Darsning texnologik xaritasi
7 ona tili Konspekt
O'quvchilar o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malaka: - tilshunoslikning fonetika bolimi haqida tushunchaga ega bo'lish; - unli va undosh tovushlar,tovushlar tasnifi tushunchasini farqlay olish; - fonetik hodisalar haqida bilimlarni kengaytirish. Darsning borishi: Darsning rejasi: 1.Fonetika haqida ma'lumot. 2.Unli tovushlar tasnifi. 3.Undosh tovushlarning hosil bo'lish o'rni, usulini aniqlash. Berilgan savol va topshiriqlar asosida o'quvchilar bilimi aniqlanadi. So'ngra o'quvchilar fikri umumlashtirilib, shunday xulosaviy fikrlarni bayon qilish mumkin. Fonetikada tovush va harf, nutq a'zolari, bo'g'in, bo'g'in ko'chirish, urg'u singari hodisalarning o'rganilishi aytiladi. Undosh va unli harflarni sinf doskasiga oldindan yozib qo'yish mumkin: b, d,f, g, h,j, k, I, m, n,p, q, r, s, t, v, x, y, z, g', sh, ch, ng -a, e, i, o, u, o'. Sinf «Chaqqon» va «Tezkor» guruhlariga bo'linadi. «Chaqqon»lar undoshlarni, «Tezkor»lar unlilarni talafluz qiladilar. Shu bilan birga, undoshlar va unlilarni ajratishda ularning to'siqqa uchrashi va uchramaslik belgisiga tayanilganligini aytadilar. O'qituvchi o'quvchilarning javoblarini to'ldirib, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra undosh tovushlami jarangli va jarangsiz undoshlarga bo'linishiga hamda jarangli va jarangsiz undoshlaming farqli belgilariga e'tiborni qaratadi. 5-mashqni bajarishda o'quvchilar gaplarni ko'chirib, unli va undosh tovushlami ajratib, ularga tavsif beradilar. Namuna: b - undosh, jarangli, lab tovushi. 6-mashqni bajarishda o'quvchilar undosh tovushlami am'qlab, berilgan jadvalga joylashtiradilar.
7-mashq shartini bajarish uchun portlovchi va sirg'aluvchi undosh tovushlami amaliy bajaradilar. D undoshi til uchining yuqori tishlar tirqishini jips berkitishidan og'iz bo'shlig'ida qamalib yotgan havo zarb bilan til-tish orasini «yorib», «portlash»idan hosil bo'lishi anglatiladi. M, n, ng undoshlarining portlovchiligi burunni ikki bar-moq bilan qisib, talaffuz qilish orqali oson tushuniladi. Sirg'aluvchi undoshlar ikki nutq a'zosi jipslashishga yaqinlashganda og'iz bo'shlig'ida to'plangan havo har qanday sharoitda yo'l topib, tirqishlardan chiqishi hisobiga hosil bo'ladi. r, z, s tovushlari-ning talaffuzi o'quvchilaming amaliy bajarishlari hisobiga aniqlansa, xotirada uzoq saqlanadi. Namuna: sh sirg'aluvchi, n portlovchi, s sirg'aluvchi, t portlovchi, b portlovchi, z sirg'aluvchi deb davom ettiradi. 8-mashq mustaqil bajariladi. 9-mashq uyga vazifa. Download 250 Kb. |
Download 250 Kb. |