Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
259
9-mavzu. Ma’lumotlarning abstrakt tiplari va inkapsulyatsiya tuzilishi
Reja:
1. Abstraksiya tushunchasi
2. Inkapsulyatsiya
3. Ma’lumotlr abstraksiyasiga kirish
4. Tiplarni rivojlantirish
5. Ma’lumotlar abstraksiyasining turli tillardagi ko‘rinishlari
6. Parametrlashgan ma’lumotlar abstrakt tipi
Dastlab dasturlash va dasturlash tillaridagi abstraksiyaning umumiy tushunchalarini ko‘rib
chiqamiz. Keyin dasturlash tillaridagi inkapsulyatsiyani muxokama qilamiz. So‘ngra
aniq misollar
bilan mustahkamlangan ma’lumotlar abstraksiyasining qoidasi beriladi. Undan so‘ng SIMULA67
tilidagi ma’lumotlar abstraksiyasining qisman qo‘llanilishining qisqacha tavsifi keltiriladi.
Ma’lumotlar abstraksiyasi dasturlanishini tillar bilan butunlay qo‘llab-quvvatlash ikkita aniq til: Ada
va C++ atamalari bilan muhokama qilinadi. Ma’lumotlar abstraksiyasi misollarini amalga oshirilishi
shu tillardagi har bir ma’lumotlar bilan ko‘rsatilgan. Bu ma’lumotlar abstraksiyani qo‘llab
quvvatlaydi, til vositalarini qo‘llashdagi farqlar va hususiyatlarni ajratishga yordam beradi. Ada tili
alternativi sifatida Modula-2, Java tili ma’lumotlar abstraksiyasini qo‘llab-quvvatlash esa C++
alternativi sifatida ko‘rib chiqiladi. Xulosa qilib aytganda Ada va C++
tillarida abstrakt tiplar
parametrlarini yaratish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.
Shuni qayd etamizki, bu kitobda “
ma’lumotlar abstraksiyasi” va “
ma’lumotlar abstraksiyasi
turlari” jumlalari bir ma’noni anglatadi.