INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL
IMPLEMENTATION IN THE SPHERES”
APRIL 27-28, 2023
518
2- rasm. Dispersiyani oldindan kompensatsiyalash va keyingi kompensatsiyalash
modullariga ega bo‘lgan tolali optik liniya
Raman optik kuchaytirgichlari erbiyli kuchaytirgichlarga qaraganda past o‘z-o‘zidan
emissiya shovqiniga ega va dastlabki kuchaytirish, ya’ni minimum ravishda tolalarning uzunligi
bo‘yicha taqsimlangan kuchaytirish hisobiga DCF tolalalardagi so‘nishni kompensatsiyalash
uchun yaroqli hisoblanadi.
3- rasm. Dispersiya kompensatsiyalanadigan va aralash erbiyli-raman kuchaytirishli
tolali optik liniya
Barcha yuqorida ko‘rib chiqilgan xromatik dispersiyani kompensatsiyalash sxemalarining
umumiy kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
-
nochiziqli halaqitlarning hosil bo‘lishi va to‘planishi ehtimolligi, bu optik kanalning
qabul qilish tomonida OSNR qiymatini kamaytiradi;
passiv kompensatsiyalashning qo‘llanishi optik quvvatni qo‘shimcha yo‘qo‘tishlarga olib
keladi va kuchaytirish seksiyasining uzunligini qisqartirishni talab qiladi, bunda seksiyalarning
maksimal uzunliklarini saqlash uchun optik kuchaytirishni oshirish tolali liniyadagi nochiziqli
samaralar tufayli mumkin bo‘lmaydi;
-
turli kompensatorlar (turli oraliqlar uzunliklariga, turli tolalarga) va ularni tolalar
o‘zaklarining turli samarali maydonlari tufayli liniyaviy tolalar bilan moslashtirish vositalarining
(o‘tish optik transformatorlarining) zarurati, shuningdek dispersiyani kompensatsiyalash
modullari cheklangan harorat bo‘yicha stabillikka ega;
-
katta uzunlikdagi liniyalarda (2000 km dan ortiq) PMDni adaptiv kompensatorlarining
qo‘llanishi zarurati.
Yuqori uzatish tezliklarili (100 Gbit/s va undan yuqori) optik kanallarda dispersiyani
kompensatsiyalashning barcha kamchiliklari bo‘yicha echim bo‘lib DWDM tizimida