• Birikmalari.
  • Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja




    Download 210.27 Kb.
    bet3/15
    Sana09.12.2022
    Hajmi210.27 Kb.
    #33881
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Davriy sistemaning LV b guruh elementlari
    1 ON SBHA 2, Byudjet tashkilotlari balansining umumiy tuzilishi va tarkibi-www.kompy.info
    Xossalari. M i s — qizg’ish tusli elastik metall, yoqlari markazlashgan kub sistemadagi kristall panjaraga ega. Oddiy sharoitda quruq havoda oksidlanmaydi. Lekin nam havoda, CO2 ishtirokida yuzasi ko’karib qoladi:
    2Cu + H2O + CO2 + O2 → (CuOH)2 CO3
    Mis qizdirilganda kislorod ta’sirida oksidlanib, Cu2O, CuO tarkibli birikmalar hosil qiladi, galogenlar, oltingu­gurt va selen bilan reaksiyaga kirishadi. Mis HNO3 va H2SO4 kislotada eriydi: K u m u sh — oq rangli, yaltiroq yumshoq metall, oddiy sha­roitda havoda oksidlanmaydi, ozon va vodorod sulfid erit­masi bilan reaksiyaga kirishadi. Kumush qizdirilganda konsentrlangan H2SO4, HNO3, KOH va H2O2 aralashmasi hamda suyuqlantirilgan KOH va KNO3 aralashmalari bilan reak­siyaga kirishadi, galogenlar, oltingugurt, selen, tellur burlari bilan birikadi.
    Oltin — sarg’ish rangli yumshoq metall, odatdagi sharoit­da oksidlanmaydi. Qizdirilganda galogenlar bilan reak­siyaga kirishadi. Oltin H2SO4 — HNO3 va HNO3 — HCI aralashmalarida, "zar suvi"da , selenat kislotada eriydi:
    Au + 4HCI + HNO3 → H[AuCI4] + NO + 2H2O
    Birikmalari. Mis bromid —CuBr, rangsiz kristall, nam ta’sirida yashil rangga bo’yalada, suvda erimaydi. Qaynoq CuSO4 va KBr yoki NaBr eritmasiga SO2 ta’sir ettirib hosil qilinadi. Organik moddalarni sintez kilishda ishlatiladi.
    M i s (I) oksid — Cu2O, qizil rangli kristall, suvda erimaydi. Chug’latilgan mis metaliga kislorod ta’sir ettirib yoki misning bir valentli tuzlariga ishqor eritmasini ta’sir et­tirib hosil qilinadi. Cu2O — mis kuporosi olishda, shisha, ke­ramika va glazurlar tayyorlashda pigment sifatida ishlatiladi.
    Mis (I) sulfid — Cu2S, qora rangli kristall, suvda erimaydi, yuqori temperaturada suyuqlanadi. Metallurgiyada ishlatiladi.
    Mis (II)-gidroksid — Cu(OH)2, ko’kish-yashil tusli amorf modda, qizdirilganda parchalanadi, suvda erimaydi. Mis tuzlariga ishqor eritmasi ta’sir ettirib hosil qilinadi. SHisha, keramika, emal, glazur tarkibida pigment sifatida ishlatiladi.
    Mis (II)-bromid — CuBr2, qora rangli kristall, suvda, atsetonda yaxshi eriydigan gigroskopik modda. Vodorod bromid eritmasiga CuO yoki CuSO3 ta’sir ettirib olinadi. Fotografiyada, organik moddalarni sintez qilishda ishlatiladi.
    Mis (II)-x l o r id— CuCI2, jigarrang-sargish tusli, suvda, spirtda, atsetonda yaxshi eriydigan kristall modda. Mis (II) - oksidga xlorid kislota yoki CuSO4 va BaCI2 ta’sir ettirib hoosil qilinadi. Organik moddalarni sintez qilishda, gazlamalarni bo’yashda ishlatiladi.
    M i s (II) -oksid— CuO, qora rangli kristall, suvda erimaydi, elektrolitlarni tayyorlashda pigment sifatida ishlatiladi.
    Mis (II)-sul ‘fid CuS, qora rangli kristall, suvda erimaydi. Mis tuzlari eritmasiga vodorod sulfid ta’sir ettirib hosil qilinadi. Bueklar tarkibida pigment sifatida ishlatiladi.
    M i s (II)-sulfat - CuSO4, ko’kish tusli kristall, suvda yaxshi eriydi. Mis (II) - oksid yoki mis (II)- gidroksidga sulfat kislota ta’sir ettirib yoki SiS ni kislorod ishtirokida pishirish natijasida xosil qilinadi. CuSO4 galvanotexnikada, gazlamalarga va teriga ishlov berishda, buyoqchilikda, elektrolitlar tayyorlashda, fotografiyada ishlatiladi.
    K u m u sh bromid AgBr, och-sarg’ish tusli kristall, suvda erimaydi. Kumushga brom ta’sir ettirib yoki AgNO3 ga KVg ning suvli eritmasini aralashtirib olinadi. Foto­grafiyada yorug’likka sezgir qog’ozlar olishda ishlatiladi.
    Kumush (I)-oksid-AgO, jigarrang-qoramtir tusli kristall, suvda erimaydi, yoruglik ta’sirida tezda parchalanadi. Kumush nitratga suyultirilgan ishqor ta’sir ettirib cho’ktiriladi. Organik moddalarni sintez qilishda, gazlarni SO dan tozalashda foydalaniladi.
    Kumush nitrat AgNO3, oq rangli, suvda, spirtda yaxshi erimaydigan kristall, organik birikmalar ta’sirida kumush metaliga oson qaytariladi. Kumush nitrat fotografiyada, tibbiyotda va analitik kimyoda ishlatiladi.
    Kumush xlorid AgCI, oq rangli cho’kma, suvda erimaydi, ishqoriy metallarning sianidlarida, tiosulfat va NH4OH eritmalarida, konsentrlangan nitrat kislotada yaxshi eriydi. Kumush xlorid fotografiyada, detektorlar olishda, spektrometriyada, ishlatiladi.
    O l t i n (III)-xlorid — AuCI3, qizil rangli kristall, termik beqaror, suvda, xlorid kislotada yaxshi eriydi, efirlarda yomon eriydi. Metallarning sirtini oltin bilan qoplashda, keramika va shishalarga pardoz berishda qo’llaniladi.

    3. XII guruh elementlari. Bu elеmеntlar atomlarning tuzilishi va xossalari. Rux, kadmiy, simob. Ularning tabiatda uchrashi, olinish usullari. Fizikaviy va kimyoviy xossalari, muhim birikmalari: oksidlari, gidroksidlari, tuzlari va komplеks birikmalari. Ularning olinishi va xossalari. Simob (I-II) birikmalari. Rux, kadmiy, simobning Rеspublikamizdagi zahiralari va ishlab chiqarilishi, ishlatilishi.


    Cd-1817 yilda F.Shtromeyer (Germaniya) Rux oksididan metall holida ajratib olingan. Grekcha kadmeta- rux oksidi so’zidan olingan. Eng muxim birikmalari: CdO, CdS,
    Rux gruppachasi elementlariga rux — Zn, kadmiy — Сd va simob — Hg kiradi. Bu elementlar atomlarining tashqi elektron qavatida s2 elektronlari mavjud. Shuning uchun bu elementlarning oksidlanish darajasi +2 ga teng. Simobning oksidlanish darajasi +2 ga teng bo’lgan juda ko’p birikmalari ma’lum. Bunday birikmalar dimerlangan bo’lib, Hg - Hg -bog’lanishning mavjudligi isbotlangan. Rux, kadmiy va simob atomlari o’zlarining sirtqi elektron qavatidan oldingi-sidagi elektronlarini bermaydi. Bu jixatdan mis gruppachasi elementlaridan farq qiladi. Rux, kadmiy va simob II gruppaning asosiy gruppacha elementlari kabi aktiv, faol emas. Bunga sabab, asosiy gruppacha elementlari bilan qo’shimcha grup­pacha elementlarining ionlanish potensiali va ion radiuslarining bir-biridan keskin farq qilishidir. Metallarning kuchlanishlar qatorida rux bilan kadmiy vodoroddan oldinda turgan bulishiga qaramasdan, suvdan vodorodni siqib chiqara olmaydi, chunki bu metallarning sirtida mustahkam oksid parda mavjud. Bu elementlarning rux-kadmiy-simob qatorida metallik xossalari kamayib boradi.

    Download 210.27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 210.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davriy sistemaning IV b-guruh elementlari va uning birikmalari sanoatdagi ahamiyati Reja

    Download 210.27 Kb.