O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI
“DI va RI” FAKULTETI
“
DASTURIY INJINIRING” KAFEDRASI
650-20 GURUH TALABASI MINGBOYEV ASADBEKNING DASTURIY TA’MINOT QURILMASI VA EVOLYUTSIYASI FANIDAN
2-MUSTAQIL ISH
Bajardi: MINGBOYEV.A
Qabul qildi: AXUNDJANOV.U
Farg‘ona – 2023 y
DASTURIY TA’MINOTNI KONSTRUKSIYALASHGA TAYYORLASH
§ 1.1. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalash tushunchasi
“Dasturiy ta’minot qurilmasi va evolyusiyasi” fanini o’qitishdan maqsad – talabalarga dasturiy ta’minotni konstruksiyalash bo’yicha bilimlarning nazariy asoslarini, dasturiy ta’minotni konstruksiyalashning tushunchalarini, dasturiy ta’minotni konstruksiyalash usullarini, dasturiy ta’minotni konstruksiyalash va rivojlantirish tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
“Dasturiy ta’minot qurilmasi va evolyusiyasi” fanining vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, dasturiy ta’minotni konstruksiyalash va rivojlantirish jarayonlariga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, dasturiy ta’minotni konstruksiyalashdagi metodlar
va ularning mazmun-mohiyatini, dasturiy ta’minotni konstruksiyalashning o’rni va ahamiyatini ochib berish.
Dasturiy taʼminot (rus. Программное обеспачение, ingl. Software) — bu Kompyuterda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar kompyuter tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi:
Tizimli dasturiy ta’minot (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi);
Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar kiradi);
Uskunaviy dasturlar.
Dasturiy taʼminotni konstruktsiyalash atamasi kodlashtirish, tekshirish, modulli sinov, integratsiya tekshiruvi va nosozliklarni tuzatish kabi jarayonlardan iborat dasturiy tizimni batafsil ishlab chiqishni tavsiflaydi. Ushbu bilim sohasi boshqa sohalar bilan bog’liq. Eng kuchli bog’liqlik dasturiy ta’minotni konstruksiyalash (Software Design) va dasturiy ta’minotni sinash (Software Testing) sohalari bilan mavjud. Buning sababi, dasturiy ta’minotni
konstruktsiyalash
Murakkablikni kamaytirish
O’zgarishlarni
kutish
Konstruktsiya- lashda tekshirish imkoniyati
Konstruktsiyalashda
standartlardan foydalanish
Konstruktsiya- lash modellari
Konstruktsiya- lashni rejalashtirish
Konstruktsiya- lashda o’lchovlar
Konstruktsiya- lashda rejalashtirish
Konstruktsiya-
lash tillari
Dastur kodini yozish
Testlash
Qayta foydalanish
Sifat
Integratsiya
1.1-rasm. Dasturiy ta’minotni konstruksiyalash muhiti2.
Bunda kodning samaradorligini oshirish, kodning sinov qulayligini ta’minlash, kodning ishlashi va belgilangan mezonlarga javob berishiga e’tibor beriladi. Bu konstruksiyaning funktsionalligi, xususiyatlari va cheklovlariga ta’sir
2 Романов А.А. Конструирование программного обеспечения: учебное пособие. – Ульяновск: УлГТУ, 2016.