INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL
IMPLEMENTATION IN THE SPHERES”
APRIL 27-28, 2023
519
transponderlar vositalari orqali qabul qilingan va elektr formatga o‘zgartirilgan har bir kanalli
signalga raqamli ishlov berishning qo‘llanishi xizmat qiladi (4- rasm).
4- rasm. TPD
qab
transponder qabul qilish qismida dispersiyani kompensatsiyalash uchun
kanalli signalga ishlov berish moduliga ega bo‘lgan tolali optik liniya
Dispersiyani kompensatsiyalash uchun raqamli signalni boshqa tuzatish va qayta tiklash
algoritmlariga ega bo‘lgan optik protsessor sxemasida amalga oshiriladigan ikkita algoritmlar
(xromatik dispersiyani kompensatsiyalash va PMD uchun dinamik ekvalayzer) ko‘zda tutilgan
echim qo‘llanishi mumkin. Bu echim DWDM tizimida nochiziqli halaqitlarni minimumga
keltirish, optik kanalda passiv komponentlar sonini kamaytirish, past nochiziqli samaralar
bo‘sag‘asili tolali yorug‘lik o‘tkazgichlarini qo‘llamaslikka imkon beradi.
70 000 ps/nm gacha to‘plangan dispersion buzilishlarni kompensatsiyalash bo‘yicha
dinamik imkoniyatlarga erishilgan, bu 1550 nm to‘lqinda SMF dispersiyaning standart 18
ps/nm×km qiymatida 3,8 - 4,0 ming kilometrlar masofalardagi optik kanallarni tashkil etishga
imkon beradi. Shuningdek ta’kidlash zarurki, ko‘rib chiqilgan dispersion buzilishlarni
kompensatsiyalash usullaridan tashqari, optik liniyalar va kanallarda boshqa echimlar bo‘lishi
mumkin, masalan, DWDM-tizimlarda foydalanishda kichik quvvat yo‘qotishlari va etarli
bo‘lmagan ishchi chastotalar polosasi va tolalarning uzunligiga qayta sozlashning murakkabligi
bilan farqlanadigan Bregg tolali panjarali dispersiya kompensatorlari, cheklangan to‘lqin
diapazoni (1530 - 1560 nm) va qayta sozlash diapazoniga (±2500 ps/nm, ya’ni 1550 nm dan 150
km gacha SMF dispersiyani kompensatsiyalashga) mo‘ljallangan, lekin transponder tarkibida
oddiy joylashtiriladigan qayta sozlanadigan to‘lqin o‘tkazgichlar panjaralariga ega bo‘lgan ixcham
kompensatorlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, dispersiyani kompensatsiyalash va tolalarning
nochiziqli samaralarini kamaytirishdagi muhim yutuq sifatida 1 Tbit/s gacha tezlikli rejimlarga
optik super kanallar uchun ishlab chiqilgan JNLCDC usulini (joint nonlinearity and chromatic
dispersion pre-compensation method for CO-OFDM systems – OFDM kogerent tizimlari uchun