|
Funksiyalarning massiv kirish parametrlari
|
bet | 3/19 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 88,92 Kb. | | #158115 |
Bog'liq C da massivlar bilan ishlash-fayllar.orgFunksiyalarning massiv kirish parametrlari
Funksiyalarga massivlarni kirish argument sifatida berish uchun parametr e'lonida [] qavslar qo'yiladi. Masalan:
void sortArray(int [], int ); // funksiya e'loni
void sortArray(int n[], int hajm) { // funksiya aniqlanishi
...
}
...
Dasturda esa, funksiya chaqirilganda, massivning faqat ismi beriladi halos, [] qavslarning keragi yo'q.
int size = 10;
int array[size] = {0};
...
void sortArray(array, size); // funksiya chaqirig'i,
// faqat massiv ismi - array berildi
Funksiyaga massivlarni berganimizda, eng katta muammo bu qanday qilib massivdagi elementlari sonini berishdir. Eng yaxshi usul bu massiv kattaligini qo'shimcha kirish parametri orqali funksiyaga bildirishdir. Bundan tashqari, massiv hajmini global konstanta orqali e'lon qilishimiz mumkin. Lekin bu ma'lumotni ochib tashlaydi, global sohani ortiqcha narsalar bilan to'ldirib tashlaydi. Undan tashqari massiv hajmini funksiyaning o'ziga yozib qoyishimiz mumkin. Biroq bunda bizning funksiyamiz faqat bitta kattalikdagi massivlar
bilan ishlaydigan bo'lib qoladi. Yani dasturimiz dimamizmni yo'qotadi. Klaslar yordamida tuzilgan massivlar o'z hajmini biladi. Agar bunday ob'ektlarni qo'llasak, boshqa qo'shimcha parametrlarni
qo'llashimizning keragi yo'q.
Funksiyalarga massivlar ko'rsatkich ko'rinishida beriladi. Buni C++, biz ko'rsatmagan bo'lsak ham, avtomatik ravishda bajaradi. Agar massivlar qiymat bo'yicha chaqirilganda edi, har bir massiv elementining nushasi olinishi kerak bo'lardi, bu esa dastur ishlash tezligiga salbiy ta'sir ko'rsatar edi.
Lekin massivning alohida elementi argument o'rnida funksiyaga berilganda, ushbu element, aksi ko'rsatilmagan bo'lsa, qiymat bo'yicha beriladi.
Xulosa. Agar struktura bir hil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo'lsa, uning nomi massiv (array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot tiplaridir. Bundan tashqari strukturalar bir necha farqli tipdagi o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Buni biz klas (Pascalda record) deymiz. Masalan bunday strukturamiz ichida odam ismi va yoshi bo'lishi mumkin.
|
| |