Dasturi haqida asosiy tushunchalar MatLab tizimi mutaxassislik sohasidagi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.04.2024
Hajmi0.6 Mb.
#186044
Bog'liq
Presentation1(1)
muazzam, 27638, Sobirjonova Durdona To‘lqinboy qizi, Toshkent tî‘qimachilik va yengil sanoat instituti, MS Umumiy pedagogikaaa 2 mustaqil topshiriq (1), Refleks va uning turlari, 0YifX8ca9fRfqjL4h7Rzbfd9lftaH50t (1), Generatorlarni-uyg‘otishni-avtomatik-rostlash-АРВ., last version, Укув дастури талаблари-09-06-2023, 1-amaliy Kompyuter tizimi administratori va uning imkoniyatlari bilan tanishish, 7-Amaliy mashg\'ulot, texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari, Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv, Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi


MATLAB
dasturi haqida asosiy tushunchalar 


MatLab tizimi mutaxassislik sohasidagi 
masalalarni matematik modellalarini 
amalga oshirish va imkoniyatlarini qo’llash 
uchun ishlatiladi. Uning Simulink paketida 
matematik modellashtirish usullaridan 
foydalanish mumkin. MatLab bilan bir 
qancha vazifalar bajarish mumkin:
1. Matematik Hisoblashlar: MatLab 
dasturida matritsalar va vektorlar bilan 
ishlash mumkin.
2. Grafika Bilan Ishlash: MatLabning 
grafika vositalari orqali vizualizatsiya qilish.
3. SIMULINK Visual Modellashtirish 
Tizimi: Simulink orqali matematik 
modellashtirish.


MatLab 
matematik modellashtirish sohasida
kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo’lib, 
800dan ortiq funksiya va modellar kutubxonasini tashkil qiladi. Bu dastur zamonaviy 
texnologiyalarga asoslanganlifi bilan farq qiladi va o’zining mahsulotidir.
MatLab
- bu dastur, mutaxassislik sohasidagi masalalarni yechishda yordam beradi. Uning 
o’rnatilgan va umumiy kompyuter tajribasi kamida o’rtacha darajasiga ega bo’lgan 
foydalanuvchilar uchun o’rganish ba’zida yordam bo’ladi.


MATLAB dasturini o`rnatgandan 
so`ng, kompyuter ishchi stoli uni 
oynasidan MATLAB belgisi ustiga ikki 
marta bosiladi. MATLABni ishga 
tushirganda, boshqa bir yangi oyna 
ochiladi. Kompyuter ish stoli 
oynasida boshqa dasturlarning 
oynalari joylashadi. Ish stolining 
asosiy ish qurollari:
- Command Window(buyruq oynasi)
- Command History(buyruqlar tarixi)
- Workspace (ishchi oyna)
- Current Directory (joriy papka 
joylashuvi)
- Help Browser (yordam brauzeri)
- Start button (start tugmasi)


MATLAB dasturini o`rnatgandan so`ng, 
kompyuter ishchi stoli uni oynasidan 
MATLAB belgisi ustiga ikki marta bosiladi. 
MATLABni ishga tushirganda, boshqa bir 
yangi oyna ochiladi. Kompyuter ish stoli 
oynasida boshqa dasturlarning oynalari 
joylashadi. Ish stolining asosiy ish 
qurollari:
- Command Window(buyruq oynasi)
- Command History(buyruqlar tarixi)
- Workspace (ishchi oyna)
- Current Directory (joriy papka 
joylashuvi)
- Help Browser (yordam brauzeri)
- Start button (start tugmasi)


MATLAB tizimi ikkita katta qismlardan tashkil topgan: MATLAB yadrosi va 
qo`shimcha kutubxonalar (yoki “toolboxes” – “asboblar komplektlari”). 
MATLAB yadrosi asosiy funksiyalarni va umummo`ljallangan amallarni 
ta`minlaydi. Kutubxonalar esa maxsus ixtisoslashgan funksiyalarni 
saqlaydi va bu ixtisoslashgan funksiylar foydalanuvchilarga qatiy 
aniqlangan sohada hisoblashlarni va ma`lumotlarni qayta ishlash 
imkoniyatini beradi. MATLAB Toolboxlari funksiyalarning ma`lum 
maqsadga ko`ra yig`ilgan tizimli majmuasi bo`lib xususiy masalalarni 
yechish uchun xizmat qiladi.
Keyingi yillarda loyihachilar matematik tizimlarning integratsiyalashuviga 
va ulardan birgalikda foydalanishga katta e’tibor bermoqdalar. Murakkab 
matematik masalalarni bir necha tizimlar yordamida yechish eng yaxshi 
va mos vositalarni tanlash imkoniyatini beradi, shuningdek, olinadigan 
natijalarning ishonchliligini orttiradi.


MATLAB tili
MATLAB dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari kabi lotin alifbosining A dan Z gacha barcha katta va 
kichik harflari, 0 dan 9 gacha arab raqamlaridan foydalaniladi. Katta va kichik harflar, xuddi C++ 
dasturlash tilidagidek, ham o’zgaruvchi sifatida, ham ozgarmas sifatida bir-biridan farq qiladi. Lotin 
alifbosi harflaridan tashqari, klaviaturadagi barcha maxsus belgilardan foydalaniladi.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi. O'zgaruvchi nomi nechta va 
qanaqa belgi yoki belgilardan iborat bo'lishidan qat'iy nazar, lotin harflaridan boshlanib, 63 ta belgidan 
oshmasligi shart. Katta va kichik harflar bir-biridan farq qiladi. Agar buyruq o'zgaruvchi nomi yozilmay 
bajarilsa, buyruq natijasi maxsus ans(inglizcha answer-javob) o'zgaruvchisi orqali beriladi. Ishchi 
sohadagi o’zgaruvchilar haqidagi ma’lumotlarni who yoki whos buyruqlari orqali ko’rish mumkin.
MATLAB da barcha ma’lumotlar matritsa yoki massiv ko’rinishida(“MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix 
Laboratory”, yani “Matritsali Laboratoriya” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir) tasvirlanadi. Hattoki, 
skalyar o’zgaruvchilarni umumiy holda 1x1 o’lchovli massiv(matritsa) deb qarash qabul qilingan. Shuning 
uchun ham massiv va matritsalar ustida ishlash, MATLAB da samarali ishlashda muhim ahamiyatga ega.
Massiv – bir turdagi ma’lumotlarning raqamlangan va tartiblangan to’plamidir. Massivning nomi bo’lishi 
shart. Massivlar o’lchovi yoki o’lchami bilan bir-biridan farq qiladi: bir o’lchovli, ikki o’lchovli, ko’p 
o’lchovli. Massiv elementlariga murojaat qilish indekslar orqali amalgam oshriladi. MATLAB da massiv 
elementlarini raqamlash bir(1)dan boshlangani uchun indekslari birga teng yoki katta bo’ladi.


• Matlab ni besh qismga ajratish 
mumkin:
• 1. Matlab tili
• 2. Matlab muhiti
• 3. boshqariluvchigrafika
• 4. Matematik funksiyalar 
bibliotekasi
• 5. Dasturiy interfeys


Matlab ning ishchi varag’i tom ma’noda 
uch qismga bo’linadi:
1. Buyruqlarni kiritish maydoni- 
buyruqlar satridan tashkil topgan. Har 
bir buyruq satri >> simvoli (bu simvol 
avtomatik tarzda buyruqlar satrining 
boshida bo’ladi va uni yozish shart 
emas) bilan boshlanadi;
2. Natijani chiqarish maydoni- kiritilgan 
buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng 
hosil bo’lgan ma’lumotlar (analitik 
ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o’z 
ichiga oladi;
3. Matnli izohlar maydoni- ro’y bergan 
xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga 
izohlar, turli xarakterdagi xabarlar.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir 
marta) orqali amalga oshiriladi.


MATLAB tizimi - 
komputerda turli 
muhandislik
yo'nalishlaridagi 
masalalarning aniq, tez va 
samarali hal etish uchun 
moljallangan tizim va turli 
xil soha 
foydalanuvchilarga 
mo'ljallangan dasturlash 
tilidir.

Download 0.6 Mb.




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturi haqida asosiy tushunchalar MatLab tizimi mutaxassislik sohasidagi

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish