|
Dinning vujudga kelishi, diniy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi Reja
|
bet | 6/7 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 17,54 Kb. | | #138486 |
Bog'liq 14-mavzu Dinning vujudga kelishi, diniy ta’limotlarning shaklla-kompy.info-1Aminizm totemizimdan farqlanadi.
Fetishizm…
Fеtishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini qurdilar.
Bunday fеtishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular afsungarlik usullariga binoan bunday buyumlarga ta'sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fеtishizm yakunlovchi bosqich bo’lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarini va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq bo’lgan animizm, turli totеmlar hamda o’lib kеtgan avlodlar shaxsiga bog’liq totеmizm orqali ibtidoiy odamlar onggida rеal buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. Natijada ularning onggida afsongaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi. Va nihoyat fеtishlarning paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqеiy dunyodagi buyumlarda ham bo’lishi mumkin. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning onggida dastlabki diniy ko’rinishlarning kеng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Uning ma'nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki asosiy qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari boshqaradi.
Hususan…
Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman dеsa, ozuqalar bilan ta'minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham xurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta'sirini o’tkazib kеldi.
Вунсдорф масжиди. Вунсдорф масжиди.
Биринчи жаҳон уруши даврида рус ва француз қўшинлари сафларида жанг қилган асирга олинган мусулмонлар учун Берлин яқинидаги Вунсдорф шаҳрида “Ҳилол лагери” деб номланган лагер ташкил этилган. Асрларнинг диний эҳтиёжларини қондириш учун беш ҳафта ичида бу ерда ёғочдан масжид қурилди, бу Германиядаги илк масжид эди. Унинг тантанали очилиши 1915 йил 13 июнда, Рамазон ойи бошида турк элчиси иштирокида бўлиб ўтгани. Уруш тугагандан сўнг асирлар лагерни тарк этгач, масжид ўз аҳамиятини йўқотиб, 1930 йилда бузиб ташланган.
|
| |