|
Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berishgaBog'liq 1906fc78-c8f8-4d9e-ad0e-095351701275IX. FORS-MAJOR
9.1. Agarda yengib bo‘lmas kuchlar bilan bog‘liq vaziyatlar, masalan: suv toshqini, yong‘in,
zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishga ta’sir
ko‘rsatuvchi Hukumat yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq
yoki boshqa ma’muriy qarorlar, ma’muriy yoki hukumatning cheklovchi qarorlari va hokazolar yuzaga
kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lgan taqdirda, “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)”
shartlarini bajarish ushbu holat tugashi muddatigacha uzaytiriladi.
9.2. Fors-major holati mavjud bo‘lgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holati
boshlanishi va tugashi muddatlarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
X. QO‘SHIMCHA SHARTLAR
10.1. Taraflar “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)” bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda
O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga
zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan, pora berishni taklif qilmaydi,
va’da bermaydi, tovlamachilik qilmaydi, pora sifatida pul to‘lamaydi, bevosita yoki bilvosita pora olishga
rozilik bermaydi yoki pora, ya’ni taraflar xodimlari o‘z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora
bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi
yoki mumkinligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olmaydi. Taraflar ushbu harakatlarga yo‘l
qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rilishiga kafolatlaydi.
10.2. “Ijara oluvchi” “Ijaraga beruvchi”ning xodimi yoki boshqa davlat xizmatchisining ijara
munosabatlarida axloq qoidalari, shartnoma shartlari va qonunchilikka zid keladigan xatti-harakatlarga,
jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishga majburlash holatiga duch kelsa, bu haqda Davlat
mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining (71) 259-21-14 raqamli ishonch telefoni orqali
mas’ul xodimiga xabar qiladi
10.3. “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)” yuzasidan kelib chiqadigan nizolar taraflar kelishuvida
hal qilinadi, kelishuvga erishilmasa nizolar “Ijaraga beruvchi” joylashgan hududdagi sud tartibida hal
qilinadi.
10.4. Davlat mulkini ijaraga berishning ushbu “Qo‘shimcha shartnoma (kelishuv)”da
ko‘rsatilmagan shartlari asosiy shartnomaga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
|
| |