Darsning texnologik xaritasi




Download 78.52 Kb.
bet3/11
Sana10.04.2017
Hajmi78.52 Kb.
#3792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mashg’ulot bosqichlari

Bosqichlar

Mazmuni

Vaqti

1-bosqich

Tashkiliy qism



Salomlahshish. O’quvchilarni darsga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.

4-daqiqa

2-bosqich

O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash



O’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda uyga vazifa bajarganligini tekshirish

10-daqiqa

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni



Yangi mavzuning mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma ,malakalar hosil qilinadi.

20-daqiqa

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash



O’quvchilar egallagan bilim, ko’nikmalari savol–javoblar orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.

8-daqiqa

5-bosqich

Darsni yakunlash , o’quvchilarni baholash va vazifa berish



Baholarni e’lon qilish ,uyga vazifani tushuntirish . O’quvchilar bilan xayrlashish

3-daqiqa

I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat;b)psixolog muhit yaratish maqsadida topishmoq aytiladi.

Olmosning tarkibida, Ko’mirning suyagida ,

Grafitning mag’zida Mening asl nusxam bor

Qaysi element haqida gap borayapti?(Uglerod)

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga kimyoviy elementlarning belgilari tarqatiladi va doskaga yozib qo’yiladi. Bundan maqsad o’quchilar kimyoviy elementlarning belgilarini va yozilishini eslab qolishlari kerak. O’quchilarning dars davomida qatnashib borgan har bir javoblariga kimyoviy elementlari to’g’risiga bir balldan yozilb boriladi . Mavzuni mustahkamlash maqsadida bo’sh o’zlashtiruvhci o’quvchilarga savollar tarqatiladi . Sinf o’quvhchilari ishtirokida tezkor savol- javob o’tkaziladi .

1.Murakkab moddalar deb nimaga aytiladi?

2. Murakkab moddalar nechaga bo’linadi?

3.Oksidlar deb nimaga aytiladi?

4.Oksidlar nechaga bo’linadi?

5.Asoslar deb nimaga aytiladi?

6.Asoslar nechaga bo’linadi?

Yangi mavzu bayoni: Asoslarning olinishi: Ishqoriy metallarning suv bilan bevosita

ta’siridan olinadi:

2Na+2H2O=2NaOH+H2

Asosli oksidlarning suv bilan ta’siridan olinadi:

CaO+H2O=Ca(OH)2

Erimaydigan asoslarni olish uchun ularning tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi:

CuSO4+2NaOH=Cu(OH)2+Na2SO4

Erimaydigan asoslardan mis, xrom va aluminiy gidroksidlarini olishni ko’rsatib o’tish mumkin. Labaratoriya ishini bajarishdan oldin ularning eritmalarini tayyorlab olish lozim,shuningdek ishqor eritmasi ham kerak bo’ladi. Ms.Mis (II) –gidroksid olish uchun mis xlogrid tuziga natriy gidroksid ta’sir ettirilganda ko’k rangli cho’kma hosil bo’ladi.

Fizik xossalari. Asoslar qattiq moddalar bo’lib ulardan ishqorlar oq rangli

Kristall moddalar hisoblanadi. Erimaydigan asoslar turli ranglarda bo’ladi: mis gidroksidi ko’k, xrom gidroksidi yashil ,aluminiy va rux gidroksidlari oq rangda bo’ladi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallarining gidroksidlari suvda yaxshi eriydi, qolgan asoslar suvda yomon eriydi.

Kimyoviy xossalari.1.Suvda eriydigan asoslar indikatorlar rangini o’zgartiradi.





Download 78.52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 78.52 Kb.