|
Digital technologies: problems and solutions of practical implementation in the spheresBog'liq tolali-optik-aloqa-liniyalarida-dispersiya-kompensatorlarini-qo-llash-samaradorligini-takomillashtirishIMPLEMENTATION IN THE SPHERES”
APRIL 27-28, 2023
517
sifatida xizmat qilishi mumkin (1- rasm), bunda G.652 va DCF3 tolalarli yoki G.655 va DCF38
tolalarli kabellari navbatma-navbat keladi. Turli optik tolalarni birlashtirish joyida
xarakteristikalari bo‘yicha moslashtirish qurilmasi – qaytishga yo‘qotishlarni kamaytiradigan
optik transformator ishlatiladi. Xromatik dispersiya kompensatsiyalanadigan optik tolali liniyani
qurishning muqobil varianti bo‘lib, dispersiyani kompensatsiyalash modulli yig‘ilgan sxema
xizmat qilishi mumkin. Bunda modullar liniya tolasining uzunligiga, masalan, 40 km 2,7 dB
kiritiladigan yo‘qotishlar bilan, 60 km 4 dB kiritiladigan yo‘qotishlar bilan, 100 km 6,2 dB
kiritiladigan yo‘qotishlar bilan bog‘lanishga ega bo‘ladi.
1- rasm. DCF dispersiya kompensatsiyalovchi kabelli tolali optik liniya
Dispersiyani kompensatsiyalash modullari (DKM) qabul qilgichdan oldin signallarning
optik quvvatini qo‘shimcha yo‘qotishlarni kirishi hisobga olinganda bu modullarni yo‘qotishlarni
kompensatsiyalaydigan optik kuchaytirgichli optik uzatkichlardan keyin qo‘yilishi varianti
bo‘lishi mumkin. DKMning bunday qo‘llanishi oldindan kompensatsiyalash deyiladi. Lekin
oldindan kompensatsiyalashning sezilarli kamchiligi o‘zakning kichik maydoni va optik quvvatni
kichik hajmdagi yuqori kompensatsiyasiga bog‘liq yuqori nochiziqlilik tufayli DKMda nochiziqli
halaqitlarni hosil bo‘lishi hisoblanadi. Kelishtiriladigan echim sifatida uzatishda qisman oldindan
kompensatsiyalash va qabul qilishda to‘liq kompensatsiyalashdan birga foydalanishni hisoblash
mumkin (2- rasm). DCF tolalarning o‘ziga xos xususiyatlari nafaqat xromatik dispersiyani
kompensatsiyalash uchun, balki bu tolalarni taqsimlangan Raman kuchaytirish rejimida
kuchaytirishda va erbiyli kuchaytirgichlar bilan birga ishlatishda zarur OSNR nisbatni saqlash
uchun ishlatilishi mumkin (3- rasm).
|
| |