Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja




Download 210.27 Kb.
bet14/15
Sana09.12.2022
Hajmi210.27 Kb.
#33881
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Davriy sistemaning LV b guruh elementlari
1 ON SBHA 2, Byudjet tashkilotlari balansining umumiy tuzilishi va tarkibi-www.kompy.info
Birikmalari. Marganets va reniy elementlari karbonil birikmalarida oksidlanish darajalari nolga teng bo’ladi. Bunday birikmalar kovalent bog’lanishning donor-akseptor mexanizmi asosida hosil bo’ladi. Bunday kimyoviy bog’lanish­ning xosil bo’lishida elementlar o’zlarining bo’sh d-orbitallariga, karbonil molekulasidagi bog’lanishda ishtirok etmagan elektron juftlarini joylashtiradi. Bu elementlarning odatdagi sharoitda barqaror bo’lgan sariq rangli Mn(CO)10, rangsiz Tc2(CO)10 va Re2(CO)10 tarkibli oson haydash mumkin bo’lgan karbonil birikmalari ma’lum. Marganetsni past valentlik namoyon qiladigan birikmalari ichida ikki valentli birikmalari eng ko’p tarqalgan. Birikmalarning ko’pchiligi suvda yaxshi eriydigan moddalardir. Marganets (II) tuzlari suvda erishi natijasida [Mn(H2O)6]+2 tarkibli akvakomplekslar xosil qilib dissotsilanadi. Mar­ganets (II)- oksid va marganets gidroksidi kimyoviy xossalari jihatidan amfoter moddalardir. Ular oksidlanish darajasini o’zgartirmasdan, kislotalar bilan reaksiyaga kirishib kompleks birikmalar hosil qiladi.

Ishqorlar bilan uzoq vaqt qattiq qizdirilganda reaksiyaga kirishib anion kompleks birikmalar xosil qiladi:
Mn(OH)2 +4KOH K4[Mn(OH)6]
Bu kompleks birikmalar suvli eritmalarda tuliq dissotsilanadi. Shuning uchun bu reaksiyani oddiy sharoitda vujudga keltirish mumkin emas.
MnO—kulrang yashil tusli, yarimo’tkazgich xossasiga ega bo’lgan modda. U MnO2 ni vodorod atmosferasida qizdirib yoki MnSO3 ni termik parchalab xosil qilinadi. MnO suvda erimaydigan modda bo’lgani uchun uning gidroksidini bilvosita usulda, ya’ni marganets (II) tuzlariga ishqor ta’sir ettirib xosil qilinadi:
MnSO4 + 2KOH Mn(OH)2 + K2SO4
Xosil bo’lgan Mn(OH)2 cho’kmasi qaytaruvchi xossasiga ega bo’lgani uchun xavodagi kislorod molekulasi ta’sirida tezda qorayib qoladi:
Mn(OH)2 +O2 2Mn2MnO4 + 6H2O
Marganets (II) birikmalari ammiak ta’sirida ammiakat kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunday kompleks birikmalar suv ta’sirida oson parchalanadi:
[Mn(NH3)6] CI2 + 2H2O Mn(OH)2 + 2NH4CI + 4NH3
Marganets (II) birikmalari ishqoriy metallar tuzlari bilan kompleks birikmalar xosil qiladi:
MnCI2 + 2KCI K2 [MnCI4]
Marganets (II) birikmalari kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar ta’sirida marganets (VII) gacha qaytariladi:
MnSO4 + 5PbO2 + 6 HNO3 2HMnO4 + 3Pb(NO3)2 + PbSO4 + 2H2O
Texnetsiy va reniyning ikki valentli birikmalari beqaror moddalardir. Marganetsning turt valentli birikmalaridan eng barqarorlari MnO2 va MnF4 dir.
Marganets (IV)- oksid —MnO2 —tuq qoramtir tusli kukun modda, oddiy sharoitda suvda erimaydi, juda inert, qizdirilganda kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Marganets (IV)- oksid kuchli oksidlovchi xossasiga ega bo’lgani uchun qizdirilganda kislotalarni oksidlaydi:
Marganets (IV)- oksid ishqorlar yoki asosli oksidlar bilan aralashtirib suyuqlantirilganda manganitlar xosil qiladi:
MnO2 + 4HCI → MnCI2 + CI2 + 2H2O
Marganets (IV)- oksid kuchli oksidlovchilar bilan m a n g anatlar va permanganatlar xosil qiladi:
MnO2 + CaO → CaMnO3
Texnetsiy va reniylarning TeO2, KeO2, TcR4, ReR4, M2TcO3, M2ReO3 tarkibli barqaror birikmalari ma’lum. Marganetsning (VI) valentli birikmalari beqaror moddalardir. Lekin manganat MnO4-2 ioni holida anchagina barqaror. Manganatlarning suvdagi eritmalari kuchli iiqoriy muhitdagina mavjud bo’la oladi, lekin suyultirilganda disproporsiyalanadi:
2K2MnO4 + 2H2O→2KMnO4 + MnO2 + 4KOH
Marganets (VI) birikmalari kuchli oksidlovchi. Lekin kuchli oksidlovchilar ta’sirida permanganatlarga aylanadi.
2K2MnO4 + CI2 → KMnO4 + 2KCI
Texnetsiy va reniyning olti valentli birikmalari anchagina barqaror moddalardir. Ularning kislota xossasiga ega bo’lgan ftorid, xlorid, oksid va oksigalogenid birikmalari mavjud. Bu elementlarning olti valentli Galogenidlari ishqoriy metallarning galogenidlari bilan anion kompleks birikmalar hosil qiladi:
ReF6 + 2KF → K2[ReF8]
Bu galogenidlar hatto ishqoriy muhitda ham dispropor­siyalanadi:
3ReCI6 + 20KOH → 2KReO4 + ReO2 +18KCI + 10H2O

Texnetsiy va reniyning olti valentli birikmalari marganets birikmalariga qaraganda oson oksidlanadigan moddalar bo’lgani uchun, xatto nam xavo ta’sirida ham oksidlanadi:
4K2TeO4 + O2 + 2H2O →KTeO4 + 4KOH
Marganetsni Mn2O7 va MnOF5 tarkibli etti valentli birikmalari mavjud. Texnetsiy va reniy galogenid va oksigalogenid birikmalar xosil qiladi. Marganets (VII)- oksid Mn2O7 yashil-qora tusli, yog’simon suyuqlik. Marganetsning permanganat tuzlari konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib xosil kilinadi:
KMnO4 + Na2SO4 → Mn2O7 +K2SO4 + H2O
Bu reaksiyada extiyot choralari ko’rilmasa, xosil bo’lgan Mn2O7 kuchli portlash xosil qilib parchalanadi.
2Mn2O7 → 4MnO2+2O2
Texnetsiy ( VII)- oksid — Tc2O7 va reniy ( VII)- oksid — Re2O7 anchagina barqaror, kristall tuzilishga ega bo’lgan sariq rangli moddalardir. Ularni metallarga kislorod ta’sir ettirib, tug’ridan-to’gri olish mumkin. Marganets, texnetsiy va reniylar MnO3F, TcO3F, ReO3F tarkibli etti valentli oksigalogenid birikmalar xosil qilinadi. Bu birikmalar kislota xossasiga ega bo’lgan moddalardir. Bu elementlarning oksidlari va oksigalogenidlari suv ta’sirida kislotalar xosil qiladi:
Mn2O7 + H2O→ 2HMnO4
MnO3F + H2O→ HMnO4 + HF
Bu elementlar kislotalarining kuchi HMnO4 - HTsO4 -HReO4 qator buyicha chapdan o’ngga o’tgan sari kuchsizlanib boradi. Bu kislotalarning xosil qilgan tuzlari suvda eriydigan kuchli oksidlovchilardir. Bulardan KMnO4 laboratoriyada va texnikada keng qo’llaniladi.
Kaliy permanganat — KMnO4 suvsiz holatda rombik sistemada kristallanadi, qizdirilganda oson parchalanadi:
2KMnO4 K2MnO4 + MnO2 + O2
Kaliy permanganat kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun, reaksiya muxitga karab turlicha qaytariladi:
2KnMO4 + KNO2 + 2KOH → 2K2MnO4 + KNO3 + N2O
2KMnO4 + KNO2 + H2O → MnO2 + 2KNO3 + 2KOH
2KMnO4 + 5KNO2 + 2H2S04 -» 2MnSO4 + 5KNO3

Download 210.27 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 210.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja

Download 210.27 Kb.