Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq




Download 0,88 Mb.
bet4/6
Sana21.05.2024
Hajmi0,88 Mb.
#248324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-tajriba E va S2 sirtqi

2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq.
Ilovadan tadqiq etilayotgan OK shartli belgisini chizib oling (chiqish raqamlari va korrektlash elementi bilan), chegaraviy qiymatlarini yozib oling.
2.1. OK kuchaytirish koeffitsiyentining chegaraviy qiymatini aniqlang. Qancha katta qiymatga ega bo‘lsa, uni bevosita o‘lchash qiyin. Shu sababli KU qiymati hisoblash natijasida olinadi.
2.1.1. 5.10.2 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing (OK chiqimi ilovada keltirilgan). (Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, chatotani korrektlovchi sxema yig‘ilgan bo‘lsa ham uning sxemasi ko‘rsatilmagan. Keyinchalik E3 manba elementi ham tushirib qoldiriladi).
2.1.2. Generator chiqishida (1) amplitudasi Ug=l V va chastotasi fr=l0..20 Hz bo‘lgan sinusoidal signal o‘rnating. Bu vaqtda ostsillograf ekranida (2) shakli buzilmalgan signal kuzatillishi kerak (agar buzilishlar mavjud bo‘lsa, Ur ni kamaytirish kerak).

5.10.2–rasm. O‘lchash sxemasi.
2.1.3. Voltmetr (3) yordamida o‘zgaruvchan U1 kuchlanish (“A” nuqta bilan umumiy sim orasida) va UChiq ni o‘lchang, so‘ngra KU quyidagi formula yordamida aniqlang:

2.2. OK siljituvchi kuchlanishi (USIL) va kirish toki (IKIR ) ni hisoblab toping.
Bu kattaliklar kichik qiymatga ega bo‘lganligi uchun ularni bevosita o‘lchash mushkul. Shu sababli ular hisoblash yordamida aniqlanadi.
2.2.1. 5.10.3 – rasmga mos ravishda sxemani yig‘ing (sxemada manba va korrektlash zanjirlari ko‘rsatilmagan).
2.2.2. OK inverslamaydigan kirishini (sxemada “+” ishora bilan ko‘rsatilgan) umumiy sim bilan ulovchi П1 qayta ulagichni o‘rnating (R1 rezistor o‘rniga). Voltmetr ko‘rsatayotgan UChiq1 o‘zgarmas kuchlanish qiymatini yozib oling.
2.2.3. П1 qayta ulagichni olib tashlang va uni OK ning inverslamaydigan kirishi bilan R1 rezistor umumiy simi o‘rtasiga o‘rnating. Bu vaqtda voltmetr ko‘rsatmasi o‘zgaradi. Bu qiymatni UChiq2 deb belgilab, yozib oling.
2.2.4. UChiq1 va UChiq2 qiymatlarning ishorasiga e’tibor bergan holda siljitish kuchlanishi,

va OK kirish toki IKIR
.

5.10.3-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.3. OK chiqish kuchlanishining ortib borish tezligi Vu.ChIQ ni o‘lchash.
2.3.1. 5.10.4 – rasmga mos ravishda sxemani yig‘ing (sxemada manba ko‘rsatilmagan).
Generator chiqishidagi signal (Ug) shunday o‘rnatilishi kerakki, OK kaskadi chiqishidagi kuchlanish UChiq maksimal chegaraviy qiymatga yaqin bo‘lsin, ya’ni chiqishdagi sinusoidal signal chegaraviy qiymatga yaqin bo‘lsinu, lekin chegaralanmasin. Bu vaqtda generator chastotasini ancha kichik qilib tanlang (0,1...1kHz).

5.10.4-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.3.2. Generator chastotasini orttirib borib, chiqish signali ostsillogrammasini kuzatib boring. Kengayish kamaygan sari uchburchak shaklga yaqinlashib boradi (5.10.5 - rasm).
2.3.3. Generator chastotasini bir necha 10 kHz tartibda o‘rnatib, hamda kanaldagi kuchlanish “U” va yoyish tezligi (mks/bo‘l) ni kalibrlab, olingan ostsillogramma tikligini o‘lchang (5.10.5 - rasm).

5.10.5–rasm. Chiqish signali ostsillogrammasi.


Download 0,88 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

Download 0,88 Mb.