|
Moslamani me’yorlashtirish va universallashtirish
|
bet | 5/5 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 3,29 Mb. | | #273274 |
Moslamani me’yorlashtirish va universallashtirish. Yangi mashinani yaratish bo’yicha konstruktorlik ishlari tugagadan keyin eng murakkab jarayon-texnologik vositalarni tayyorlash jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning eng ish xajmli qismi dastgoh moslamalarini tayyorlashdan iboratdir.
Fan va texnika tez rivojlanishi eng mukammal, yuqori unumdorlikda yangi maxsulotlarni ishlab chiqarishni taqazo qiladi. Unda foydalanilayotgan moslamalarni ko’pchiligi ishga yaroqsiz bo’lib qoladi va yangi mashinalarni ishlab chiqish uchun yangi texnologik vositalarni yaratishga to’g’ri keladi.
Bunda ishlab chiqarishni tayyorlash va to’la ishga tushirishni davrini cho’zilib ketish natijasida mashina o’z yangiligini yo’qotishi mumkin.
Shuningdek ish unumdorligini oshirish va tannarxni kamaytirishga intilish, jihozlarni ta’minlanganligini yaxshilashni talab qiladi, ya’ni turli xil moslamalarni ko’proq qo’llashga majbur qiladi.
Bularni xammasi barcha texnologik vosita va maxsus moslamalar tayyorlashni tezlashtirish va arzonlashtirish yo’llarini izlashga olib keladi, bunda ikkita yo’l mavjud:
- detallarni va moslama qismlarni me’yorlashtirish;
- moslamani unifikatsiyalash.
Birinchi yo’lni mazmuni ko’p moslamalarda o’zgarishlarsiz foydalanishi mumkin bo’lgan umumiy detallar va qismlarni yaratishdan iborat.
Me’yorlashtirishga quyidagilar kiritilishi mumkin:
- tashqi gabarit va birikuvchi o’lchamlar;
- konstruktiv elementlar (rezba, qotiruvchi detallar, shtiftlar, shponkali birikmalar va xokazolar);
- moslama detallari (o’rnatish elementlari, qisuvchi qurilma detallari, moslama korpuslari, yordamchi qurilma detallari);
-va nixoyat eng mukammallashgani, moslamani butun bir qismlarini me’yorlashtirishdan iboratdir. Bunga pnevmotsilindrlar, pnevmokameralar, bo’luvchi va burovchi mexanizmlar, fiksatorlar, turtkichlar va boshqalar kiradi.
Me’yorlashtirishni afzalligi quyidagilardan iborat:
- detallar nomenklaturasi va konstruktorlik ish xajmi kamayadi;
-me’yorlashgan detallarni tayyorlash texnologik jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkonini beruvchi yirik partiyalab ishlab chiqarishda amalga oshirish mumkin.
-me’yorlashgan detal va qismlar ishlatilgan moslamalardan yechib olinishi va saqlashga topshirilishi va ulardan yangi moslamalarni yig’ishda foydalanish mumkin.
Xozirgi vaqtda maxsus moslamalarni konstruktsiyalashda me’yoriy detallarni ishlatish 70% gacha yetadi.
Ikkinchi yo’l – moslamalarni unifikatsiyalash- bunda, universallashtirilgan moslamalar o’z elementlarini tez va ko’p marta qayta o’zgartirib yig’ish mumkin buning evaziga moslamani turli detallar va operatsiyalar uchun ishlatish mumkin bo’ladi. Bu texnologik vositalarni tayyorlash muddatini keskin qisqartirish natijsida seriyalab va donalab ishlab chiqarishda, ishlov berishning unumdorligini sezilarli darajada oshirishga sabab bo’ladi.
Universal moslamalarning ikki tizimi mavjud:
-Universal-yig’iluvchi moslamalar (UYM);
-Universal-sozlanuvchi moslamalar (USM).
Universal yig’iluvchi moslama tizimi me’yorlashgan elementar detallar majmuasini yaratish va ular yordamida turli moslamalarni shakllantirish mumkinligini nazarda to’tadi.
UYM elementar detallari vazifasini: “T” shaklidagi o’zaro kesuvchan ariqchalar bilan ta’minlangan plitalar va rejashaybalar; tagliklar; prizmalar; vtulkalar; burchakliklar; rejakalar va boshqalar bajaradi (18.15 -rasm).
Shakllantirish sxemasini yaratish uchun moslama yig’ishni bir nechta varianti amalga oshiriladi. Keyin eng yaxshi shakllantirish bir nechta xolatlarda fotosuratga olinadi, fotosuratga foydalaniladigan detallar jamlanmasi nomeri va yig’ish bo’yicha qisqacha ko’rsatma ilova qilinadi.
UYM ni abzalligi quyidagilardan iborat:
-hisobda umuman chizma ishlarini yo’qligi;
-moslama detallarini tayyorlashga xojat yo’qligi: Ayrim xollardagina maxsus detallarni tayyorlashga to’g’ri keladi, lekin ularni soni odatda 1% dan oshmaydi;
-moslamani tayyorlash (yig’ish) vaqti ko’p marta qisqaradi;
-moslamani tayyorlash oddiy va arzon bo’lganligi uchun ulardan mayda ishlab chiqarish sharoitlarida ham foydalanish imkoniyati ochiladi.
UYMlarni kamchiligi - unda ko’p sonli ulanish choklari hisobiga bikrligini kamligidir;
Universal-sozlanuvchi moslamalar tizimi moslamani alohida qismlari agregatlashtirishga yoki ayrim elementlari sozlashga asoslangan.
Mayda detallarga ishlov berishda almashuvchan kassetalardan foydalaniladi. Xar bir kassetaga ma’lum turli o’lchamdagi detallar o’rnatiladi.
Moslamani qayta sozlash tegishli kassetalarni almashtirishga kiritiladi. O’rnatuvchi va qisuvchi elementlarni almashtirishda moslamani dastgohdan yechmasdan tez qayta sozlashni amalga oshirish mumkin.
|
| |