• III. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
  • II. “QO‘SHIMCHA SHARTNOMA (KELISHUV)” TUZILISHI




    Download 364,19 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana20.05.2024
    Hajmi364,19 Kb.
    #246294
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1906fc78-c8f8-4d9e-ad0e-095351701275

    II. “QO‘SHIMCHA SHARTNOMA (KELISHUV)” TUZILISHI, 
    KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISHI
    2.1. “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)” tuzilishida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
    kodeksining 356-moddasi 3-qismi, 282-moddasi 2-qismi va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
    14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi
    nizomning 38-bandiga asoslanildi.
    2.2. “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)” “online-ijara.uz” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan
    kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
    2.3. “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)” asosiy shartnomaning ajralmas – tarkibiy qismi
    hisoblanadi va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi (asosiy shartnoma davlat ro‘yxatidan
    o‘tkazilmay qolgan hollar bundan mustasno).
    2.4. Majburiyatini bajarmagani tufayli “Asosiy shartnoma” davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmay qolgan
    bo‘lsa, “Ijaraga oluvchi” “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)”ni “Asosiy shartnoma” bilan birga 5 ish kuni
    ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.


    III. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
    3.1. “Ijaraga beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
    - “Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”dan belgilangan yo‘nalishlarda foydalanishi, ijara to‘lovini
    belgilangan miqdor, tartib va muddatlarda to‘lashini monitoring qilish;
    - “Obyekt”ga hech qanday to‘siqsiz kirish, maqsadli foydalanilayotganini, “Obyekt” hududi
    (hajmi) shartnomaga muvofiqligini o‘rganish;
    - shartnomaning muddati uzaytirilishida “Ijaraga oluvchi” keyingi muddatga qonunchilikda
    belgilangan tartibda ijara to‘lovi oshirilishidan norozi bo‘lgan taqdirda, shartnoma o‘z kuchini yo‘qotgan
    deb topish haqida qaror qabul qilish;
    - “Ijaraga oluvchi”ga shartnomani muddatidan oldin bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida taklif
    kiritish;
    - “Ijaraga oluvchi”ning huquqlari ta’minlanishi va manfaatiga zarar yetkazilmasligining qonuniy
    choralari ko‘rib borish;
    - “Balansda saqlovchi”ning “Obyekt”ga nisbatan mulkiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
    - qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
    3.2. “Ijaraga beruvchi” quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
    - ijara to‘lovi muddatida amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
    - “Balansda saqlovchi” bilan birgalikda “Obyekt”dan maqsadli foydalanilishini monitoring qilib
    borish;
    - ijara to‘lovi muddati buzilganda qarzdorlikni hamda hisoblangan penyalarni undirish choralarini
    ko‘rish, jumladan sud tartibida majburiy undirish;
    - “Ijaraga oluvchi” shartnoma muddati tugagandan keyin, bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb
    topilganda “Obyekt”ni belgilangan muddatda “Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirmasa, uni
    “Obyekt”dan majburiy chiqarish choralarini ko‘rish, zaruriyat tug‘ilganida “Balansda saqlovchi” orqali
    “Obyekt”ga kirishini taqiqlash;
    - “Obyekt”ni belgilangan muddatda qaytarib topshirmagani oqibatida ko‘rilgan zararni “Ijaraga
    oluvchi”dan undirish, jumladan sud tartibida majburiy undirish;
    - “Ijaraga oluvchi”ning yozma so‘roviga asosan shartnomaviy munosabatlarga oid ma’lumotlar va
    hujjatlarni berish;
    - “Ijaraga oluvchi” asosiy shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini bajarmagan
    hollarda, unga nisbatan majburlov choralarini ko‘rish;
    - ijara to‘lovi muddati buzilgandan keyingi oydan kechikmasdan “Ijaraga oluvchi”ga
    qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda talabnoma kiritish;
    - ijara to‘lovi muddati buzilgan oylar uchun penya hisoblanib undirilishini ta’minlash;
    - ijara to‘lovi muddati ketma-ket ikki marotabadan ortiq buzilganda ijara shartnomasini
    muddatidan avval bekor qilish haqida tezkorlikda sudga da’vo arizasi kiritish;
    - “Ijaraga oluvchi”ning shartnoma amal qilish muddatini keyingi davrga uzaytirish haqidagi
    murojaatini muddatida ko‘rib chiqish va qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda uni
    qanoatlantirish;
    - “Ijaraga oluvchi”ni shartnoma muddati tugashi arafasida “Obyekt”ni belgilangan muddatda
    “Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirish va “Obyekt”dan foydalanishni davom ettirmaslik haqida
    yozma ogohlantirish;
    - “Ijaraga oluvchi” “Obyekt”ni tiklash va mukammal ta’mirlash ishlari uchun qilgan sarf-
    xarajatlari ijara mablag‘larining “Balansda saqlovchi”ga taqsimlanadigan qismidan hisoblanishini ko‘rib
    chiqish;
    - qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
    3.3. “Ijaraga oluvchi” quyidagi huquqlarga ega:
    - ijara obyektidan auksion savdosi bayonnomasida ko‘rsatilgan maqsad va yo‘nalishlarda
    foydalanish;
    - “Asosiy shartnoma” va “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)”ni imzolashdan, “Obyekt”dan
    foydalanishni davom ettirishdan, “Asosiy shartnoma” va “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)”ning amal
    qilish muddatini uzaytirishdan voz kechish;


    - “Asosiy shartnoma” va “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)”ni muddatidan oldin bekor qilish
    tashabbusi bilan chiqish;
    - “Asosiy shartnoma” va “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)” muddatini uzaytirish huquqidan
    belgilangan tartibda foydalanish;
    - “Obyekt”ni tiklash yoki mukammal ta’mirlash uchun amalga oshirilgan sarf-xarajatlari ijara
    muddati davomida to‘liq qoplanmagan taqdirda (ijara shartnomasining muddatidan oldin bekor qilingan
    hollar bundan mustasno), sarf-xarajatlarning qoplanmagan qismini “Balansda saqlovchi”dan boshqa
    mablag‘lari hisobidan undirib olish;
    - qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
    3.4. “Ijaraga oluvchi” quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
    - “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)”ni 5 ish kuni ichida elektron raqamli imzosi bilan imzolash;
    - ijara to‘lovini “Ijaraga beruvchi”ning g‘azna tranzit hisobraqamiga belgilangan muddat va
    miqdorlarda 100 foiz oldindan to‘lash tartibida amalga oshirish;
    - “Ijaraga beruvchi”ga so‘ragan ma’lumotlar va hujjatlarni berish;
    - “Ijaraga beruvchi”ga ijara to‘lovini ta’minlash, qarzdorlikni qoplash haqidagi talabnomani 15 kun
    ichida ko‘rib chiqish va to‘lov amalga oshirilishi muddatini ma’lum qilib, yozma javob (ma’lumot) berish;
    - “Obyekt”dan foydalanishda amaldagi sanitariya-gigiyena, texnika va yong‘in xavfsizligi
    qoidalariga amal qilish;
    - “Obyekt”ni o‘zga shaxslarga subijara (foydalanish)ga bermaslik, garovga qo‘ymaslik yoki
    boshqacha tarzda uchinchi shaxsga o‘tkazmaslik;
    - “Obyekt”ni tiklash yoki mukammal ta’mirlash, jumladan qayta jihozlash yoki moslashtirishni
    faqat “Balansda saqlovchi” va “Ijaraga beruvchi”ning yozma roziligi bilan amalga oshirish, sarf-xarajatlar
    qoplanish shartlarini “Balansda saqlovchi” bilan kelishish hamda bu haqda “Ijaraga beruvchi”ni xabardor
    etish;
    - “Obyekt”da qo‘shimcha (yoki yangi) mukammal qurilishni amalga oshirmaslik (yengil
    konstruksiyalar bundan mustasno);
    - shartnomani muddatidan oldin bekor qilish istagi haqida kamida 10 kun avval “Ijaraga beruvchi”
    va “Balansda saqlovchi”ni yozma ravishda ogohlantirish;
    - “Obyekt” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlari, Davlat aktivlarini
    xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining,
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining
    qarorlari asosida xususiylashtirilgan taqdirda, shartnomani muddatidan avval bekor qilib, xususiylashtirish
    bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 5 ish kuni ichida “Obyekt”ni
    “Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirish;
    - “Asosiy shartnoma” muddati tugaganda, muddatidan avval bekor qilinganda yoki haqiqiy emas
    deb topilganda “Obyekt”ni 5 ish kuni ichida “Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirish, bunda
    “Obyekt”da kamchiliklar aniqlangan taqdirda to‘liq bartaraf etish (qonunda nazarda tutilgan hollardan
    tashqari) yoki yetkazilgan zararni qoplash;
    - ijara to‘lovini belgilangan tartib va miqdorlarda “Balansda saqlovchi”ga “Obyekt” dalolatnoma
    asosida qaytarib topshirgan kunigacha to‘lash;
    - “Obyekt”ga zarar yetkazilganda bu haqida “Ijaraga beruvchi” hamda “Balansda saqlovchi”ga
    yozma xabar berish va yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash (tiklash);
    - pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi va boshqa aloqa vositalari hamda rekvizitlari,
    shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan “Ijaraga oluvchi”ning ta’sischilari hamda rahbarlari o‘zgarganda
    “Ijaraga beruvchi” va “Balansda saqlovchi”ni bu haqda 5 ish kuni ichida yozma xabardor qilish;
    - “Obyekt”da o‘zining aybi bilan kommunal avariya holati yuz bersa, uni bartaraf etish, tuzatish va
    ta’mirlash ishlarini o‘z hisobidan amalga oshirish;
    - elektron-onlayn auksion savdosi natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada ko‘rsatilgan majburiyatlar
    va qo‘shimcha shartlarni (mavjud bo‘lganda) bajarish;
    - “Obyekt”ni o‘z hisobidan beg‘araz joriy ta’mirlash hamda soz va but holatda saqlash;
    - “Obyekt” bo‘yicha kommunal xizmatlar, elektr energiyasi, suv, gaz iste’moli va issiqlik ta’minoti
    uchun “Balansda saqlovchi” yoki xizmat ko‘rsatuvchi bilan alohida shartnoma tuzish;
    - shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagani oqibatida “Balansda saqlovchi”ga yetkazgan zararni
    ixtiyoriylik asosida qoplash (tiklash);
    -qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.



    Download 364,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 364,19 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. “QO‘SHIMCHA SHARTNOMA (KELISHUV)” TUZILISHI

    Download 364,19 Kb.
    Pdf ko'rish