|
Dielektriklarning singdiruvchanligi
|
bet | 2/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 469,5 Kb. | | #126876 |
Bog'liq 10-Ma\'ruzaKo‘rsatkichlar
|
Trixlordifenil
|
Soatol - 10
|
Geskol
|
Zichligi, kg/m3
|
1360
|
111510
|
1640
|
Kinematik qovushqoqligi,
10-6m2/s
|
40-70
|
650
|
3,5-4,0
|
Qotish harorati, oS
|
-19
|
-6
|
-60
|
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisenti, Vt/m3 *oS
|
0,0963
|
-
|
0,15
|
tgδ(90 oC)
|
0,015
|
0,03
|
0,03
|
ρ, Om∙m (90oC)
|
3∙109
|
1012
|
13∙1010
|
Εr
|
5,9
|
-
|
2,7-2,9
|
ET, MB/m
|
20
|
22
|
18
|
Sovtol-10 ning tarkibi 90% pentaxlordifenil hamda 10% trixlorbenzoldan iborat bo‘lib, undan yuqori kuchlanishli transformatorlarni to‘latishda, shuningdek qattiq izolyasiyaga shimdiriluvchi sifatida foydalaniladi.1
Geksol kimyoviy jihatdan barqaror suyuqlik bo‘lib, tarkibi 80% geksaxlorbutadiyen va 20% pentaxlordifenildan iborat. U harorat va cho‘g‘ ta’sirida chaqnash yoki alangalanish hususiyatiga ega emasligi bilan ajralib turadi va juda past haroratida ham qotmaydi. Geksol sifati yaxshi suyuq dielektrik hisoblanib, undan transformatorlarda izolyasiya sifatida foydalaniladi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha difenillar zaxarli hisoblanganligi sababli, ular bilan ishlash mobaynida texnika xavfsizligi choralari ko‘rilishi lozim. Kremniy-organik (KO) suyuqlik zaxarli bo‘lmay, ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lganligi sababli ular elektrotexnikada keng miqyosda qo‘llanilmoqda. KO suyuqliklar gigroskopik emas hamda yukori haroratga bardoshlidir. Bu suyuqliklarga poliorganosiloksan polietilsiloksan, polifenilsiloksan va boshqa suyuqliklar kiradi.
Elektrotexnika uskunalariga qo‘yiladigan ftor-organik suyuqligi (xladon) tok o‘tayotgan sim va chulg‘amdan ajralib chiqayotgan issiqlik ta’sirida bug‘lanib, issiqlikni yutadi, so‘ngra sovitgichda kondensasiyalanib, yana asosiy sistemaga suyuq holda qaytadi. Natijada uskuna bo‘shliqlarida katta bosim hosil bo‘lib, apparatning gaz muhitidagi elektr mustahkamligi ortadi. Havo tarkibidagi ftor-orgapnik suyuqlik bug‘lari portlash xavfini tug‘dirmaydi. Suyuq holatda bu dielektrik deyarli yonmaydi. Yuqori dielektrik singdiruvchanlikka ( er=35-39) ega bunday qutbli sintetik suyuqliklarga misol qilib, nitrobenzol (N5S6-NO2) etilengliol (NO-SN2–SN2-ON), sianoetilsaxaroza (S38N46N8O11) kabi suyuqliklarni keltirish mumkin. Elektr maydoni ta’siriga chidamli, o‘zida elektr quvvatini juda kam isrof etadigan sintetik uglevodorodli qutbsiz suyuqliklarga poliizobutilen, polibutilen va alkilbenzol misol bo‘la oladi. Agar kondensatorning qog‘oz izolyasiyasi poliizobutilenga shimdirilsa, kondensatorning zaryadlanish vaqti keskin ortadi.
Agar tarkibida bir oz suv bo’lgan moyning harorati oshirilsa, undagi suv impulsiya holatidan molekulyar eritma holatiga o’tishi natijasida Et qiymati ko’tariladi.1
Past haroratlarda suyuqlikning elektr mustahkamligi ortishi uning quyuqlashishi va tarkibidagi suvning muzga aylanishi natijasida r qiymatining kamayishi (r=2,85) bilan bog’liqdir. Moy tarkibidagi mexanik qo’shimchalar jumladan tola, kukun zarrasi va hokazolar ham suyuq dielektrikning elektr mustahkamligi pasayishiga olib keladi. Shuning uchun elektr texnikada ishlatiladigan suyuq dielektriklar mexanik tozalagich, bosqichli filtr, markazdan qochma moslama, vakuum quritgich va gazsizlantiradigan uskunalarda begona qo’shimchalardan tozalanadi. Suyuq dielektrik qo’shimchalardan tozalanganda uning Er qiymati sezilarli darajada ortadi. Masalan, tozalanmagan transformator moyida E=4 MV/m bo’lsa, tozalanganida Et=25-45 MV/m. Elektr apparat (transformator, kabel, kondensator o’chirgichlariga moy tozalangandan keyingina quyiladi.
|
| |