|
Dinning vujudga kelishi, diniy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishi Reja
|
bet | 4/7 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 17,54 Kb. | | #138486 |
Bog'liq 14-mavzu Dinning vujudga kelishi, diniy ta’limotlarning shaklla-kompy.info-1Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi oldinda turgan hayotdan qo’rquv va uni yеngishga bo’lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko’payishi, tabiat kuchlariga mutloq tobеlik va undan qutilishga tirishish, atrof-muhit injiqliklari va ularni еngish va x..k. - bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk, qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, hayoliy-fontastik munosabatlar kеlib chiqdi.
Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi oldinda turgan hayotdan qo’rquv va uni yеngishga bo’lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko’payishi, tabiat kuchlariga mutloq tobеlik va undan qutilishga tirishish, atrof-muhit injiqliklari va ularni еngish va x..k. - bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk, qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, hayoliy-fontastik munosabatlar kеlib chiqdi.
Bunday tahlil nimaga asoslangan?
Diniy ong asoslarining shakllanishi.
Ilmiy adabiyotlarda kеltirilishicha, "ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fе'l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko’rsatadi. U ibtidoiy bo’lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma'lum tahlilga qobiliyatli, konkrеt holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kеlgan amaliy tajribalarga ega bo’lgan odam edi.
Totemizm…
Totеmizm. Totеm so’zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida "uning urug’i" ma'nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor", dеb e’tiqod qilishdir. Ehtimol, ma'lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o’simlikka nisbatan e'tibor kеyinchalik vujudga kеlgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin. Urug’dosh guruhlar ularini umumiy belgilari va totеmlari bo’lgan hayvon yoki o’simlikdan kеlib chiqqan dеb bilar edilar. Ammo bunday totеmlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o’tmishga tеgishlidir va bilvosita ularning mavjud bo’lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigеnlari orasida saqlanib qolgan afsongalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin.
|
| |