Kesuvchi asbobni yo’naltiruvchi moslama elemantlari va boshqa qurilmalari




Download 3,29 Mb.
bet4/5
Sana02.10.2024
Hajmi3,29 Mb.
#273274
1   2   3   4   5
Kesuvchi asbobni yo’naltiruvchi moslama elemantlari va boshqa qurilmalari. Parma va o’yuvchi asboblar kabi ayrim kesuvchi asboblarga yo’nalish va bikrlik berish uchun moslamalarda yo’naltiruvchi elementlar qo’llaniladi. Ular yuqori aniqlikda tayyorlangan va yeyilishiga bardoshliligi katta bo’lishi kerak .
Bunday elementlar vazifasini parmalash va kengaytirish moslamalari uchun konduktor vtulkalarni bajaradi. Vtulkalarni konstruktsiya va o’lchamlari standartlashtirilgan.
Vtulkalar moslama korpusiga qizdirib preslab o’tkazish bo’yicha presslangan doimiy, sirpantirib o’tkazish bo’yicha o’rnatilgan almashuvchan va nixoyat, tez almashunuvchan bo’ladi.
Doimiy konduktor vtulkalari mayda seriyali ishlab chiqarishda qo’llaniladi, chunki ularni ishlatilishi koeffitsyenti yuqori bo’lmaganligi uchun uzoq vaqtga yetadi va almashtirishga xojat yo’q.


Almashuvchan va tez almashuvchan vtulkalar ommaviy va yirikseriyali ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ular moslama korpusiga presslangan doimiy vtulkalarga sirpanib o’tkazish bo’yicha o’rnatiladi.


Ommaviy ishlab chiqarishda vtulkalarni ishlatilish koeffitsyenti juda yuqori, shuning uchun, ularni tez-tez almashtirib turish talab qilinadi. Tez almashuvchan qisqichli vtulkalardan teshiklarga bir qancha asboblarni almashtirib ishlov berishda foydalaniladi.
Teshik diametri 25mm gacha bo’lgan vtulkalar U10A markali po’latdan tayyorlanadi va HRC 60-65 qattiqlikgacha toblanadi.
Vtulkalarning taxminiy xizmat muddati 10000-15000 parmalashga yetadi.

Moslamaning yordamchi elementlariga turli ko’rinishdagi buraluvchi qurilmalar, turtkichlar, ilgich konstruktsiyalar va irg’ituvchi vintlar kiradi.


Bo’luvchi va buraluvchi qurilmalar keskichga nisbatan tayyorlamaga turli xolatni berish kerak bo’lgan ko’p o’rinli moslamalarda qo’llaniladi, bu qurlima moslamaning buraluv qismiga maxkamlanadigan diskdan va fiksatordan tashkil topgan.
Turtkichi uncha katta bo’lmagan detallarni moslamadan tushirishni tezlashtirish uchun ishlatiladi. Masalan: richagli turtkich (18.14a-rasm)









14a-rasm. Richag turtkichli moslama.

14b-rasm. Ochiluvchan qopqoqli moslama.

Irg’itiuvchi qopqoq, plita yoki playka bilan ta’minlangan moslamalardan detallarni chiqarish uchun ilgich konstruktsiyasi va irg’ituvchi vintlardan foydalaniladi.


Moslamada, ayniqsa uning korpusi muhim o’rin to’tadi, chunki korpus moslamaning asosiy detali hisoblanadi, unga barcha o’rnatish, yo’naltirish, shuningdek yordamchi elementlari o’rantiladi. Tayyorlamani kesish va qisish kuchlarinii korpus qabul qiladi.
Moslama korpusiga quyidagi talablar qo’yiladi:
– minimal og’irlikdagi bikrlik va mustahkamlik;
– tayyorlamani tez o’rnatish va yechish imkoniyati;
– qirindilarni oson tozalash va sovutish suyuqliklarini chiqishi uchun qulay imkoniyatini bo’lishi;
– moslamani dastgohga o’lchovlarsiz oson o’rnatish va qotirish uchun korpusni mos bo’lishligi;
– texnika xavfsizligi nuqtai nazardan korpus konstruktsiyasi muqobil bo’lishi kerakligi.
Moslama korpusini xar xil usullar bilan olish mumkin: payvandlab, quyub, bolg’alab, alohida elementlarni vintlar bilan yig’ib va boshqalar.
Moslama bikrligiga alohida talablar qo’yilganda, shuningdek bir nechta bir xil korpuslarni tayyorlashda murakkab shaklli korpuslarni quyib tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Moslamani payvandlangan konstruktsiyadagi korpuslari ko’p ishla- tiladi, chunki murakkab shakldagi korpuslarni olish imkoniyati bilan birga ularni narxi 40% gacha kam bo’ladi. Agar yirik korpuslar to’g’risida gap boradigan bo’lsa, payvandlangan konstruktsiyani qulayligi keskin ortadi.
Faqat shakli kichik korpuslarni tayyorlamalari bolg’alab, keyin mexanik ishlov berilib olinadi. Alohida elementlardan yig’iladigan korpuslarni tayyorlash tutashuvchi yuzalarga mexanik ishlov berish hisobiga ish xajmi bir muncha yuqori bo’ladi. Tutashuvchi choklar sonini ortishi biln tegishli ravishda korpusni bikrligi kamayadi.

Download 3,29 Mb.
1   2   3   4   5




Download 3,29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kesuvchi asbobni yo’naltiruvchi moslama elemantlari va boshqa qurilmalari

Download 3,29 Mb.