ijara davri muddatiga teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni 3-ilovaga muvofiq hisobot yilida 15 aprel va 15 oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshirish; yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona va samarali foydalanish, tuproq
unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi va tejamkor
texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning
yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
ikkilamchi ijaraga bermaslik;
ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz
holatda saqlash;
yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks
tadbirlarni amalga oshirish;
yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash;
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari
mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
belgilangan shakllardagi hisobotlarni vakolatli organlarga o‘z vaqtida taqdim etish;
boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer
uchastkalari mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda to‘lash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini (uch yil ichidagi o‘rtacha yillik hisobda) yerlarning
normativdagi kadastr bahosidan past bo‘lmagan darajada bo‘lishini ta’minlash;
o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquq (servitut)laridan
foydalanishini ta’minlash;
ochiq elektron tanlovda yer uchastkalarini ijaraga olish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan
majburiyatlar va kelgusidagi rejalarni o‘z muddatlarida bajarish;
Ijaraga berilgan yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara
shartnomasining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.