• Operatsion kuchaytirgich parametrlarini tadqiq etish. Ishning maqsadi
  • Differentsial kuchaytirgichlar, operatsion kuchaytirgichlar, ok asosidagi analog qurilmalarni tadqiq etish Ishning maqsadi




    Download 0,88 Mb.
    bet3/6
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,88 Mb.
    #248324
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-tajriba E va S2 sirtqi

    Hisobot tarkibi:

    • Ishning nomi;

    • Ishning maqsadi;

    • O‘lchash sxemalari;

    • Hisoblashlar;

    • Kirish-chiqish fazalar siljishi ossilogrammalari;

    • Xulosa.


    Operatsion kuchaytirgich parametrlarini tadqiq etish.
    Ishning maqsadi: Operatsion kuchaytirgich parametrlarini o‘lchash usullarini o‘rganish.
    1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish.
    Integral ko‘rinishda bajarilgan operatsion kuchaytirgich (OK) – bu universal analog mikrosxemadir. U ikki kirishli differentsial kuchaytirgichda bajarilgan keng polosali o‘zgarmas tok kuchaytirgichi bo‘lib, chiqishida shakllanayotgan signal kirishdagi signallarning farqiga teng bo‘ladi.
    Uning chiqishida teskari aloqa zanjirini qo‘llab kirishdagi signallar ustidan turli matematik amallar bajarish imkoniyati borligi tufayli ham - operatsion kuchaytirgich nomini olgan. Chiqish zanjirini tanlashga qarab OK qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, o‘rta qiymatni aniqlash, integrallash, differentsiallash, logarifmlash va boshqa amallarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin. Amallarni bajarish aniqligi OK ning kuchaytirish koeffitsiyenti va kirish qarshiligi qancha katta, chiqish qarshiligi esa qancha kichik bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi.
    OK ni xarakterlovchi parametrlar soni bir necha o‘n qiymatga yetadi.
    Ularga quyidagilar kiradi:
    - teskari aloqasiz OK kuchaytirish koeffitsiyent - KU. KU ning teskari aloqasiz qiymati bir necha o‘n – yuz mingni tashkil etadi;
    - sinfaz kirish signallarning so‘nish koeffitsiyenti – KTA.SF. OK ning ikkala kirishiga berilayotgan signallarni so‘ndirish qobiliyatini baholaydi. Odatda, KTA.SF detsibellarda (db) ifodalanadi:

    - siljituvchi kirish kuchlanishi - USIL . Bu kattalik, OK chiqishida kuchlanish nolga teng bo‘lishi uchun, kirishga berish kerak bo‘lgan kuchlanish qiymatini belgilaydi. Bu kattalik OK ning ideal emasligini xarakterlaydi va kirish kaskadidagi tranzistorlarni bir xil emasligiga asoslangan. Odatda USIL qiymati millivolt- o‘n millivoltlarda bo‘ladi;
    - kirish toklari - IKIR. Chiqishdagi kuchlanish nolga teng bo‘lganda kirishlarda oqib o‘tadigan tokni bildiradi. Bu toklar kirishdagi bipolyar tranzistorlarning baza toklari yoki OK kirish kaskadida maydoniy tranzistorlar qo‘llanilgan bo‘lsa zatvordagi sizish toki bilan tushuntiriladi. Odatda IKIR qiymati nanoamper – o‘n mikroamper (10-10.....10-15A) larda belgilaydi;
    - kirish toklarining farqi IKIR10...20% ga yetishi mumkin. Bu kattalik OK kirish kaskadining simmetrik emasligini ifodalaydi;
    - chiqish kuchlanishining ortib borish tezligi VUChiq - bu kattalik UChiq qiymatini o‘zining nominal qiymatidan 10% dan 90% gacha o‘zgarishining, shu o‘zgarishlarga ketgan vaqtga nisbatiga teng;
    - birlik kuchaytirish chastotasi - f1. Bu kattalik OK da kuchlanishni kuchaytirish koeffitsiyenti birga teng bo‘ladigan kirish signali chastotasini bildiradi. Bu kattalik OK kuchaytirishi mumkin bo‘lgan signallarning chastota diapazonini belgilaydi.
    5.10.1 – rasmda OK ning sxemalarda beriladigan shartli belgisi va chiqishlarning vazifalari tasvirlangan.

    a) b)
    5.10.1-rasm. OK ning sxemalarda beriladigan shartli belgisi (a) va chiqishlarning vazifalari (b).
    1 – OK ning inverslamaydigan kirishi;
    2 – OK ning inverslaydigan kirishi;
    3,4 – amplituda bilan ulanish uchun xizmat qiladigan chiqishlar;
    5,6 – balanslovchi tashqi elementlar bilan ulanish uchun xizmat qiladigan chiqishlar;
    7 – OK chiqishi;
    8 – kuchlanish manbaining musbat ishorali elektrodiga ulanish chiqishi;
    9 – kuchlanish manbaining manfiy ishorali elektrodiga ulanish chiqishi;
    10 – sxemanining nol shinasiga (nol potentsial) ulanish chiqishi.
    Laboratoriya ishida tadqiq etilayotgan OK ning chiqishlari joylashishi, parametrlari va korrektlovchi sxemalar ilovada keltirilgan. Shuni yodda tutish kerakki, OK asosidagi printsipial sxemalarda mavjud manba zanjirlari va standart korrektlash sxemalari keltirilmasligi mumkin.

    Download 0,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Differentsial kuchaytirgichlar, operatsion kuchaytirgichlar, ok asosidagi analog qurilmalarni tadqiq etish Ishning maqsadi

    Download 0,88 Mb.