• Elektronga bog‘liq qutblanuvchanlik
  • Ionli qutblanuvchanlik
  • Dielektriklarning qutblanishi




    Download 85,2 Kb.
    bet1/3
    Sana15.05.2024
    Hajmi85,2 Kb.
    #235249
      1   2   3
    Bog'liq
    Dielektriklarning qutblanishiдан саволлар


    Dielektriklarning qutblanishi


    Tashqi elektr maydon ta’sirida kristaldagi atom yoki molekulalardagi elektr zaryadlarining siljishi ro‘y beradi, buning natijasida kristall qutblanadi. Har xil fizikaviy jarayonlar tufayli jismda elektr moment paydo bo‘lishi mumkin.
    Atom yoki kristallarning to‘liq qutblanuvchanligi uch qismdan iborat bo‘ladi: elektronga, ionga va yo‘nalishga bog‘liq qutblanuvchanliklar.
    1. Elektronga bog‘liq qutblanuvchanlik, elektron og‘irlik markazining atom yadrosiga nisbatan siljishi natijasida vujudga keladi.
    2. Ionli qutblanuvchanlik kristaldagi biror ionning boshqasiga nisbatan siljishi natijasida vujudga keladi.
    3. Issiqlik o‘yg‘onishi bo‘lmasa, kichik maydon ta’sirida ham molekulalarning dipol momenti bir tomonga yo‘naladi. Issiqlik tebranishi natijasida elektr maydonining «yo‘naltiruvchi» ta’siri qisman kamayadi.

    Elektronga bog‘liq qutblanuvchanlik
    Elektronga bog‘liq qutblanuvchanlik, elektron og‘irlik markazining atom yadrosiga nisbatan siljishi natijasida vujudga keladi. Agar elektronni klassik ossillyator deb qarasak, tashqi elektr maydoni E ta’sirida uning siljishi xi ni ushbu formula bo‘yicha topamiz:
    , (1)
    bunda m-osillyatorning massasi, -tebranish chastotasi.
    U holda elektron qutblanish
    , (2)
    bunda Pi – dipol moment. Atomdagi barcha elektronlarni hisobga olsak
    , (3)
    bunda e,m - elektronning zaryadi va massasi, -atomdagi elektronning tebranish chastotasi, - tashqi maydon chastotasi. Summa atomdagi barcha elektronlar bo‘yicha olinadi.


    Ionli qutblanuvchanlik
    Ionli qutblanuvchanlik kristaldagi biror ionning boshqasiga nisbatan siljishi natijasida vujudga keladi. NaCl ning sindirish ko‘rsatkichi n=1,5 bo‘lgani sababli dielektrik kirituvchanlik =n2= 2,25 bo‘lishi kerak. Lekin tajribada aniqlanganki, statik dielektrik kirituvchanlik s=5,62. Statik va optik dieletrik kirituvchanliklar orasidagi farqni ionli qutblanuvchanlik orqali tushuntiriladi. Ko‘rsatish mumkinki, ionli qutblanuvchanlik ushbu formula bo‘yicha aniqlanadi:
    , (1)
    bunda, M1, M2 - ionlarning massalari, - eng yaqin qo‘shnilar orasidagi masofa, - infraqizil yutilish chastotasi.



    Download 85,2 Kb.
      1   2   3




    Download 85,2 Kb.