TASHKILIY-USLUBIY KO ‘ RSATMALAR 1.
Har bir tajriba ishini bajarishdan oldin, tayyorlanishi lozim bo„lgan tajriba
ishiga oid mavzular bo„yicha maslahatlar (konsultatsiya) o„tkaziladi.
2.
Har bir tajriba ishi hajmi, uni tayyorlash va bajarish tartibi shunday
tuzilganki, barcha talabalar berilgan topshiriqlarni tayyorlashlari va hisobotlarni
o„z vaqtida topshirishlari imkoni e‟tiborga olingan.
3.
Talabalar navbatdagi tajriba ishini bajarishga oldindan tayyorlanib
boradilar.
4.
Talabalar 1000 V gacha bo„lgan tajriba qurilmalarida ishlash uchun
texnika xavfsizligini o„rganishlari majbur.
5.
Talaba tajriba ishiga tayyorgarlik ko„rish davrida mazkur ko„rsatma va
tavsiya etilayotgan adabiyotlardan foydalangan holda kerakli nazariy materiallarni
o„rganishlari, zaruriy hisoblashlarni amalga oshirishlari va nazorat savollariga
javob berishlari shart.
6.
Tayyor bo„lmagan talabalarga tajriba ishlarini bajarishiga ruxsat
berilmaydi.
7.
Mashg„ulot mobaynida hisobot topshirmagan talabalar, keyinchalik
o„qituvchi belgilagan vaqtda topshiradilar.
8.
Tajriba ishlarini o„z vaqtida topshirmagan talabalar keyinchalik o„qituvchi
bilan vaqtni kelishgan holda topshiradilar.
9.
Har bir tajriba ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanadi. Har
bir talaba shaxsiy tarzda hisobot topshiradi. Hisobotni elektron hujjat ko„rinishda
topshirishga ruxsat etiladi. Hisobotni tayyorlashda tajriba ishini bajarish tartibiga
binoan quyidagi ma‟lumotlar bo„lishi kerak:
1.
Mavzu
2.
Ishdan maqsad
3.
Masalaning qo„yilishi
6
4.
Topshiriqqa oid qisqacha nazariy ma‟lumot
5.
Masalani yechish algoritmi
6.
Dastur kodi
7.
Natijaning ekran ko„rinishi
10.
Talabalar bilimlari tajriba mashg„uloti va hisobot topshirish mobaynida
o„qituvchi tomonidan tekshiriladi.
11.
Hisobot topshirish davrida talaba nazorat savollari orqali aniqlanuvchi
hajm asosida nazariy bilimlarini hamda bajarilayotgan ishning fizik mohiyati
tushunchasini ko„rsatishi lozim.