|
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси
| bet | 71/82 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 6,67 Mb. | | #256570 |
Bog'liq Dasturiy ta\'mnot sifatini ta\'minlashi UMK 2021 2022 (2)Yo’l uzunligi (orgrafda)- yo’lni tashkil etuvchi yoylar soni.
Oddiy yo’l - birinchi va so’ngi tugundan tashqari barcha tugunlar turli hil.
Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasini mantiqiy tasvirlash - qo’shma matrisa yoki ko’rsatkichli bog’langan ro’yxat.
To’r (set) – bunda tuzilmaning barcha elementlari bir-biri bilan bog’langan bo’ladi.
Utilizasiya – keraksiz, ortiqcha elementlarni tozalash, yo’qotish va xokazolar.
Tuzilma elementlarini utilizasiya qilish – tuzilmani keraksiz elementlardan tozalash. Mazkur ishni ikki hil yo’l bilan amalga oshirish mumkin: xisoblagichalar (schetchiklar) va markerlar usuli.
Rekursiya – bu shunday jarayonki, unda tadqiq qilinayotgan jarayonni aniqlash mazkur jarayonga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Rekursiv algoritm – bu algoritmni aniqlashda o’ziga bevosita yoki bilvosita murojaat qilishdir.
Rekursiv ma’lumotlar tuzilmasi – bunda tuzilmani tashkil etuvchi elementlarham mazkur tuzilmaga o’xshash tuzilma bo’ladi.
Rekursiv triada – 1) parametrizasiya qilish; 2) rekursiya bazasi; 3) dekompozisiya.
Daraxt – bu chiziqsiz, iyerarxik bog’langan ma’lumotlar tuzilmasi bo’lib, unda shunday bitta element borki, unga tuzilmaning boshqa elementlaridan murojaat yo’q, mazkur element daraxt ildizi deyiladi.
Ildiz – bunday tugunga tuzilmaning hyech qaysi elementidan murojaat yo’q.
Oraliq tugun – bunday tugun tuzilmaning kamida boshqa bitta tuguni bilan bog’langan bo’ladi, ya’ni mazkur tugunning ko’rsatkichlari maydonining kamida bittasi bo’sh emas.
Terminal (barg) – mazkur tugun tuzilmaning boshqa hyech qanday tuguni bilan bog’langan emas, ya’ni bunday tugunning barcha ko’rsatkichlar maydoni bo’sh bo’ladi.
Daraxt balandligi – bu daraxt bosqichlari sonidir.
Tugundan chiqish darajasi – bu daraxt tugunlaridan chiqayotgan shohlar soni.
|
| |