• Qisuvchi elementlar va mexanizmlar
  • Dastgoh moslamalari to’G’risida umumiy ma’lumotlar ma’ruza rejasi




    Download 3,29 Mb.
    bet3/5
    Sana02.10.2024
    Hajmi3,29 Mb.
    #273274
    1   2   3   4   5
    7-rasm. Parallеl o’qli ikkita tеshikka o’rnatish.




    Markazsiz uya ( yoki konusli faska) ko’rinishida asoslash yuzalariga ega bo’lgan vallar va ayrim boshqa detallar ishlov berishda markaz uyalariga o’rnatiladi, o’rnatish elementlari sifatida markazlardan foydalaniladi.


    Moment uzatish uchun asos yuzasiga ariqchalari bilan botib kiruvchi yulduzchali markazlardan faqat toza ishlov berishda foydalaniladi. Markazga o’rnatishda asoslash xatoligi markaziy uyalarni tayyorlanish aniqligiga bog’liq bo’ladi. Agar bikr markaz uchun uyani chuqurligiga tegishli joizlik belgilangan bo’lsa, u xolda uzunlik bo’yicha o’lcham uchun asoslash xatoligi ana shu joizlik qiymatiga teng bo’ladi.
    Uzunligi bo’yicha tayyorlamani aniq o’rnatish uchun suziluvchi oldingi markaz qo’llaniladi. Bu xolda markaziy uya chuqurligini tebranishi tayyorlamani o’q bo’yicha siljishga ta’sir qilmaydi, chunki u yoni bilan shpindyel tekisligiga tiralib turadi.

    Qisuvchi elementlar va mexanizmlar. Moslama qisuvchi elementlarning asosiy vazifasi o’rnatish elementlari bilan tayyorlamani ishonchli tutashishini va ishlov berish jarayonida uni titramasligini va siljimasligini ta’minlashdan, ya’ni moslama o’rnatish elementlaridan tayyorlamani ajralmaslik sharoitini yaratishdan iboratdir.


    Agar kesish kuchini yo’nalishi va detalni og’irlik kuchlarining o’zi tayyorlamani qo’zg’almaslik sharoitini yaratsa, unda qisuvchi qurilmaning zarurati bo’lmasligi mumkin.
    Shuning uchun xam og’ir, o’rnashuvchan tayyorlamalarga ishlov berishda, kesuvchi kuch tayyorlama og’irligidan ancha kichik bo’lganda, maxsus qisuvchi qurilmalar talab qilinmaydi.
    Moslamani konstruktsiyalashda kesish kuchlarini qisuvchi elementlar qabul qilmasligiga xarakaat qilinadi.
    Qisuvchi kuchni qo’yilish joyini eng yuqori bikrlik, mustaxkam maxkamlanish va tayyorlamani minimal deformatsiyalanishi sharoitlaridan kelib chiqib tanlash zarur.
    Qisuvchi kuchni hisoblash uchun tayyorlamani siljituvchi kuch qiymatini, yo’nalishini va qo’yilgan joyini bilish kerak, shuningdek asoslash va maxkamlash sxemasini bilish zarur.

    Ishqalanish koeffitsyentining qiymati, moslamani o’rnatish va qisish elementlari bilan tayyorlamani tutashish turiga bog’liq bo’ladi.


    Ishlov berilmagan tayyorlama sferik kallakka ega bo’lgan tayanch bilan tutashganda ishqalanishi koeffisyenti quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

    bu yerda N – normal kuch, N
    r – sferik element radiusi, mm
    tayyorlama ariqcha yuzali tayanch bilan tutashganda:
    f=0.0004N+0.2
    bu yerda: N – solishtirma bosim, n/mm2.
    Moslamalarda qisuvchi qurilmalar ahamiyati juda katta va quyidagi qisuvchi qurilma konstruktsiyalari keng ishlatiladi. a) Vintli qisuvchi qurilma.
    b) tez ta’sir qiluvchi vintli qisish
    v) ekstsentrikli qisqich

    Sangali qisqichlar detallarni tashqi silindrik yuzasi bo’yicha markazlashtirish va maxkamlash uchun xizmat qiladi. Sanga o’zida kesilgan prujinalanuvchi gilzani tasavvir qiladi.


    Sangani konus burchagi 300C-400C bo’ladi, qisiluvchi vtulkaning konus burchagi, sangani konus burchagidan 100C ga katta yoki kichik qilinadi.





    a)



    b)

    v)





    g)




    d)



    e)




    Moslamalarda qisuvchi qurilmalar.

    Sangalar 0,20.05 mm oraliqda konus markazli o’rnatishni ta’minlaydi. Sangalar U10A markali yuqori uglerodli po’latdan tayyorlanadi va siquvchi qism HRS=58-62 qattiqlikgacha, dum qismi esa HRS 40:44 gacha termik ishlov beriladi.


    g) kengayuvchi opravkalar.
    Kengayuvchi opravkalar detallarni ichki silindrik yuzalari bo’yicha markazlash va maxkamlash uchun xizmat qiladi.
    Masalan konsolli kengayuvchi opravkalar. Bu yerda ichki konusni tortish bilan maxkamlash amalga oshiriladi. Ko’proq konusli markazlashni o’tkazish yuzasi konusli bikr opravka va detal tortib o’tkaziladigan silindrli opravkalar ta’minlaydi.
    Ammo keng qo’llana boshlayotgan gidroplastli kengayuvchi opravkalar xam detalni tezyechiluvchanlik kabi ijobiy xossalarini saqlagan xolda o’tqazishni yuqori konus markazlashtirishni ta’minlaydi (18.11e-rasm).
    G idroplastni yoki plastik massani tarkibi:
    -polixlorvinil – 20%;
    -dibutiftolat – 78%;
    -styearat kaltsiy – 2%.
    Bu tarkibning erish xarorati 1350ga teng.
    Vint 1 ni tortish bilan plastik massa 2 qisiladi va yupqa devorli gilza 3 kengayib tayyorlamani maxkamlaydi. Gidroplastli opravkalar yuqori darajali konus markazlashni ta’minlaydi. (urilish 0.005-0.01mm). Gilza U7A markali uglerodli po’latdan tayyorlanadi.

    d) elektromagnitli qisuvchi qurilmalar.


    Elektromagnitli qisuvchi qurilmalar asoslanuvchi yuzalari tekis bo’lgan detallarni maxkamlash uchungina ishlatiladi, shuningdek faqat po’lat va cho’yan detallar, ya’ni magnitlanish xossasiga ega bo’lganlarini maxkamlash mumkin.
    Bunda qutiga elyektrmagnit cho’lg’amlari bilan birga joylashtirildi. Uning qutbi qopqoqga magnitlashtirilmaydigan material - latun bilan izolyatsyailanib biriktiriladi. Tayyorlama qopqoq ustiga o’rnatiladi.
    Elektromagnitlar o’zgarmas tok ta’minotini to’g’rilagichlardan oladi, bunday qurilmalardan foydalanish yassi jilvirlash dastgohlarida keng tarqalgan.
    e) Gidravlik va pnyevmatik qisuvchi qurilmalar.
    Bu yerda ishchini qo’l kuchi o’rniga energiya manbasi sifatida moy yoki xavo bosimi xizmat qiladi.

    Shesternyali nasosdan chiqqan moy zolotnik 2 orqali gidrotslindr 1ga beriladi. Gidrotsilindrga kirgan moy porshyenni bosib uni shtoki bilan birga xarakatlantiradi. Shtok richag orqali qisuschi qurilmani xarakatlantirib tayyorlamani maxkamlaydi.


    Pnyevmatik qisuvchi qurilmalar metall tayyorlamani qisishda yuritmasi sifatida keng qo’llaniladi. Ko’pincha ular tebranuv pnevmosilindr ko’rinishida tayyorlanadi.


    Silindr ichida porshen yuradi. Silindrga qisilgan havo berilganda tayyorlama qisiladi, xavo atmosferaga chiqarib yuborilganda tayyorlama bo’shatiladi. Porshenni orqaga xarakati ko’pincha prujina hisobiga amalga oshiriladi.

    Gidravlik qisuvchi qurilmadan pnevmatik qisuvchi qurilmani afzalliklari: maxsus nasos talab qilinmaydi, chunki qisilgan xavo barcha sexlar uchun umumiy kompressordan beriladi, shuningdek ishlatilgan xavoni qaytarish uchun maxsus trubali o’tkazgichlarni keragi yo’q, u to’g’ri atmosferaga chiqarib yuboriladi.


    Undan tashqari tizimdagi silqishlarga bo’lgan ma’suliyatni keskin kamaytiriladi, chunki silqib chiqayotgan xavo ish joyini ifloslantirmaydi. Ushbu ijobiy xususiyatlari sababli pnevmatika moslamani yuritmasi sifatida keng tarqalgan.



    Download 3,29 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 3,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dastgoh moslamalari to’G’risida umumiy ma’lumotlar ma’ruza rejasi

    Download 3,29 Mb.