• VIII. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI
  • VII. “OBYEKT”NI QAYTARISH TARTIBI




    Download 364,19 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana20.05.2024
    Hajmi364,19 Kb.
    #246294
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1906fc78-c8f8-4d9e-ad0e-095351701275

    VII. “OBYEKT”NI QAYTARISH TARTIBI
    7.1. Ijara muddati tugaganda, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb
    topilganda “Ijaraga oluvchi” “Obyekt”ni 5 ish kuni ichida “Ijaraga beruvchi” ishtirokida “Balansda
    saqlovchi”ga yaxlitligi va butligi ta’minlagan holatda dalolatnoma bilan qaytarib topshiradi.
    7.2. “Obyekt”ni qaytarish-qabul qilish dalolatnomasida uning tuzilgan joyi va sanasi, ijara
    shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami) va ijara mulkining texnik holati ko‘rsatiladi.
    7.3. “Obyekt” qaytarib topshirilayotganda kamchiliklar aniqlangan taqdirda “Ijaraga oluvchi”
    “Obyekt”ni shartnoma shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zarar qoplagungacha
    “Balansda saqlovchi” uni qabul qilishni rad etishga haqli.
    Bunda “Ijaraga oluvchi” dalolatnoma asosida qaytarib topshirgan kuniga qadar ijara haqi to‘laydi.
    7.4. “Ijaraga oluvchi” elektron-onlayn auksion natijasi to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan
    faoliyatlar turini hamda ijara maydonini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa (ijara maydonining 10 foizigacha bo‘lgan
    hajmdagi maydonlarga o‘zgartirish bundan mustasno) qonunchilikda belgilangan tartibda amaldagi ijara
    shartnomasini bekor qilib, “Obyekt”ni auksionga qayta joylashtirish orqali o‘z xohishini amalga oshirishi
    mumkinligi talabiga rioya qiladi.
    7.5. “Ijaraga oluvchi” “Obyekt”da tiklash yoki mukammal ta’mirlash ishlarini Qurilish va uy-joy
    kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bergan xulosa hamda “Ijaraga beruvchi” va
    “Balansda saqlovchi”ning (yuqori turuvchi tashkiloti xabardorligida bergan) yozma roziligi asosida
    amalga oshiradi. Ular kelishuvga erishganda tiklash yoki mukammal ta’mirlash sarf-xarajatlari ijara
    to‘lovidan tushgan mablag‘ning “Balansda saqlovchi”ga taqsimlanadigan qismi hisobidan qoplanishi
    mumkin.
    VIII. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI
    8.1. “Ijaraga oluvchi” ijara to‘lovini belgilangan muddat va miqdorlarda amalga oshirmagani
    uchun to‘lov muddati buzilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida,
    ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda “Ijaraga beruvchi”ga
    penya to‘laydi.
    8.2. “Ijaraga oluvchi” shartnoma muddati tugagandan yoki shartnoma bekor qilingandan yoxud
    shartnoma sud tartibida haqiqiy emas deb topilgandan keyin ham “Ijaraga beruvchi”ning yozma roziligisiz
    “Obyekt”dan foydalanishni davom ettirsa, foydalangan har bir kuni uchun ijara haqini va shartnomaning
    8.1-bandida hisoblangan penyani to‘laydi.
    8.3. “Balansda saqlovchi” shartnoma muddati tugagandan, shartnoma muddatidan avval bekor
    qilingandan yoki sud tartibida haqiqiy emas deb topilgandan keyin “Ijaraga oluvchi”ga “Obyekt”dan
    “Ijaraga beruvchi”ning yozma roziligisiz foydalanishiga imkon bergan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining
    2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi
    to‘g‘risida”gi nizomning 58-bandi asosida “Obyekt”dan g‘ayriqonuniy foydalanilgan davr uchun ijara
    to‘lovining ikki baravari miqdorida hisoblangan summani “Ijaraga beruvchi”ga to‘laydi.



    Download 364,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 364,19 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VII. “OBYEKT”NI QAYTARISH TARTIBI

    Download 364,19 Kb.
    Pdf ko'rish