Generatorlarni uyg‘otishni avtomatik rostlash (арв)




Download 0.53 Mb.
bet1/4
Sana05.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#69964
  1   2   3   4
Bog'liq
Generatorlarni-uyg‘otishni-avtomatik-rostlash-АРВ.
muazzam, 27638, Sobirjonova Durdona To‘lqinboy qizi, Toshkent tî‘qimachilik va yengil sanoat instituti, MS Umumiy pedagogikaaa 2 mustaqil topshiriq (1), Refleks va uning turlari, 0YifX8ca9fRfqjL4h7Rzbfd9lftaH50t (1), last version, Укув дастури талаблари-09-06-2023, 1-amaliy Kompyuter tizimi administratori va uning imkoniyatlari bilan tanishish, 7-Amaliy mashg\'ulot, texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari, Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv, Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi

Generatorlarni uyg‘otishni avtomatik rostlash (АРВ). Texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan hamma generatorlar, quvvati va kuchlanishidan qat’iy nazar, uyg‘otishning releli jadallash qurilmasiga ega bo‘lishi, 3 MVt va undan ortiq quvvatli generatorlar esa (UAR-( АРВ)) bilan jihozlanishi kerak.
A variya rejimida generatorning uyg‘onishini jadallashtirish uchun mo‘ljallangan oddiy avtomatik qurilma bo‘lib, uyg‘otishning releli jadallashtirish qurilmasi hisoblanadi (2.7-rasmda rele U< va kontaktor КФ). Jadal ta’sir etish usuli shundan iboratki, generatorning qisqichlaridagi kuchlanishning ancha pasayishi (odatda nominalning 85% idan kamroq) minimal kuchlanish relesi U< da o‘z kontaktlarini tutashtiradi va jadallashtirish kontaktori КФ ni ishga tushiradi, o‘z navbatida ishga tushib, uyg‘otgichning zanjiridagi shuntlash reostati ШР ning qarshiligini qisqa tutashtiradi. Natijada uyg‘otgichning uyg‘otish toki maksimal miqdorigacha tez ko‘payadi va generatorning uyg‘otilishi chegara qiymatigacha etadi.
АРВ ning eng ko‘p tarqalgan
Generatorni jadal uyg‘otishning releli sxemasi
qurilmalaridan biri kuchlanishni korrektorlash bilan birgalikda kompaundlash qurilmasidir (2.8-rasm).
«Kompaundlash» termini statorning tokiga bog‘liq holda mashinaning uyg‘otish tokini avtomatik rostlashni ifodalaydi. Normal rejimda stator toki ortish holda (aktiv-induktiv yuklamada) generatorning kuchlanishi kamayadi, ammo kompaundlash qurilmasi uyg‘otgichning uyg‘otish tokini,
2.8 - rasm. Generatornint AРВ sxemasi.

binobarin, generatorning rotor tokini avtomatik raviщda oshiradi, buning ta’sirida generator statorining qisqichlaridagi kuchlanish kerakli qiymatigacha oshadi.


Kompaundlash qurilmasi generatorning avariya rejimida ham, ya’ni generatorning kuchlanishi kamayib, statorning chulg‘amidagi tok ancha ortganda ham yaxshi ishlaydi.
Kompaundlash sxemasiga ikkilamchi chulg‘ami oraliq transformatori УТР ga ulangan tok transformatorlari TT hamda
kompaundlash tokini uyg‘otgichning uyg‘otish
chulg‘ami ОВВ ga berishdan oldin to‘g‘rilash uchun xizmat qiladigan to‘g‘rilagich В1 kiradi. Kompaundlash toki Ik korreksiyani hisobga olmaganda, tok Ig- ga proporsional bo‘ladi.
Kompaundlash generator kuchlanishining etarlicha aniq bir miqdorda turishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun uyg‘otishni generator statorining toki bo‘yicha rostlash bilan bir vaqtda statorning kuchlanishi bo‘yicha rostlash ham qo‘llaniladi. Kuchlanish bo‘yicha rostlash signalini berish uchun transformator УТП (magnitlanib turuvchi universal transformator) ikkita 2 va 4 chulg‘am bilan ta’minlanadi (2.8rasm, a).Chulg‘am 2 dagi tok UG ga proporsional In tokning fazasi generator toki reaktiv tashkil etuvchicining fazasiga to‘g‘ri keladigan qilib tanlanadi. Shuning uchun sof aktiv yuklamada 1 va 2 chulg‘amlarning MYUK bir - biriga nisbatan 90o siljigan bo‘ladi, generator sof reaktiv yuklamada ishlasa, ular fazasi bo‘yicha ustma-ust tushadi. Shu sababli IG va UG qiymatlari o‘zgarmaganda sos qancha kichik bo‘lsa yoki generatorning reaktiv yuklamasi katta bo‘lsa, kompaundlash toki shuncha katta bo‘ladi
- bu fazaviy kompaundlash hisoblanab, u kuchlanishni aniqroq ushlab turishni ta’minlaydi, chunki kompaundlash toki faqat generator tokining absolyut miqdoriga bogliq bo‘lmay, balki sos ga ham bog‘liqir.
Kompaundlash tokining korreksiyasi, U1 ning berilgan miqdoriga qarab, УТП ning qo‘shimcha magnitlash chulg‘ami 4 orqali kuchlanish korrektori yordamida nihoyasiga etkaziladi.
U mumiy holda kuchlanish korrektorining tarkibiga me’yorlash avtotransformatori УАТ orqali kuchlanish transformatori zanjiriga ulanadigan ikkita o‘lchash elementi I1 va I2 kiradi.
O‘lchash elementi I1 ning chiqishidagi to‘g‘rilangan tok I1 kirish kuchlanishiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shuning uchun bu element to‘g‘ri chizikli element deb ataladi.
I2 elementning chiqishidagi to‘g‘rilangan tok I2 egri chiziqli deb atalib, kirish kuchlanishi kattaligiga nisbatan egri chiziqli bog‘lanishga ega bo‘ladi. Ikkala tok I1 va I2 kuchaytirgich U ga keladi va kuchaytirgich ularning ayirmasiga reaksiya beradi va uni kuchaytiradi. Korrektorning chiqishidan chiqqan tok bu holda УТП ning
2.9 - rasm. Kuchli ta’sir etuvchi AРВ
qo‘shimcha magnitlash chulg‘ami 4 ga ning struktura sxemasi. keladi.
Rasmdan ko‘rinadiki, o‘lchash elementlarining kirishidagi kuchlani U1 dan kamayib ketsa, toklarning ayirmasi (I1 - I2) ta’sirida korrektorning chiqishidagi tok ortadi. Korrektor generatornint kuchlanishini o‘lchash elementlarining kirishidagi kuchlanish U1 ga teng miqdorda bir xil qilib ushlab turadi. Avtotransformator УАТ yordamida korrktorning sozlanishini o‘zgartirish mumkin.
АРВ ning ko‘rib o‘tilgan sxemasi stator toki bilan generator statori kuchlanishining o‘zgarishiga reaksiya beruvchi, proporsional ta’sir etuvchi regulyatorlar guruhiga kiradi.
Rostlash parametrlarining o‘zgarish tezligiga yoki hatto uning tezlanishiga reaksiya beruvchi kuchli ta’sir etuvchi o‘zgartirgichlar yaratilgan va ishlatilmoqda. Uyg‘otish kuchlanishining katta tezlikda o‘zgarishiga va uyg‘otgich maksimal kuchlanishining katta qiymatlariga ega bo‘lgan tez ishlovchi uyg‘otish tizimlari bilan kuchli ta’sir qiluvchi АРВ qurilmasi birgalikda generatorning parallel ishlash turg‘unligini ancha oshirish imkoniyatini beradi.
Uyg‘otishni o‘zgartirish faqat generator kuchlanishining o‘zgarishini hisobga olgan holda, olib borilmay, balki energotizim chastotasining ham o‘zgarishini hisobga olgan holda bajarilsa, to‘g‘rilagich bunda haqiqatan samarali bo‘ladi.
Kuchli ta’sir qiladigan АРВ ning struktura sxemasi 2.9-rasmda keltirilgan.
Uyg‘otishni avtomatik rostlash ikkita asosiy zanjirga: o‘lchash zanjiri va kuchaytirgich - summator (jamlagich) dan iborat. O‘lchash zanjiriga: kuchlanishni o‘lchash bloki (BIN) va chastotani o‘lchash bloki (BICH) kiradi. BIN bloki oldin ulangan element BKT ga ega bo‘lib, unda o‘lchanayotgan kuchlanish generator tokining reaktiv tashkil qiluvchisiga qarab, avtomatik tarzda korreksiyalanadi. BKT dan keyin signal o‘lchash elementlari U (kuchlanishning chetga chiqishi) va U1 (kuchlanishning hosilasi) ga keladi, bu elementlarning chiqish kuchlanishlari ko‘rsatilgan miqdorlarga proporsional bo‘ladi. VICH bloki o‘lchash elementlariga ega bo‘lib, ularning chiqishga chastotalari f va f1 larga proporsional bo‘ladi. Kuchaytirgich - summator ikki kaskadli magnit kuchaytirgichdan iborat bo‘lib, uning chiqish signali uyg‘otish tizimi (ijro qiluvchi element) ning tez ta’sir qiluvchi tiristorlarining ish va jadallashtirish guruhlarini boshqarish uchun beriladi. АРВ ning xarakteristikalarini yaxshilash (tez ta’sir qilishni oshirish va boshqalar) uchun to‘g‘rilagich sxemasiga, odatda, teskari aloqa (bog‘lanish) OC lar kiritiladi.

Download 0.53 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Generatorlarni uyg‘otishni avtomatik rostlash (арв)

Download 0.53 Mb.