|
Translyator (ingl. Translator — tarjimon) - biron-bir yuqori dasturlash tilida to’zilgan dasturni mashina tiliga o’tkazuvchi dastur-tarjimon
|
bet | 6/7 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #266442 |
Bog'liq Dasturlash asoslari fanini o‘qitishni tashkilTranslyator (ingl. Translator — tarjimon) - biron-bir yuqori dasturlash tilida to’zilgan dasturni mashina tiliga o’tkazuvchi dastur-tarjimon.
Translyatorlar kompilyator va interpretator ko’rinishida bo’lishi mumkin. Kompilyator va interpretatorlar dasturni bajarishda tubdan farq qiladi.
Kompilyator (ingl. compiler — yiruvchi) dasturni to ’laligicha o’qiydi va uni tarjima qiladi (mashina tiliga o’giradi).
Masalan:
Turbo Basic va Turbo Pascal 7.0 dasturlash tillari - kompilyator hisoblanadi.
Interpretator (ingl. interpreter — izohlovchi, orzaki tarjimon) dasturni tarjima qiladi va satrma-satr bajaradi.
Masalan:
Quick Basic dasturlash tillari - interpretator hisoblanadi.
Dastur kompilyatsiya qilingandan so’ng dasturlash tilida yozilgan dastur va kompilyatorga ehtiyoj qolmaydi. Masalan, info.bas fayli kompilyatsiya qilingandan so’ng info.exe fayliga o’zgaradi va bu fayl kompilyatorsiz ham ishlashi mumkin. Agar info.bas faylini interpretator qayta ishlaganda har gal dastur ishini bajarilishi uchun interpretator ishga tushishi shart. Shu sababli kompilyator va interpretatorlarning ishlash prinsipi bo’yicha birmuncha farq qiladi.
Kompililyatsiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lyokin interpretatsiya qilinayotgan dasturlarga o’zgartirish kiritish osonroq.
Har bir dasturlash tili qaysi maqsadda yaratilganligiga qarab kompilyatsiya yoki interpretatsiyaga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Masalan, Paskal dasturlash tili o’ta murakkab masalalar dasturini to’zishga mo’ljallangan bo’lib, bunday masalalarni yechish uchun esa dastur bajarilishi tezligi yuqori bo’lishi talab qilinadi.
Beysik dasturlash tili esa dasturlashni o’rganuvchi va bu sohaga ilk qadam bosayotganlar uchun mo’ljallangan bo’lib, bu tilda dasturni bajarish satrma-satr amalga oshirilganligi sababli boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi.
Ba’zida bitta dasturlash tili uchun ham kompilyator, ham interpretator mavjud. Bunday holda dasturni yaratish va sozlashda interpretatordan foydalaniladi, so’ng esa dastur ishini tezlashtirish uchun esa bu fayl kompilyatsiya qilinadi.
Ta’lim jarayonida qo’llanilgan metodlar
«Insert» metodidan foydalanilganda quyidagilarga e’tibor bering:
l.Ma'ruza matni xoshiyasida quyidagi belgilarni qoldirib o'qing:
V- o'zimdagi bilimlarga mos keladi.
- bilimlarimga qarama - qarshi keladi.
+ men uchun yangi ma'lumot.
? tushunarsiz # aniqlik talab qiladi # qo'shimcha ma'lumot.
2.Olingan ma’lumotlarni quyidagicha tablitsa ko'rinishida tartibga tushuring.
Mavzu savollari.
|
V
|
-
|
+
|
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Translyator (ingl. Translator — tarjimon) - biron-bir yuqori dasturlash tilida to’zilgan dasturni mashina tiliga o’tkazuvchi dastur-tarjimon
|