• C va boshqa tillarda (Pascal, C++) modulli dasturlash
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 88,92 Kb.
    bet7/19
    Sana17.02.2024
    Hajmi88,92 Kb.
    #158115
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
    Bog'liq
    C da massivlar bilan ishlash-fayllar.org

    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. S.Rahmonqulov “IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash”, Т.: “Sharq”, 1998.
    2. A. Axmedov N. Taylaqov “Informatika”, Toshkent “O’zbekiston”, 2001.
    3. A. Abduqodirov va boshqalar “Informatika”, Т.: “Me’ros”. 2002.
    4. A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari» Toshkent «O’qituvchi», 2002.
    5. http://www.microsoft.com/
    6. http://www.ziyonet.uz/
    7.http://www.ref.uz/

    C# va boshqa tillarda (Pascal, C++) modulli dasturlash
    Reja:
    1.Yuklash modullari. Modullar.
    2. Asosiy va yordamchi modular.
    3.Yuklovchi modullar.
    Nazariy qism informatika va hisoblash texnikasi, algoritmlar, C/C++ dasturlash tili, C++Builder ob’ektga yo’nalt Dasturda kompyuterda dasturlashga kirishning nazariy asosi bo’lgan algoritmlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu erda algoritmlarni tavsiflash va keyinchalik kompyuterda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bir qator matematik tushunchalar - takrorlash, yordamchi algoritm, rekursiya, xotira, massiv, indeks, funksiya, parametr va h.k. kiritilib, turli xil sinf masalalarining algoritmlari tuziladi. Dasturlash tili - tuzilgan algoritmni kompyuter amalga oshirishi uchun vositadir. Bu o’rinda turli murakkablikdagi sintaksis va semantikaga ega bo’lgan tillardan foydalanish mumkin. “Dasturlash asoslari” fani yo’nalishning o’quv rejasidagi “Ehtimollar nazariyasi”, “Sonli usullar”, “Diskret matematika va matematik mantiq” fanlari bilan uzviy bog’liq. Fan mazmuni yo’nalishning o’quv rejasidagi “Matematik statistika”, “Ilmiy hisoblashlar”, “Mexanika”, “Oddiy differenstial tenglamalar”, “Xususiy hosilali differenstial tenglamalar” fanlarini o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi. “Dasturlash asoslari” fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o’quv yilining 1-2 semestrlarida o’qitiladi. Fanni o’qitish ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi. Mazkur dasturga ko’ra ushbu fan doirasida ko’plab model masalalar o’rganiladiki, bu mazkur fanni chuqur o’rgangan har bir bakalavr olgan bilim va ko’nikmalarini ishlabchiqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek, talim tizimida samarali foydalanishi imkonini beradi.

    Fanni o’qitishdan maqsad – “Matematika” yo’nalishining bakalavr bosqichi talabalariga dasturlash asoslarini etarli darajada o’qitish, shu bilimlarga tayangan holda kompyuter yordamida modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning dastur ta’minotini amalga oshirishga o’rgatish va ixtisoslik fanlarini o’zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo’lish. Fanning vazifalari – masala yechishning algoritmik asoslarini o’rganish, kompyuter ishlashining tamoili, dasturlash tillarini sinflash, kompyuterda berilganlar va buyruqlarni tasvirlanishi. “Dasturlash asoslari” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo’llash xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur turlari va xususiyatlari, strukturali, ob’ektga yo’naltirilgan va umumlashgan dasturlash, dasturni 4 optimallashtirish va umumlashtirish, dasturlashda modulli tamoyillarini qo’llash, kompyuter texnologiyalari yutuqlarini zamonaviy hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minotida qo’llash, dasturlashning taraqqiyotining an’analari haqida tasavvurga ega bo’lishi, yuqori darajadagi dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni, dasturlash texnologiyalarini, tatbiqiy va hisoblash matematikasi masalalarini yechish algoritmlarini, modulli tahlil va modulli dasturlash asoslarini, ob’ektga yo’naltirilgan va umumlashgan dasturlash usullarini, samarali dastur va dasturlar kompleksini yaratish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi, tadbiqiy masalalarni yechish algoritmini tuzish, matematik (kompyuter) modelini qurish va uning dasturiy ta’minotini yaratish, strukturali, ob’ektga yo’naltirilgan va umumlashgan dasturlash paradigmalarini qo’llash asosida ilovalarni yarata olish, dasturlashda, hisoblash texnikasi va dasturiy


    ta’minot imkoniyatlaridan samarali foydalanish, muammoga va ob’ektga yo’naltirilgan tillardan foydalanish, yaratilgan ilovalarni baholash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
    C++ dasturlash tili.
    Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bular ichida Java va C++ dasturlash tillari universal tillar hisoblanib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroqdir. So‘ngi yillarda Java va C++ dasturlash tillari juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Mazkur tillardagi vositalar zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun ko‘pgina qulayliklar yaratilgan.
    C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C tiliga asoslangan tarzda tuzildi.
    C++ asoschisi
    C++ juda ko’p qo’shimchalarni o’z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u obyektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. Buni ta’minlash uchun obyektli dasturlash g’oyasi ilgari surildi. C++ esa gibrid tildir. Unda C tiliga o’hshab strukturali dasturlash obyektlar bilan dasturlash mumkin. C++ funksiya va obyektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ dasturlash tilida dasturlashni o’rganish ikki qismga bo’linadi. Birinchisi bu C++ tilini o’zini o’rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor obyekt va funksiyalarni qo’llashni o’rganishdir.

    Download 88,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




    Download 88,92 Kb.