|
Исследование в XXI веке maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlar va ularningBog'liq Jurayeva Xolida
№ 6 (100), часть 1
январрь, 2023 г
Международный научный журнал
«Новости образования: исследование в XXI веке»
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIMIY O‘YINLAR VA ULARNING
AHAMIYATI
Jurayeva Xolida
Jizzax shaxar 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Annotatsiya: Hozirgi sharoitda maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatida pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar keng foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun- mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini amaliyotchi- tarbiyachi va o‘qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Kalit so’zlar: ta’lim, innovatsiya, ta’lim texnologiyasi, pedagogika
Аннотация: Педагогические технологии и интерактивные методы широко используются в деятельности системы дошкольного образования в современных условиях. Доведение сути, основных принципов, закономерностей и способов эффективного использования этих технологий до практических работников и педагогов является одной из актуальных задач, стоящих перед педагогической наукой.
Ключевые слова: образование, инновации, образовательные технологии, педагогика.
Abstract: In the current situation, pedagogical technologies, interactive methods are widely used in the preschool education system. One of the most pressing issues facing the science of pedagogy is to convey the essence, basic principles, laws of these technologies, ways of their effective use to educators and teachers.
Keywords: education, innovation, educational technology
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati. Ta’limiy o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan о‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin maqsadi, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin maqsadi o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Ta’limiy o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. Ta’limiy o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida ta’limiy o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot
судлари ҳаракат қилаверган. Улар жиноий ишларни ҳам маҳаллий одат ҳуқуқи асосида кўриб ҳал қилганлар. Панчаятлар округда, қишлоқда ҳукмрон бўлган касталарнинг вакилларидан иборат таркибда ўтган.
jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Ta’limiy o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
Navbatma-navbat ta’sir etish.
So‘ralganda javob berish.
O‘rtoqlari fikrini eshita olish
O‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
O‘yin qoidasini bajarish.
O‘z xatosini tan olish.
Ta’limiy o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Ta’limiy o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlar. Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Вunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi. Stol-bosma o‘yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish,) tavsiflash o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi. O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma- ketligi va o‘zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S.Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi:
•maftunkorlik;
kommunikativlik;
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
tashxis;
o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;
ijtimoiylashuvlik.
Ma’lumki, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega:
erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
emotsional ta’sir — bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni xohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
asosiy va qo‘shimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O‘yin tuzilishiga- maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi quyidagilarni qamrab oladi:
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo‘ladi. Pedagogik ijrochilik o’yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata
boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Maktabgacha yoshda bolalar o‘yin faoliyatini o‘zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar.
Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:
Bolalar kayfiyatini ko‘taruvchi.
Hamkorlikka chorlovchi.
Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi.
Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo‘qotishga qaratilgan.
Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika).
Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
Millatlararo bag‘rikenglikni shakllantiruvchi.
Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinlar.
Pedagogik o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o‘yinlar. Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, mahsuldor, ijodiy, psixotexnik o‘yinlar. O‘yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi va drammalashtiruvchi o‘yinlar. Predmetlar asosidagi o‘yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar. O‘yin vositalari bo‘yicha: o‘yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik vositalar. Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to‘plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetliishchan, drammalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi.
Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konstmktor- mexanik majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ulrni osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat.
|
| |