1-tajriba ishi. MA‟LUMOTLARNING ODDIY SOZLANGAN TOIFALARI Ishdan maqsad: Ma‟lumotlarning oddiy sozlangan va nostandart toifalarini
o„rganish va ularni tadqiq qilish.
Qo„yilgan masala: C++ tilida butun, haqiqiy, belgili, mantiqiy toifadagi
ma‟lumotlarni e‟lon qilish, nostandart toifalarni yaratish va ularga doir
misollarning dasturini ishlab chiqish.
Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma‟lumotlarini o„rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
1.1. Ma‟lumotlar toifalari Ko„plab dasturlash tillarida ma‟lumotlar bazaviy va keltirilgan toifalarga
ajratiladi.
Ma‟lumotlarning toifalarini 1.1-rasmdagidek klassifikatsiyalash
mumkin.
1.1-rasm. Toifalar klassifikatsiyasi
Ma‟lumotlar toifasi
bazaviy
keltirilgan
bo„sh
skalyar
void
Butun sonli
haqiqiy
mantiqiy
simvolli
butun
bool
skalyar
tuzilmaviy
sanaladigan
enum
Ko‟rsatkichlar
murojaatlar
toifa_nomi *
toifa_nomi&
classlar
strukturalar
birlashma
massivlar
union
class
struct
char
wchar_t
short
int
long
float
double
long
double
bool
8
Ma‟lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi
mumkin bo„lgan amallar orqali tavsiflanadi.
void kalit so„zi hech qanday toifaga
ega emaslikni anglatadi. Bunday toifadagi funksiyalar hech qanday qiymatni
qaytarmaydi. Lekin asosiy dastur tanasi, ya‟ni
main() funksiyasi
void toifasiga ega
bo„lolmaydi, u
int toifasida bo„lishi kerak.