsadi
  • Uyga vazifa
  • Mavzuni mustahkamlash va yakunlash




    Download 1.15 Mb.
    bet3/3
    Sana22.06.2020
    Hajmi1.15 Mb.
    #10449
    1   2   3

    Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

    “Xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya - gigiyena talablari” ga oid savol javob otkaziladi.







    Darsning ta’limiy maqsadi:

    O‘quvchilarga informatika fani, axborot, Informatika sohasida faoliyat ko‘rsatgan olimlar haqida ma’lumot be­rish.



    Darsning tarbiyaviy maqsadi:

    O‘quvchilarga inson hayotida moddiy boyliklar va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini tushuntirish, buyuk allomalarimizning. Informatika sohasiga qo‘shgan xissasini ochib berish.



    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

    O‘quvchilarning bilim haqidagi tasavvurini kengaytirish.



    Asosiy tushunchalar:

    Informatika, axborot, bilim.



    Mavzuni boshlashga hozirlik:

    Informatika darsligi, va plakat tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



    Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub: aqliy hujum, klaster, noma’lum halqa.

    Mavzuni yoritish:

    O‘quvchilarga kompyuterda ishlash uchun 1-darsda “Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya - gigiyena talablari”ga rioya etish tartiblari eslatiladi.

    Informatika fanini ahamiyati haqida tushunchalar beriladi. Informatika uchun asosiy ashyoaxborotdir.Axborot - lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni beradi. U inson hayotida bilishi zarur bo‘lgan eng muhim tushunchalardan biridir. Dastlab axborot deganda odamlarning o‘zaro og‘zaki, yozma yoki boshqa usulda uzatadigan ma’lumotlari tushunilgan. Qadim zamonlardan solnomachilar o‘z davrlaridagi tarixiy axborotlarni toshlarda, keyinchalik pergament, qog‘ozlarda yozib qoldirganlar. Buni hujjat yuritish (dokumentalistika) deb atalgan. Yillar o‘tishi bilan axborotni to‘plash, qayta ishlash va tarqatish uchun maxsus bosmaxonalar, ya’ni matbuot tashkil qilindi, boshqacha aytganda informatsion sanoat vujudga keldi. Ommaviy axborot vositalari – gazeta, jurnal, radio va televideniya ishining rivojlanishi sababli odamlar “informatsiya” so‘zining asl ma’nosini emas, balki matbuotdan olingan va olinayotgan ma’lumotlarni, axborotlarni tushuna boshladilar.

    “Informatsiya” so‘zi qadimgi grek tilida “shakl berish”, “tasvirlash” degan ma’noni anglatadi. Axborot so‘zining ma’nosini shu tomondan ham kengaytirib izohlash mumkin.

    Informatika fanini ta’riflashda “kompyuter texnikasini qo‘llashga asoslanib” degan iboraga alohida urg’u berish zarur, chunki Informatika shu jihati bilan boshqa yo‘nalishlardan keskin ajralib turadi.

    O‘quvchilar tomonidan turli rasm, narsa yoki jarayonlarni tavsiflab berilishi orqali axborot va bilishning mohiyatini ular ongiga singdirish mumkin. 7-sinf Darsligidagi topshiriq va mashqlar shu maqsadda berilgan.



    Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

    Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlarbilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin.

    7-sinf Darsligidagi 4 – mashqrni bajarish.

    Uyga vazifa:

    Mavzuga oid 1 ta test yoki krossvord tuzish.



    Qo‘shimcha savol va topshiriqlar

    1. Informatika uchun asosiy ashyo nima?

    2. Axborotni qaysi sezgi organlarimiz orqali qabul qilamiz?

    3. Axborotni ishlatish va saqlashning juda qulay shakllarini aytib bering.

    4. Farobiy bilish jarayonini necha bosqichda vujudga keladi deb ta’kidlaydi?

    5. Axborotni to‘plash, saqlash, uzatish va undan foydalanishni misollar yordamida izohlang.






    Darsning ta’limiy maqsadi:

    O‘quvchilarga axborot haqida tushuncha berish



    Darsning tarbiyaviy maqsadi:

    O‘quvchilarga inson hayotida moddiy boyliklar va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini tushuntirish, buyuk allomalarimizning Informatika fanining asosiy ashyosi axborot ekanini ochib berish.



    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

    O‘quvchilarning bilim haqidagi tasavvurini kengaytirish.



    Asosiy tushunchalar:

    axborot, bilim.



    Mavzuni boshlashga hozirlik:

    Informatika darsligi, va plakat tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



    Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub: aqliy hujum, klaster, noma’lum halqa.


    Mavzuni yoritish:

    Axborot tushunchasini yoritishda inson sezgi a’zolarining ahamiyati, inson ongining imkoniyatlari haqidagi alloma Forobiy fikrlariga urg’u berish maqsadga muvofiqdir. Darslikda keltirilgan “muzqaymoq” va “issiq” kabi misollar Forobiy fikrlarini har tomonlama izohlaydi. Forobiy fikrlarining boshqa olimlar fikridan nechog’li teranligini, bilish axborotdan boshlanishini o‘quvchilarga yetkazib berish shu darsning asosiy maqsadlaridan biridir.“Informatsiya” so‘zi qadimgi grek tilida “shakl berish”, “tasvirlash” degan ma’noni anglatadi. Axborot so‘zining ma’nosini shu tomondan ham kengaytirib izohlash mumkin.

    O‘quvchilar tomonidan turli rasm, narsa yoki jarayonlarni tavsiflab berilishi orqali axborot va bilishning mohiyatini ular ongiga singdirish mumkin. 7-sinf Darsligidagi topshiriq va mashqlar shu maqsadda berilgan.

    Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

    Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlarbilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin.

    7-sinf Darsligidagi 1, 2– mashqlarni bajarish.

    Uyga vazifa:

    7-sinf Darsligidagi 3 – mashq, 1 ta test yoki krossvord tuzish.



    1-mashq: Informatika – axborot, ma’lumot, kompyuter ilmi, bilim – axborot, ma’lumot.

    3-mashq: (12+14)3=78, (7+5)3=36 ekanligidan (11+23)3=102.
    Qo‘shimcha savol va topshiriqlar

    1. Informatika uchun asosiy ashyo nima?

    2. Axborotni qaysi sezgi organlarimiz orqali qabul qilamiz?

    3. Axborotni ishlatish va saqlashning juda qulay shakllarini aytib bering.

    4. Farobiy bilish jarayonini necha bosqichda vujudga keladi deb ta’kidlaydi?






    Darsningta’limiymaqsadi:

    O‘quvchilargaaxborotningko‘rinishlari, xususiyatlarihaqidama’lumotbe­rish.



    Darsningtarbiyaviymaqsadi:

    O‘quvchilargaolinayotganaxborotninginsonningbilimvama’naviyboyliklariningyuksalishigata’sirinitushuntirishhamdateranfikrlashgayordamberishiniochibberish.



    Darsningrivojlantiruvchimaqsadi:

    O‘quvchilarningaxborotvabilimhaqidagitasavvurinikengaytirish.



    Asosiy tushunchalar:

    Axborot, borliq, inson ongi, bilim.



    Mavzuni boshlashga hozirlik:

    Informatika darsligi va plakatlar tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



    Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub: aqliy hujum, to‘rli usul, klaster, noma’lum halqa,hamma hammaga o‘rgatadi.

    Mavzuni yoritish:

    Dars nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi tushuncha va ma’lumotlarni o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan hayotiy misollar yordamida izohlash mumkin.



    Axborotning ko‘rinishlarini misollar yordamida izohlash maqsadga muvofiqdir:

    • matn: alifbo harflari, raqamlar, tinish belgilari, xat, konspekt hikoya va ertaklar, darslikdagi mavzular va boshqalar yozuv ko‘rinishida ifodalanadi, kompyuterda esa Bloknot, Word dasturlari yordamida tayyorlangan fayllar – ko‘rish sezgisi yordamida ularni o‘qib, mulohaza yuritib axborot olamiz;






    • rasm, chizma yoki fotografiya: rasm darsida chizilgan rasmlar, chizmachilikdagi chizmalar, boshlang‘ich sinfda tabiatni kuzatib oylik ob-havo haqidagi jadvallardagi rasmlar, maktab evkuatsiya exemasi, o‘quvchining maktabdan uyga va aksincha xarakat sxemasi, o‘quvchining fotografiyasi, maktabdagi do‘stlari, oila a’zolari yoki tabiat qo‘ynidagi esdalik fotografiyalari, darslikdagi rasmlar va fotografiyalar, buyuk rassomlarning asarlari, allomalarning rasm yoki fotografiyalari, kompyuterda esa Paint dasturi yordamida tayyorlangan fayllar – ko‘rish sezgisi yordamida ularni kuzatib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

    • nur yoki ovoz signallari: quyosh nurining yoritishi va issiqlik tashishi, oyning yerni yoritishi sabablari, o‘yinchoq lazer qurilmalari, lampochkalarning xira yoki kuchli yoritishi, elektr isitish asboblaridan chiqayotgan yorug’lik, biror narsaning yondirilgandagi yoritish xususiyati, insonning gapirganda yoki ta’sirlangandagi tovushi, avtomashina signali, bargning shamoldagi yoki suvning oqishidagi shildirashi, maktab qo‘ng’irog’i, hayvonlar ovozi, nay, nog’ora g‘ijjak, pianino, skripka chiqaradigan tovushlar, kompyuterda esa Windows Media yoki Light Alloy dasturi yordamida ochiladigan fayllar – ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;





    • radioto‘lqinlar: nurning, issiqlik yoki tovushning to‘lqin xususiyatiga egaligi, televizor, radio yoki telefon signallarining radioto’lqin ekanligi – teri-badan, ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

    • elektr va nerv impulslari: qorni ochqaganligini, biror yeri og‘riyotganini, stulning qattiq yoki yumshoqligini, stolning silliq va sovuqligini, biror yeri qizib ketayotgani, achishayotgani yoki kuyayotganini – teri-badan sezgisi yordamida inson ongiga ta’sir etayotgan elektr va nerv impulslari orqali ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot oladi;

    • magnit yozuvlari: video yoki audio kassetalardagi, kompyuterning tashqi xotirasidagi (disket, vinchester) yozuvlar – turli qurilmalar (video yoki audio magnitofon, kompyuter va hokazo) yordamida ko‘rish va eshitish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

    • mimika: turli imo-ishoralar yoki harakatlar (ko‘rsatkich barmoqni lab ustiga bosish – jim bo‘lish ishorasi, ko‘rsatkich barmoqni boshga tegizib aylantirish – nodon ekanligiga ishora, boshqa barmoqlarni bukib bosh barmoqni yuqoriga ko‘tarish – maqtov belgisi, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish – hurmat yoki ijro etishga tayyorgarlik belgisi va hokazo), teatrlashtirlgan harakatlar – ko‘rish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

    • hid va ta’m: gullar isi, atir va boshqa pardoz ashyolarning isi, tutun, gaz, terlash natijasi, bo‘yoq, taom hidi, yer, bog’, o‘tloqlar va hokazo hidi, shirin, achchiq, nordon ta’m, taomlar, pishiriqlar, shirinliklarning o‘ziga ta’mi – hid va ta’m bilish sezgilari yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz;

    • organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar – o‘g‘il yoki qiz farzandning tug‘ilishi, farzandlarning ota-ona, buva-buvi va ulardan avvalgi ajdodlarining belgi va xususiyatlari, fe’lini o‘zida saqlashi, ularga o‘xshashligi – ko‘rish sezgisi yordamida ulardan ta’sirlanib, mulohaza yuritib axborot olamiz.

    Shu o‘rinda axborot olishda inson sezgi a’zolarining ahamiyati, inson ongining imkoniyatlari haqidagi alloma Forobiy fikrlariga urg’u berish o‘tish maqsadga muvofiqdir.

    Axborotdan hayotiy faoliyatimizda foydalana olishimiz uchun asosiy uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini darslikdagi va yuqoridagi kabi misollar yordamida asoslab berilishi maqsadga muvofiqdir.

    O‘quvchilar tomonidan turli rasm, narsa yoki jarayonlarni tavsiflab berilishi orqali axborot va bilishning mohiyatini ular ongiga singdirish mumkin. 7-sinf Darsligidagi topshiriq va mashqlar shu maqsadda berilgan.

    Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

    Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlarbilan murojaat qilish, turli rasm, jarayonlarni izohlashni topshirish yoki test vazifalarini berish mumkin.

    7-sinf Darsligidagi 1, 2, 4 – mashqlarni bajarish.

    Uyga vazifa:

    7-sinf Darsligidagi 3 – mashqlar, 2 ta test yoki 1 ta krossvord tuzish.



    Ba’zi mashqlarning yechimlari:

    4-mashq: 8 ning 2 ulushi; teng tomonli uchburchak; o‘quvchilarning o‘zlashtirish diagrammasi.
    Qo‘shimcha savol va topshiriqlar

    1. Berilgan gaplarda axborotning qaysi xususiyatlari hisobga olinmagan?

        1. Dam olish kuni basseynda suzishga boramiz. (to‘liqlik)

        2. Bitiruv imtihonidan 7 sinf o‘quvchilari faqat a’lo baho oldi. (ishonchlilik)




    1. Quyidagi sifatlarga ega axborotga misollar keltiring:




    a) ishonchli yoki ishonchli bo‘lmagan

    b) to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan

    d) qimmatli yoki qimmatli bo‘lmagan

    e) tushunarli yoki tushunarli bo‘lmagan




    Download 1.15 Mb.
    1   2   3




    Download 1.15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash va yakunlash

    Download 1.15 Mb.