• VII. Tomonlarning javobgarligi
  • VIII. Nizolarni hal etish
  • IX. Fors-major
  • VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish




    Download 113,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/6
    Sana15.12.2023
    Hajmi113,53 Kb.
    #119478
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    0fb5628424391ef4bf98076d1a742bf9b1919f47

    VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
    13. Mazkur ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va 
    to‘xtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi.
    14. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlarning kelishuviga 
    erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
    15. Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi va amaldagi qonunchilik 
    hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
    VII. Tomonlarning javobgarligi
    16. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada 
    bajarilmagan taqdirda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq 
    javobgar bo‘ladilar.
    17. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonunchilik 
    hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan 
    tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
    18. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan har qanday qonunchilik buzilishi Shartnomaning bekor 
    qilinishiga sabab bo‘lmaydi.
    19. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish mo‘ljali to‘g‘risida ikkinchi tomonni 
    Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda mo‘ljallanayotgan bekor qilish sanasidan 
    olti oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
    VIII. Nizolarni hal etish
    20. Shartnoma shartlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar 
    kelib chiqqan taqdirda, tomonlar mustaqil ravishda o‘zlari yoki boshqa vakillar ishtirokida hal etish 
    choralarini ko‘radilar.
    Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishmagan taqdirda Mediatsiya tartibida nizolarni hal qilishga 
    haqli.
    Agarda tomonlar muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan kelishuvga erishmasalar, u holda nizoli 
    holatlar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan 
    belgilangan tartibda sudda hal etiladi.
    IX. Fors-major
    21. Shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyatlar tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan va bartaraf 
    etish mumkin bo‘lmagan yengib bo‘lmagan kuchlarga (Fors-major) ko‘ra bajarish imkoni 
    bo‘lmagan hollarda tomonlar javobgarlikdan ozod etiladi.
    Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch 
    holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga kelgan vaqtga mutanosib ravishda 
    uzaytiriladi.

    Download 113,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 113,53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish

    Download 113,53 Kb.
    Pdf ko'rish