|
IV. BALANSDA SAQLOVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARIBog'liq 1906fc78-c8f8-4d9e-ad0e-095351701275IV. BALANSDA SAQLOVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. “Balansda saqlovchi” quyidagi huquqlarga ega:
- “Ijaraga oluvchi”ning xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, “Obyekt”ning fizik holatini
kuzatib borish;
- “Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt”dan foydalanish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
- “Ijaraga oluvchi” “Obyekt”ni belgilangan tartibda kelishmasdan o‘zboshimchalik bilan
ta’mirlash, tuzatish, jihozlash, rekonstruksiya qilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rib borish;
- “Ijaraga oluvchi”dan ijara to‘lovini ijara shartnomasida ko‘rsatilgan miqdor va muddatlarda
amalga oshirishni talab qilish;
- “Ijaraga oluvchi”dan ekspluatatsiya xizmatlari uchun har yili belgilangan tartibda shartnoma
rasmiylashtirish va unda belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishini talab qilish;
- “Ijaraga oluvchi”dan “Obyekt”ga zarar yetkazganda, qonunchilikda va shartnomada belgilangan
tartibda vakolatli baholash tashkilotining xulosasiga ko‘ra zarar summasini qoplashni talab qilish;
- “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)” imzolanmaganida, shartnoma muddatidan avval bekor
qilinganida, muddati tugaganda, haqiqiy emas deb topilganda yoki haqiqiy emas deb hisoblanishiga
asoslar mavjud bo‘lganida “Ijaraga oluvchi”ni “Obyekt”ga kirishini taqiqlash yoki “Obyekt”dan chiqarish
choralarini ko‘rish;
- “Ijaraga oluvchi” bilan yuzaga kelgan nizolar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda
tegishli sudlarga ariza (da’vo arzasi) bilan murojaat qilish;
- qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
4.2. “Balansda saqlovchi” quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
- “Obyekt”ni qaytarish-qabul qilish dalolatnomasini belgilangan tartib va muddatda imzolash;
- ekspluatatsiya va kommunal xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq “Ijaraga oluvchi”
to‘lovlarni ko‘rsatilgan muddatlarda va miqdorda amalga oshirishini nazorat qilish;
- “Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”ni subijaraga bermasligini nazorat qilish, agar bunday holatlar
aniqlansa, bu haqda “Ijaraga beruvchi”ni xabardor qilish;
- ijara to‘lovining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilishda “Ijaraga beruvchi”ga
ko‘maklashish;
- ichki qoidalarga asosan “Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”ga to‘siqlarsiz erkin kirib chiqishiga zarur
shart- sharoit yaratish;
- “Ijaraga oluvchi”ning aybisiz kommunal tizimda buzilish sodir bo‘lsa, o‘z hisobidan darhol
ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
- “Ijaraga oluvchi” “Obyekt”dan faqat elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi
bayonnomada belgilangan yo‘nalishlarda foydalanishini nazorat qilish;
- elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan qo‘shimcha shartlar va
majburiyatlar “Ijaraga oluvchi” tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
- qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajarish.
|
| |