Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi mavzusi ma’ruza mashg’ulotlarni o’qitish metodikasi




Download 0,6 Mb.
bet5/7
Sana03.07.2024
Hajmi0,6 Mb.
#266442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dasturlash asoslari fanini o‘qitishni tashkil

2.3. Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi mavzusi ma’ruza mashg’ulotlarni o’qitish metodikasi
Ma’ruza rejasi.
1. Dasturlash tili.
2. Dasturlash tillarining turlari: mashina tili, mnemonik (belgili) til va yuqori darajali dasturlash tili.
3. Dasturlash tillarining asosiy elementlari.
Algoritmlarni dastur ko’rinishida yozilishi va bu ko’rinishdagi boshqa yozuvlar bilan qanday farq qiladi?
Algoritmlarni so’zlar orqali yoki blok-sxema ko’rinishida tasvirlash buyruqlar yozilishida bir qancha ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.
Amaliyotda esa algoritm ijrochisi kompyuter hisoblanadi. Shuning uchun kompyuter uchun to’zilgan algoritm u «tushunadigan» tilda tasvirlanishi kerak.
Ijrochi (kompyuter) berilgan buyruqlarni aniq va to’rri bajarishi uchun unga beriladigan buyruqlar yozilishi aniq va ijrochi tomonidan bir xil tushunilishi lozim.
Shu sababli kompyuter tushunadigan til dasturlash tili, bu tilda yozilgan algoritm esa kompyuter dasturi deyiladi.
Dasturlash tillarining yaratilish tarixi
Dasturlash tillari asosan 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo uning tarixi ancha olis yillarga borib takaladi.
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan 1800-yillar) Vavilonda foiz (%) bilan borliq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo’lib, agar bugdoy yilda 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o’sish uchun necha yil va oy kerak bo’lishi algoritmi yozilgan.
XIX asr franso’z kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 yilda yupqa mato ishlab chiqish jarayonida stanoklar uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.
1836 yildan ingliz Charlz Bebbidj hozirgi kompyuterlarning bevosita avlodi bo’lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob- kitob natijalarini «eslab» qolishida edi.
1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) - shoir lord Bayronning qizi - analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi kerakligini ta’kidladi. U berilgan shartlar bajarilmaguncha qadamlar ketma-ketligini ta’minlovchi buyruqlarni yozdi. (Bu hozirgi kunda takrorlash (sikl) operatori deyiladi). Bu bilan u dasturlash va uning tiliga asos soldi.
Mazkur va boshqa kashfiyotlar, kompyuter bevosita yaratilgach, unga zarur bo’lgan til yaratish talabini qo’ydi.
Dunyo odamlari urtasidagi munosabatda yagona til bo’lmaganidek, xilma- xil kompyuterlarning yaratilishi va ularning turli sohalarda qo’llanilishi, yagona dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko’rsatdi.

Perfokarta
Alan Tyuring
1955-1959 gg. Rossiyalik olimlar A.A. Lyapunov, S.S. Kamo’nin, E.Z. Lyubimskiy, A.P. yershov, L.N. Korolev, V.M. Kurochkin, M.R. Shura-Bura
va boshqalar «dasturlovchi dasturlar», ya’ni translyatorga o’xshash dastur yaratdilar. V.V. Marto’nyuk esa dasturlarni yaratish va otladka qilishni tezlashtirish maqsadida belgili kodlar sistemasini yaratdi.
1955-1959 gg. dasturlash nazariyasi (A.A. Lyapunov, YU.I. YAnov, A.A. Markov, L.A. Kalujin) va sonli metodlarga (V.M. Glushkov, A.A. Samarskiy, A.N. Tixonov) asos solindi. Fikrlash mexanizmi sxemasini va genetika jarayonlari modellashtirish, kasalliklar diagnostikasining algoritmlari ishlab chiqildi (A.A. Lyapunov, B.V. Gnedenko, N.M. Amosov, A.G. Ivaxnenko, V.A. Kovalevskiy i dr.).

Djon Bekus Ritchi
Niklaus Virt
Dennis
1957 g. Djon Bekus Fortran tilining asoschisi.
1959 g. O’zoq yillar mobaynida dasturlashtirish sohasida o’ziga xos standartga aylangan Algol tili yaratildi.
1965 g. Djon Kemeni va Tomas Kurslar (Dortmund kolledji, AQSh) tomonidan Beysik dasturlash tili yaratildi.
1970 g. Shveysar olimi Niklaus Virt Paskal dasturlash tilini ixtiro qiladi.
1971 g. Franso’z olimi Alan Kolmari mantiqiy dasturlash tili Prolog (PROgramming in LOGic)ni yaratdi.
1972 g. Bell Laboratories xodimi Dennis Ritchi Si dasturlash tilini yaratadi.

Altair Bill Geyts i Pol Allen
1975 g. YOsh dasturchi Pol Allen i Garvard universiteti talabasi Bill Geytslar Altair kompyuteri uchun Beysik tilini ixtiro qildilar. Keyinchalik esa ular jahonda dasturlar ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik Maykrosoft (Microsoft) firmasini to’zadilar.
1979 g. SoftWare Arts firmasi VisiCalc (Visible Calculator) personal kompyuterlar uchun dasturlar paketini yaratdi.
Dasturlash tillari yaratilishi bo’yicha uch guruhga bo’lish mumkin:







d
ar
j.Q

i
i agi







Dasturlash tili darajalari
Bugungi kunda yuzlab dasturlash tillaridan foydalaniladi. Har bir dasturlash tili ma’lum bir soha yoki yo’nalishga oid masalalarni xal qilish uchun mo’ljallangan.
Bizga ma’lumki, har qanday algoritm - ko’rsatmalar ketma-ketligi, va bu ko’rsatmalar bajarilgandan so’ng ma’lum bir natijaga erishiladi. Dasturlash tili darajasi buyruq va ko’rsatmalarning maydalashganlik darajasi (detalizatsiya darajasi) bilan belgilanadi - qanchalik (detalizatsiya) kamroq va soddaroq bo’lsa, shunchalik tilning darajasi yuqoriroq bo’ladi.
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita borliq bo’lib, buyruqlar ularning kodlari yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashqil topgan dasturlar katta hajmli bo’lib, ularni tahrirlash ancha mushkul ish edi. Dastlabki kompyuterlar (Eniak, MESM va boshqalar) ana shu tilda ishlar edi.
O’rta darajadagi dasturlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki ba’zi inson nutqiga yaqin so’zlar ishlatila boshlandi va ular ko’pincha assembler tillari deb ham yuritiladi.
Mazkur tilning ijobiy xususiyati shundaki, ular yordamida to’zilgan dastur boshqa tillarda to’zilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi tillarda bo’lmagan amallar mavjud. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSh, MADLEN va boshqalar kiradi.
Assembler tillarida buyruqlar qisqartirilgan so’zlar yoki so’zlar majmuidan iborat bo’lib, gohida ularni mnemokodlar deb ham atashadi.
Yuqori darajadagi dasturlash tillari ancha rivojlangan to’zilishga ega bo’lib, unda ishlatiladigan xizmatchi so’zlar inson nutqiga juda yaqinlashtirilgan.
Mazkur tilda foydalanuvchi amallarni ketma-ket yozib boraveradi, kompyuter esa uni kerakli ko’rinishga o’tkazib oladi.
Bu darajadagi tillar kompyuter texnik ta’minotining rivojlanishi bilan borliq va o’z tarixiga ega.
Dastlabki bu darajadagi til Plankalkyul deb nomlanib, u 1946 yilda nemis olimi Konrad So’ze tomonidan yaratildi.

Yaratilish yili

Til nomi

1946

Plankalkyul

1949

Qisqacha kod

1950

“Edsak” assembler tili




1950

AO




1953

Avtokod




1955

“Tez kodlash”




1956

F-2, Flou-metik




1957

IPL-1, Mat-metik




1958

Fortran




1959

Algol 58, APT, LISP, Kobol




1960

Algol 60




1964

PLG’1, Beysik




1965

AlgolW




1967

Logo




1968

Algol 68




1969

APL




1970

Paskal




1971

Fort




1972

Prolog, Si




1979

Ada




1980

Smoltok




1981

Modula-2













Dasturlash tillari darajalarini quyidagi kriteriyalar bo’yicha ajratish mumkin: . mashina tili;
« assembleplar;
« yuqori darajadagi dasturlash tillari;
Mashina tili va assemblerlar - quyi darajadagi dasturlash tillari hisoblanadilar. Bu tillar yordamida dastur to’zilganda ma’lumotlarni qayta ishlash ulami tahrirlash ancha mushkulroq kechadi.
YUqori darajadagi dasturlash tillari quyidagi turlarga bo’linadilar:
. Algoritmik (Basic, Pascal, C va b.);
« mantiqiy (Prolog, Lisp va b.);
« Ob’ektga yo’naltirilgan (Object Pascal, CQQ, Java va b.);
Translyator, kompilyator va interpretator

Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi mavzusi ma’ruza mashg’ulotlarni o’qitish metodikasi

Download 0,6 Mb.