|
SQL tili haqida. Interaktiv va qurilgan SQL
|
bet | 2/4 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 16,02 Mb. | | #116942 |
Bog'liq MB 9-ma\'ruzaEdgar Kodd
1. SQL tili haqida. Interaktiv va qurilgan SQL SQL tili so'rov-natija ko'rinishida ishlaydi. So'rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo'q, faqatgina operatorlarni to'g'ri yozish orqali istalgan ma'lumotlarni chiqarish mumkin bo'ladi. SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: - Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.
- Jadval qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.
- Obyektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.
- Ma'lumotlar bazasi va obyektlarga ruxsatlarni o'rnatish.
- Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.
1. SQL tili haqida. Interaktiv va o'rnatilgan SQL
2 xil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan (встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir xil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL — bu ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.
O'rnatilgan SQL – bu so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. C, С++, Python, Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
2. SQL tilida ma’lumotlar toifalari va ular bilan ishlash
SQL operatorlari bir necha guruhlarga bo'lingan. Bu bo'linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo'lingan. Ular quyidagilar:
- DDL (Data Definition Language), Ma’lumotlarni aniqlash tili deb ataladi. Bu guruhga ma'lumotlar bazasida obyektlar (jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.
- DML (Data Manipulation Language) – ma'lumotlarni manipulyatsiya (tahrirlovchi) qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.
- DCL (Data Control Language) – ma'lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
- TCL (Transaction Control Language) - bu tranzaksiyalarni boshqarish uchun so‘rovlar guruhidir.
*Tranzaksiya - bu ma'lumotlar bazasiga kiritilgan barcha o'zgarishlar doimiy ravishda o'rnatiladi yoki bekor qilinadi.
2. SQL tilida ma’lumotlar toifalari va ular bilan ishlash
1. Ikkilik ma'lumotlar turi
|
| |