|
I-BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
|
bet | 2/7 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #266442 |
Bog'liq Dasturlash asoslari fanini o‘qitishni tashkilI-BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
1.1. Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning nazariy asoslari
Respublikada elektron o’quv adabiyotlaridan foydalanishga mo’ljallangan axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o’qitishni tashkil etish bo’yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko’pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. 2006 yildan e'tiboran, elektron o’quv adabiyotlaridan foydalanishning uchinchi bosqichi boshlanganiga qaramay ta'lim muassasalari uchun elektron darslikni yaratish va ularni o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash bo’yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu esa, elektron darslik yaratish uslubiyoti, uning tuzilishi, o’z ichiga oladigan komponentlariniig aniq bir tizimga solinmaganligi bilan bog’liq. Elektron o’quv adabiyotlarining uchinchi ya'ni o’quv jarayonida keng foydalanish bosqichiga o’tishda, o’quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va ta'lim muassasalarini ta'minlashni jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir. Bu borada fanlardan elektron darslikni yaratish muhim masala hisoblanadi. Shu o’rinda, darslik atamasiga ta'rif berib o’tsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. Darslik - Davlat ta'lim standarti, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqol qoyasi singdirilgai, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo’nalishdarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta'kidlaymiz. Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangin o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib, quyidgi shakllarda ifodalanadi: o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; o’quv materiallari verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida; multimedia (multimedia —turli xil aborot) qo’llanmalar, yani ma'lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida; taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o’quvchi (talaba, tinglovchi)ni «ekran olamida» stereonusxasi tasvirlangan qaqiqiy olamga kirishi va undagi ob'ektlarga nisbatan qarakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda . Yangi asr ta'limini rivojlanish tendentsiyasi - axborot texnologiyalarini o’quv-tarbiya jarayoniga keng qo’llash va tarqatishdan iborat. Bu yo’nalishda asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o’z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish bilan belgilanadi. Yangi axborot texnologiyalarining ta'lim tizimiga tatbiq etilishi an'anaviy o’qitish jarayonidan o’quvchining o’zi ta'lim jarayonining borishini aniqlaydigan yangi jarayonga o’tishini ta'minlaydi. Elektron darsliklardan foydalangan holda tashkil etilgan o’qitish texnologiyasi kelajakda ta'lim tizimida keskin o’zgarish qilishga qodir. Ko’pchilik iqtidorli o’quvchilar o’zlarining qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ta'limning bunday tizimida maktab va oliy ta'lim o’qituvchilari bilimlarini o’quvchilarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to’qri keladi. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim yetarlicha yo’lga qo’yilmagan. Elektron darslikni yaratish borasida anchagina ishlar qilinayotgan bo’lsa-da, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo’lishdek ochiq tizim mavjud emas. Ta'lim tizimining rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo’qolib boradi. Elektron darsliklarni yaratish juda murakkab jarayondir. Ta'lim texnologiyasi qo’llaniladigan o’quv jarayoni markazida o’quvchi, texnologiya qo’llanish mazmunida o’quvchilarning mustaqil ta'lim olish qobiliyatini rivojlantirish hamda o’quv faoliyati asosida o’qituvchi bilan o’quvchining hamkorligi yotadi.
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo’ljallangan. O’quvchi o’zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. Elektron darslik o’quvchining bilim olishini vaqt bo’yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham o’quv materialini o’zlashtirish vaqti o’quvchining hoxishiga ko’ra qisqarishi yoki uzayishi mumkin. Elektron darslik o’quvchilarga axborotni o’qish, ma'ruzalarni eshitish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlariga mo’ljallangan vazifalarii bajarish, o’z bilimlarini tekshirish va, zarur hollarda, ularni to’ldirish, o’z-o’zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin. Elektron darslik o’z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi va bir vaqtda o’zida bilim berish va o’quvchilarning o’zlashtirish darajalarini aniqlash dasturiy ta'minotiga ega bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilishni tashkil etuvchi, olingan bilimlarni mustahkamlashga mo’ljallangan mashqlar, o’quvchilarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini beradigan testlar kabi uchta komponent bo’lishini talab etadi. Kompyuterga mo’ljallangan darslik: bir zumda teskari aloqani ta'minlashi; zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi; gipermatnli tushuntirishlarga ko’p marta murojaat qilishda vaqtni tejashi; ekranga matnni to’g’ridan-to’g’ri chiqaribgina qolmay, balki multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilishi va modellashtirishi; aniq bir bo’lim bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirish darajalariga mos ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish; zarur o’quv axborotlarini yangilash imkoniyatining mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan tubdan farq qiladi.
Elektron darslik, shuningdek, o’quv materiallarini ilmiy va ko’rgazmali qilib tasvirlash; tahliliy-sintetik imkoniyati; axborotni to’la, tizimli va mantiqiy ketma-
ketlikda tasvirlash, o’quv materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabimuammoli; o’quv materialini o’zlashtirilishining mustahkamligi; ta'limnidifferentsiallashgan va individuallashtirilganligi; moslanuvchanligi va emotsionalta'sirchanligi kabi psihologo- pedagogik; to’la didaktik ta'lim davriyliligi,
ta'limning interfaolligi, teskari aloqa, o’z-o’zini boshqarish vazifalarini amalgaoshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va auditoriyadan tashqaridagimustaqil faoliyat jarayonida darslik bilan ishlash imkoniyati; ishlashda qulaylik;
katta xajmdagi axborotni saqlashning osonligi va o’quv adabiyoti bilan ishlashuchun zarur maxsus texnik jixozlarning (masalan, kompyuterlarning) mavjudligikabi tashkiliy- texnologiik imkoniyatlar bo’lishini taqozo etadi. Nashr etilgano’quv materiallarining yuqorida sanalgan didaktik imkoniyatlari an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o’quv qo’llanmalar tajribada qiuoslab ko’ilganda, eng ko’zga ko’ringan belgilarni oxirgi tur (multimediali) o’quv qo’llanmalarida mavjud ekanligi tasdiqlangan. Xulosa qilib aytganda, ta'lim muassasalarining o’quv-tarbiya jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lmog’i lozim: predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi; o’quv predmetining tuzilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli, audio- va videoizoxdarga asosiy mavzularning mos kelishi; matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikning asosiy bo’limlari bo’yicha o’qituvchilarning o’quv materiallarining video-yoki audioyozuvli bayonlarini berilishi; rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo’lishi va bunda gipergrafikadan foydalanilishi; ko’p oynalik interfeysning qo’llanilishi; matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo’ljallangan gipermatn tizimining mavjudligi; matn bilan tushuntirish kiyin bo’lgan predmetning boblari kushimcha videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan ta'minlanishi; audioaxborotlar musika bilan olib borilishi; o’quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo’lgan vazifa va mashqlarning, shuningdek, ularning javoblarining berilishi; asosiy tushuncha va modullarning izoxli lug’atining mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak.
1.2. Dasturlash asoslari bo’yicha multimediali o’rgatuvchi tizimni o’quv jarayoniga joriy etish
Dasturlash asoslarini o’rgatish oliy ta’lim tizimidagi bakalavriat yo’nalishi bo’yicha talabalarni tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bundan asosiy maqsad, olingan bilimlar bazasida talabalarda keyingi kurslarni o’zlashtirish uchun fundament hosil qilishdan iborat. Masalan, axborot tizimlari, axborot tizimlarini loyihalash, informatika va dasturlash usullari bo’yicha yuqori darajali bilimlarni olishga imkoniyatlar paydo bo’ladi. Ushbu maqolada yuqorida keltirilgan dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizim va undan foydalanuvchilarni dasturlash bo’yicha o’rgatuvchi multimediali o’quv kurslaridan tashkil topgan o’rgatuvchi izimni ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy qilish tajribalari haqida fikr yuritamiz.
Bunday tizimlarni joriy qilish natijasida quyidagilarga erishiladi:
- dasturlash asoslari bo’yicha tarmoq texnologiyalari asosida (on-line rejimida) bilim olish;
- talabaga qulay bo’lgan vaqt va joyda bilim olish;
- olingan bilimlarni shu vaqtning o’zida amaliyotda sinovdan o’tkazish va baholash;
- bilim olish jarayonida turilgan muammolar bo’yicha ta’lim beruvchi bilan tarmoq orqali muloqotga kirishish va maslahatlar olish;
- zamonaviy vositalarni qo’llash orqali o’qitish samaradorligini oshirish;
- kommunikatsiya vositalari yordamida elektron o’quv qo’llanmalarni tezkorlik bilan yetkazib berish va olish;
- ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi doimiy muloqotni tashkil etish va h.k.
Shu bilan birgalikda, dunyo miqyosida sinovdan o’tkazilayotgan va respublikamizda amaliyotga joriy etish uchun tayyorlanayotgan masofaviy ta’lim tizimini qo’llash uchun ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o’tkazish imkoniyatlari turiladi. Dasturlash asoslarini o’rganuvchilar uchun multimediali o’quv tizimlarini yaratish, respublikamizda rivojlanib kelayotgan mediata’lim tizimini joriy etishga asos bo’ladi va talab darajasida tizimni qo’llash uchun ma’lumotlar bazasi shakllanib boradi. Asosiy maqsad esa, sinovdan o’tkazish jarayonidayoq dasturlash bo’yicha bilim oluvchilarga zamonaviy bilimlarni (qo’shimcha ravishda) yetkazib berish imkoniyatlari turiladi.
Ishlab chiqilgan dasturlash asoslarini o’rgatuvchi tizim Web- platformaga asoslangan bo’lib, tizimdan foydalanuvchilar on-layn rejimida “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. N2 5, yul, 2012 yil 2 Internet tarmori orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan. Internet orqali taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir necha turga ajratish mumkin:
- umumiy ma’lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko’chirib oluvchi - erkin foydalanuvchilar;
- tizim orqali e’lon qilingan dasturlash bo’yicha musobaqada ishtirok etuvchilar - dasturchilar va hokazo;
- tizimda taklif etilgan bilimlarni o’rganuvchi - talabalar;
- tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi - ta’lim beruvchilar.
Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro’yxatdan o’tishi talab etiladi, ya’ni faqat ro’yxatdan o’tgan ta’lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan nazariy va amaliy virtual darslar bilan tanishishi, olingan bilimlarni test-nazorat va dastur natijasini testlovchi tizimlarda sinovdan o’tkazishi mumkin bo’ladi.
Har bir dars nazariy materiallar, amaliy mashrulotlar uchun multimediali mashrulotlar va bilimlarni nazorat qilish uchun test-nazorat tizimlaridan tashkil topgan. Dastur natijasini testlovchi tizimga kirish faqat nazariy va amaliy mashrulotlardan keyin taklif etilgan test topshiriqlaridan (75 /dan) yuqori natija ko’rsatgan dasturchilar uchun mo’ljallangan. Har bir dars mashruloti uchun olingan bilimlarni sinovdan o’tkazish uchun test topshiriqlari ajratilgan va berilgan bilimlarga mos dasturlash bo’yicha masalalar taklif etiladi. Shu bilan birgalikda nazorat tizimida past ko’rsatkich (75 / dan kam)ga ega bo’lgan ta’lim oluvchilar uchun qayta o’zlashtirishga mo’ljallangan yordamchi bilimlar taklif etiladi. YOrdamchi bilimlar ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismi qo’shimcha nazariy materiallarning multimediali shakllaridan, ikkinchi qismi esa dasturlash bo’yicha algoritmlash, dastur matnini tanlangan tilda shakllantirish kabi amallarni o’rgatuvchi virtual modellardan tashkil topgan.
Yordamchi bilim sifatida taklif etiladigan virtual modellar quyidagilarni o’zida qamrab oladi:
- dasturlash bo’yicha aniq bir masalaning algoritmi;
- ishlab chiqilgan algoritmning dasturlash tilidagi ko’rinishi;
- algoritmning bajarilish qadamlarining dastur matnidagi qadamlarga mosligini ta’minlovchi animatsiyalar (ovozli izohlar bilan);
- foydalanuvchi bilan interfaol muloqot tashkil etilgan amaliy ishlar (aniq masalalarni dasturlash bo’yicha topshiriqlar).
Dasturlash bo’yicha o’rgatuvchi tizimni joriy qilish natijasida quyidagi maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin:
1) dasturlashga oid fanlar bo’yicha bakalavr va magistrlarning o’zlashtirish samaradorligi sifatini monitoring qilish;
2) talabalarni dasturlash bo’yicha olimpiadalarga tayyorlash;
3) talabalar o’rtasida dasturlash bo’yicha olimpiadalarni o’tkazish;
4) talabalarning dasturlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarini shakllantirish.
Ishlab chiqilgan tizim ikkita rejimda ishlay oladi:
1) Ta’lim muassasasi lokal tarmorida fanlarni o’qitishda amaliy va laboratoriya mashrulotlari jarayonida foydalanish rejimi.
2) Internet tarmorida on-layn rejimida bilimlarni mustaqil tekshirish uchun qo’llaniladigan rejim.
Dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizimning ishlash prinsiplari quyidagicha: har bir tizimga kirish ruxsatnomasiga ega bo’lgan foydalanuvchi (talaba, o’qituvchi yoki administrator) uchun maxsus interfeys mavjud. Foydalanuvchilarning tizim bilan ishlashini faqat ma’lumotlar bazasidagi mavjud parametrlar orqali cheklashi mumkin.
Foydalanuvchi interfeysi ma’lumotlar bazasi bilan borliq holda foydalanuvchining hisob yozuvlari, masalalar arxivi, yechimlarni tekshirish uchun testlar to’plami va boshqa tizimli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Masalalar yechimlarini tekshiruvchi ChEKKER alohida tizim administratori tomonidan ishga tushiriladi, bu ChEKKER yechimni qabul qilib tekshiruv amallarini bajaradi. Dastur natijasini testlovchi tizimning asosini chekker qism-tizimi tashkil etadi. Bu qism-tizim quyidagilardan tashkil topgan:
1) aynan tanlangan masala yechimini kompilyatorga uzatish moduli;
2) kompilyatsiya qilingan yechimni ma’lumotlar bazasiga joylashtiruvchi modul;
3) kompilyatsiya qilingan yangi yechimlar potogini navbatga qo’yish;
4) ma’lumotlar bazasidagi testlar bazasi bilan yechim (kompilyatsiya qilingan)ni taqqoslash va natijani foydalanuvchiga uzatish moduli.
Umuman olganda, dasturlash bo’yicha multimediali o’rgatuvchi tizim klient-server texnologiyasi asosida (taqsimlanuvchi rejimda) ishlab chiqilgan.
1.3.O’quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tadbiq etish
O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o’quv tarbiya jarayonini yangi o’quv uslubiy majmualar, ilror pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimini jaxon axborot tarmoriga ulanadigan kompyuter axborot tarmori bilan to’liq qamrab olish kabi vazifalar belgilab qo’yilgan. Shuningdek, dasturda kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda qayta qurish nazarda tutiladi deb ta’kidlangan.
Axborot texnologiyalari jaxonda jadal sur’atlar bilan rivojlanib takomillashib borayotgan sohadir. Bu sohaning rivoji uchun bizni buyuk ajdodlarimizning ilmiy kashfiyotlari asos bo’lib xizmat qilmoqda. Bu xaqida prezidentimiz I.A. Karimov o’zining “YUksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida quyidagi fikrlarni keltiri bo’ladi:” ... shu nuqtai nazardan qaraganda zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli xayoti va ilmiy faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiyot kashfiyotlari bugun ham jaxon abgor ommasini xayratga solayotganini rurur bilan ta’kidlash lozim” Ta’lim isloxotlari amalga oshirilayotgan xozirgi davrda har bir fanni o’qitish mazmunini qayta tahlildan o’tkazish va buni tubdan islox qilish nuqtai nazardan yondashuv zarur bo’ladi. O’qitish tizimida “Axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish” ning asosiy maqsadi - o’quvchi va talabalarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari xaqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan xissasi to’rrisida tasavvur xosil qilishdan iborat. Ta’lim tizimida axborot, innovatsion va pedagogik texnologiyalarni o’rganishga ajratilgan soatlarni talabalarga shunday yetkazish kerakki, ular bu kurslardan so’ng bemalol axborot kommnikatsiya texnologiyalari hamda pedagogik texnologiyalardan ishlab chiqarish jarayonida foydalana oladigan bo’lishlari lozim.
Talabalarga beriladigan bilim, ko’nikma va malalkalar bazasida iloji boricha nazariy qismi, ya’ni “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ularning turlari. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari. Microsoft Office dasturlaridan foydalanish hamda innovatsion axborot texnologiyalari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishlarni ham nazarda tutadi. Mashrulot (dars) o’tish uchun zarur o’quv materiallarni tayyorlash va qayta ishlash” va “Ta’lim jarayoni sifatini aniqlovchi dasturlar. Talabalar bilimini baxolash va nazorat (test) dasturiy ta’minot turlari va ulardan foydalanish metodikasi” mutaxassislar tomonidan ma’ruza- suxbat tarzida o’tiladi. Tayanch manbalar bazasida o’tiladigan axborot kommunikatsiya texnologiyalari to’liricha amaliy mashrulot tariqasida o’tilib asosan: fanda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, “MS Word ” dasturida elektron dars ishlanmalarini yaratish, “MS Excel” dasturi yordamida statistik ma’lumot va materiallarni qayta ishlash, “MS Power Point ” dasturi yordamida dars (mashrulot) taqdimotlarini yaratish texnologiyalarini, “Paint ” dasturi yordamida har xil chizma va shakllarni ishlab chiqish talabalarga to’liq o’rgatiladi.
Bu yerda asosiy maqsad talabalarga yuqorida nomlari keltirilgan dasturlarni to’liq o’zlashtirgan xolda ishlab chiqarishda bu dastur materialllari va ma’lumotlaridan foydalanishlaridan iborat. Bu asosiy maqsad sifatida kun tartibida
doimiy turadi. Qachonki, talabalar kompyuter texnikasidan, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal o’rganib, olgan
bilimlarini mustaxkamlashda, ulardan tegishli xulosalar chiqarishda, kompyuter grafikalaridan foydalanishda, axborot kommunikatsiya materiallaridan o’quv jarayonida foydalanish tizimlarini o’rganib olmagunlaricha. O’zimizga ma’lumki xozirgi zamonda axborot kommunikatsion texnologiyalarisiz, yangi pedagogik, innovatsion texnologiyalarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Oliy ta’lim professor- o’qituvchilariga pedagogik texnologiyalardan foydalanish interfaol usullarda darsa (mashrulot) o’tishni o’rgatishdan asosiy maqsad, pedagoglar bu usullarni o’rganish davomida pedagogik texnologiyalar bo’yicha barcha o’zlashtirgan innovatsion texnologiyalarni (interfaol usullarni) mutaxassislik bo’yicha o’tiladigan fan mavzulariga tadbiq qilgan xolda dars (mashrulot) olib borishga o’rgatishdan iborat. Bu o’rinda Farrona politexnika instituti. Geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishi talabalariga ta’lim-tarbiya berishda kafedra professor-o’qituvchilari internet ma’lumotlaridan,
GPS qurilmasi materiallaridan. elektron taxiometr yordamida amallar bajarish bo’yicha texnologik materiallardan keng ko’lamda foydalanmoqdalar. Kafedra professor-o’qituvchilarning sa’yi harakatlari natijasida talabalarda mutaxassislikka nisbatan qiziqish rivojlanib bormoqda.Ta’lim jarayoniga pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarini kirib kelishi o’z navbatida ularda ma’lumotlar olish, berish, jo’natish tizimlarini mukammal o’rganib olishlariga olib keldi va bu xolat shu kunlarda ham davom etmoqda. YUqoridagi kabi bu masala ham fan o’qituvchilari va uquvchi-talabalar pedagogik texnologiyalarni to’liq o’zlashtirib olmagunlarigacha kun tartibidan yechilmaydi. Chunki, axborot, innovatsion, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uni amaliyotda qo’llashni o’rganish shu kunning dolzarb masalalaridandir.
|
| |