|
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси
|
bet | 74/82 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 6,67 Mb. | | #256570 |
Bog'liq Dasturiy ta\'mnot sifatini ta\'minlashi UMK 2021 2022 (2)Indeksli ketma-ket qidiruvni samaradorligi - Q = √n +1.
Qidir uv jadvalini qayta tartiblash – bunda tuzilmani tashkil etuvchi elementlar jadvalga ma’lum bir qoida bo’yicha qayta joylashtiriladi. Buni amalga oshirish bo’yicha, asosan, ikki hil yondashuv mavjud: topilgan elementni ro’yxat boshiga qo’yish va transpozisiya.
Transpozisiya usuli – bunda topilgan element ro’xatda bitta oldingi element bilan o’rin almashtiriladi.
Binar qidiruv – oraliqni teng ikkiga bo’lish orqali qidiruvni amalga oshirish. Mazkur ko’rinishdagi qidiruvni tadbiq etish uchun ma’lumotlar jadvalini tashkil etuvchi elementlar o’sish tartibida joylashgan bo’lishlari lozim. Faraz qilaylik, ma’lumotlar jadvali massiv ko’rinishida berilgan bo’lsin, u holda uning ishlash tamoyili quyidagicha massiv o’rtasidagi element olinadi va u X qidiruv argumenti bilan taqqoslanadi, agar ular teng bo’lsa, u holda qidiruv yakunlanadi; agar tanlangan element kaliti qidirilayotgan element kalitidan kichik bo’lsa, u holda navbatdagi qidiruv jarayonidan tanlangan elementgacha bo’lgan elementlar chiqarib yuboriladi va aksincha.
Saralash – bu berilgan to’plam elementlarini biror bir tartibda joylashtirish
jarayonidir.
Saralash maqsadi - tartiblangan to’plamda kerakli elementni topishni
osonlashtirishdan iborat.
Saralash turlari – 1). ichki saralash bu operativ xotiradagi saralash va 2). tashqi
saralash – tashqi xotirada saralash.
Adreslar jadvalini saralash usuli - agar saralanayotgan yozuvlar xotirada kata xajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma’nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, massiv o’z joyida qoladi.
Turg’un saralash – bunda saralanagandan keyin bir hil kalitlilar boshlang’ich tartibda qanday joylashgan bo’lsa, ushbu tartibda qoldiriladi, ya’ni bir hil kalitlilar o’zlariga nisbatan o’rinlarini o’zgartirmaydilar.
|
| |