• Kitob tumani
  • V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
  • IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari




    Download 113,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana15.12.2023
    Hajmi113,53 Kb.
    #119478
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    0fb5628424391ef4bf98076d1a742bf9b1919f47

    IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari
    9. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
    Ijaraga oluvchi tomonidan Shartnoma shartlari buzilganda yoxud yer uchastkasini yoki uning 
    bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish zarur bo‘lganda ushbu Shartnomani 
    o‘zgartirishni yoki bekor qilishni Ijaraga oluvchidan talab qilish;
    Ijaraga beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
    mumkin.
    10. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
    ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatga Shartnoma shartlariga muvofiq 
    ijaraga berilishini ta’minlash;
    yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan taqdirda Ijaraga oluvchining ko‘rgan 
    zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini bozor narxlarida to‘lash;
    qishloq xo‘jaligi ekinlari va daraxtlarni sug‘orish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq 
    qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda suv berilishini ta’minlash;
    Kitob tumani


    Ijaraga oluvchining qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish.
    Ijaraga beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega 
    bo‘ladi.
    V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
    11. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
    yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda mustaqil ravishda ish 
    yuritish;
    qishloq xo‘jaligi ekinlari va daraxt ko‘chatlariga, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi 
    mahsulotlariga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
    Ijaraga ajratilgan yer uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24
    3
    -moddasiga 
    muvofiq vaqtincha foydalanishga berish;
    yer uchastkasida mavjud bo‘lgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv 
    obyektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning 
    boshqa foydali xossalarini ishga solish;
    sug‘orish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan 
    tartibda amalga oshirish;
    qishloq xo‘jaligi ekinlarini, daraxtlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun sug‘orish 
    manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
    yerlar olib qo‘yilgan taqdirda o‘ziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan 
    foydani Ijaraga beruvchidan belgilangan tartibda talab qilish.
    Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
    12. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
    yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilan 
    yo‘nalishga muvofiq saqlash;

    Download 113,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 113,53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari

    Download 113,53 Kb.
    Pdf ko'rish