Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja




Download 210.27 Kb.
bet10/15
Sana09.12.2022
Hajmi210.27 Kb.
#33881
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Davriy sistemaning LV b guruh elementlari
1 ON SBHA 2, Byudjet tashkilotlari balansining umumiy tuzilishi va tarkibi-www.kompy.info
Tabiatda uchrashi. Cr, Mo, W tabiatda, asosan Fe(CrO2)2 — xromit, Pb(CrO4)2 - xromat, MoS2 - molibdenit, Pb(MoO4)2 — molibdat, CaWO4 — sheelit va (Fe, Mn)WO4 — volframit minerallari xolida uchraydi. Xromni to’rtta, molibdenni ikkita, volframni beshta tabiiy izotopi ma’lum.
Olinishi. Tarkibida xromitlar bo’lgan rudalarni qaytarib olinadi:
Fe(CrO2)2 +4SO -» Fe + 2Cr + 4 SO2
Xrom tuzlarining konsentrlangan eritmalari elektroliz k.ilinganda katodda toza xrom ajratib olinadi. Cr2O3 ni vodorod atmosferasida alyuminiy bilan k.aytarib xrom olish mumkin:
Cr2O3 + 2A1 2Cr+A12O3
Xrom galogenidlarini (CrJ2, CrJ3) chuglatilgan xrom simi ishtirokida xaydash usuli bilan ham olinadi. Tarkibida mo­libden bo’lgan rudalar boyitiladi. Xosil qilingan konsentrat tarkibida 40 - 50% molibden bo’ladi. Konsentratlar kislorod ishtirokida oksidlanadi, natijada MoO3 hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan MoO3 ruda bilan aralashgan bo’ladi. Bu aralashmani ammiakli suvda eritib, (NH4)2 MoO4 hosil qilinadi. Hosil bo’lgan (NH4)2 MoO4 ni termik parchalab, toza MoO3 ajratib olib, vodorod bilan qaytariladi. Hosil bo’lgan Mo kukun xolda bo’ladi, uni yuqori temperaturada suyuqlantirilib metallga aylantiriladi. Volfram olish uchun boyitilgan volfram rudasi soda bilan aralashtirilib, yuqori tempe­raturada suyuqlantiriladi, natijada hosil bo’lgan NaWO4 cho’ktiriladi. Chukma ajratib olingach, kislotada eritiladi va H2WO4 xosil qilinadi. Hosil bo’lgan volframat kislota termik parchalanadi:
H2WO4 WO3 + H2O
So’ngra WO3 ga chug’latilgan kumir ishtirokida yoki vodorod oqimida qaytarib volfram ajratib olinadi.

Download 210.27 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 210.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja

Download 210.27 Kb.