Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
67
har bir
operatori ketma-ket bajarilib, zarur o‘zgaruvchi qiymatini uning nomiga
sichqonchani yaqinlashtirib ko‘rish mumkin.
Shuningdek, dasturning zarur tugun
nuqtasiga
tugmasini bosib yoki stop operatoridan foydalanib,
ushbu tugun
nuqtada o‘zgaruvchilarning qiymatlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud.
Amaliyot topshiriqlari
1. Butun sonni juft yoki toqligini tekshiruvchi dastur tuzing.
2. Berilgan son ham 5 ga ham 7 ga bo‘linishini aniqlaydigan mantiqiy ifoda
tuzing.
3. Kiritilgan sonning 3-raqami 7ga tengligini tekshiruvchi dastur tuzing.
4. Kiritilgan sonning necha bit ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
5. Berilganlarga ko‘ra uchburchak yuzini toping.
6. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan sonlarga ko‘ra
konsolda uchburchak
perimetri va yuzini hisoblovchi dastur tuzing.
7. Oy gravitatsiya doimiysi yer gravitatsiya doimiysining 17%ini tashkil etadi.
Odamning yerdagi massasi oyda qancha bo‘lishini aniqlovchi dastur tuzing.(
yerda g=9.81m/s2)
8. Kiritilgan ushbu juftlik {x, y} R=5 ga teng bo‘lgan
aylananing markazlari
bo‘lishini tekshiruvchi dastur tuzing.
9. Kiritilgan ushbu juftlik {x, y} R=5 ga teng bo‘lgan aylananing markazlari
bo‘lishini tekshiruvchi va ushbu to‘g‘ri burchakli uchburchakdan [{-1, 1}, {5,
5}]. tashqaridaligini tekshiruvchi dastur tuzing.
10. Kiritigan 4 xonali abcd sonni quyidagi shartlar bo‘yicha tekshiruvchi dastur
tuzing:
a. Raqamlar yig‘indisini hisoblovchi
b. Sonni ushbu tartibga o‘tkazuvchi dcba
c. Oxirgi raqamini boshiga o‘tkazuvchi dabc
d. 2- va 3- raqamlarini almashtiruvchi acbd