• Kun tartibida 1.
  • Qaror qilindi
  • “Тасдиқлайман”




    Download 2.85 Mb.
    bet1/23
    Sana31.10.2023
    Hajmi2.85 Mb.
    #92162
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    8a-sinf
    АКТ ВВОД намуна, Gaz turbinalari, 50721101-OR, Реле хим ва автом слайд, Elektr yoylarining turlari. Elektr yoyi tavsifi va xususiyatlar, Mavzu Elektr yoyini so\'ndirish Reja, Eshto\'xtarova Munira, nutq-madaniyati, 050-20 STRo‘(1-топшириқ) (2), hjgkh, 1, Yon daftarcha Yoshlar agentligi, Shaxsiy ma, 1. Axborotlarni olish Axborotlarga ishlov berish-www.genderi.org


    «Tasdiqlayman»
    Maktab direktori: M.Teshayev
    Kogon tumanidagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabida Butunjahon bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab «Men-bolaman va mening ham huquqlarim bor!» nomi ostida o`tkazilgan sinf soati
    Bayonnomasi
    2020 yil 13 noyabr Kogon tumani
    Qatnashdilar : Maktab direktori M.Teshayev,MMIBDO` D.Murodova,maktab psixologi N.Oripova, o'qituvchi Sh.Ro'ziyeva va 9-sinf o'quvchilari
    Kun tartibida
    1. «Men-bolaman va mening ham huquqlarim bor!» mavzusi asosidagi namunali dars
    E sh i t i l d i
    13-noyabr Butunjahon bolarni himoya qilish kuni munosabati bilan maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Shaxnoza Ro`ziyeva boshchiligida 9-sinf o`quvchilari bilan birgalikda «Men-bolaman va mening ham huquqlarim bor!» nomi ostida sinf soati tashkil etildi.Darsdan ko'zlangan asosiy maqsad bolalarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro va miliy qonunlar to'g'risida bilimlarni,umuminsoniy va umummadaniy qadriyatlarni,mamlakatda va dunyoda bo'layotgan voqealarga daxldorlik tuyg'usini,ularning muloqotga kirishish faoliyatini,tanqidiy,mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va shakllantirishdan iborat.
    Darsda o'qituvchi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,bola huquqlariga doir ko'rgazmalar, tarqatmalar va videoroliklardan foydalandi.
    O'qituvchi Sh.Ro'ziyeva o'z ma'ruzasida quyidagilarni bayon qildi:Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan.Konvensiya bolalarning universal bo'lgan shaxsiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari,ularni ta'minlash,himoya qilish tamoyillari va choralarini o'zida aks ettirgan.Ushbu hujjat sayyoramizdagi bolalar huquqlarini himoya qiladi.Mamlakatimiz konvensiyani 1992 yil 9 dekabrda ratifikatsiya qilgan.Konvensiya yashash huquqi,dam olish huquqi,ijodiy huquq va boshqa ko'plab huquqlarni o'z ichiga oladi.
    O'qiyuvchi dars davomida sinfni ikki guruhga bo'lgan holda interaktiv o'yinlar va interfaol metodlardan foydalandi.Guruhlar ishtiroki hakamlar tarkibi tomonidan baholab borildi.Namunali dars so`ngida MMIBDO` D. Murodova ishtirokchi o`quvchilarga, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Sh.Ro`ziyevaga maktab ma`muriyati nomidan tashakkur bildirib , bunday darslar ko`proq tashkil etilishini ta`kidlab o`tdi.
    Yuqoridagilar inobatga olinib,
    Qaror qilindi:

    1. Hakamlar hay`ati tomonidan ballar hisoblanib , ‘’Yangi avlod’’ jamoasi g`olib deb topilsin va mavzu doirasida o'quvchilarni bilimlarini mustahkamlash o'qituvchi Sh.Ro'ziyeva zimmasiga yuklatilsin.




    Download 2.85 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 2.85 Mb.