|
Masala bayoni. Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar
|
bet | 33/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruzaMasala bayoni. Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar.
Islom dinida ilk davrdan paydo bo‘lgan eng birinchi yirik muammo – oliy hokimiyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim xaqliroq, degan muammo bo‘ldi. Xalifa Ali bilan ummaviylar o‘rtasidagi taxt uchun kurashda VII asrning ikkinchi yarmi boshlarida xorijiylar (arabcha – ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi ajralib chiqqan. Ali Muoviya tarafdorlari bilan oliy xokimiyatga vorislik masalasida muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblagan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketdi. Ajralib chiqqan qo‘shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham bab-barobar qarshi kurashganlar. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo‘ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblab, «dindan qaytgan» deb e’lon qilingan siyosiy va g‘oyaviy raqilarga nisbatan murosasiz bo‘lganlar.
Xorijiylik yo‘nalishi ta’limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo‘lsa ham) xalifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl qilinadi.
Xorijiylar e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb hisoblaganlar. Ular e’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolash muddatini kechiktirishga qarshi turganlar. Diniy masalalarda islom «musaffoligi» tarafdori bo‘lib, shariat ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar22.
Ummaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda Xorijiylarga qarshi keskin kurash olib bordi. Buning natijasida ular qirib tashlandi. Xorijiylarning qolganlari Shimoliy Afrikada o‘z davlatini vujudga keltirdi. Xozirgi davrda Xorijiylarning ibodiy firqasi Jazoir, Tunis, Ummon va Tanzaniyada uchraydi.
Bugungi kunda Islom dinida sunniylik va shialik yo‘nalishlari amal qilib kelmoqda. “Ahli Sunna” degani Muhammad (A.S.) sunnatlarga ergashuvchilar va “Val Jamoa” so‘zi esa musulmonlarning ko‘pchiligi ortidan yuruvchilarni anglatadi. Demak “Ahli Sunna val Jamoa” – sunnatga va jamoaga ergashuvchilardir. Sunniylik yo‘nalishida aqida borasida motrudiya yoki ash’ariya ta’limotiga, fiqhda esa to‘rt mazhab: Xanafiy, Molikiy, Shofiiy, Xanbaliy mazhablariga mansub bo‘lgan musulmonlardan tashkil topgan jamoa Sunniylik yo‘nalishini tashkil etadi.
Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’oni karim va payg‘ambarimiz xadislari – «Sunna» ga birdek amal qiluvchilarga aytiladi. Sunniylik yo‘nalishi «Ahli sunna val jamoa» deb ataladi. Bu nomda Paygambarning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik jamoasi ma’nolari aks etgan.
Jahondagi ja’mi 1,6 milliarddan ko‘proq musulmonlarning 92,5 foizini sunniylik yo‘nalishidagilar tashkil etadi. Shialik yo‘nalishi ya’ni ja’fariya mazhabidagi musulmonlar 7,5 foizdan iborat xalos.
Sunniylikka mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir: dastlabki to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimiyati qonuniy ekanligi tan olish, oltita hadis to‘plami (al-Buxoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn Moja to‘plamlari)ni sahih (ishonchli)deb bilish, sunniylikdagi to‘rt diniy-xuquqiy mazhab – hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, xanbaliylikdan biriga mansub bo‘lishdan iborat.
Sunniylikdagi eng yirik mazhab Hanafiya bo‘lib, unga ergashganlar jahondagi musulmonlarning 47 foizini tashkil etadi. Bu mazhabning asoschisi Abu Xanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) dir. U Iroqning Kufa shahrida tug‘ilgan, kelib chiqishi jihatdan forslardan. Abu Xanifa Shariat xuquqlarini tizimga solgan. Shariat qonunlarini musulmonlar hayotiga qo‘llashda, hukm chiqarishda, xulosaga kelishda avvalo Qur’oni karim, so‘ngra payg‘ambar sunnatlari – xadislarni, undan keyin ijmo’ni, oxirida qiyosni qo‘llagan. U mahalliy xuquq, me’yor, odatlarni shariat bilan kelishtirib qo‘llashni joriy etgan. Islom xuquqshunosligiga aql-idrok, mulohazkorlik bilan ish ko‘rish tadbirlarini kiritgan. Bu yo‘lni Imom A’zam yo‘li deb ham yuritiladi.
Sunniylikdagi ikkinchi mazhab molikiylikdir. Uning asoschisi Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713-795) dir. Islom xuquqini puxta egallab, «Madina imomi» unvoniga sazovor bo‘lgan. Molik ibn Anas biror siyosiy oqimga ergashmagan, hokimiyatning saylab qo‘yilishi qoidasini afzal bilgan, lavozimlarga ma’muriy tayinlanishlarga qarshi bo‘lgan. Molikiylik mazhabidagilar Qur’on va Xadis xuquq asoslari sanaladi deb hisoblaganlar. Ular payg‘ambarga oid xadislarnigina sahih deb tan oladilar. Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan ma’qullagan qoidalarnigina ijmo’ deb hisoblaydilar. Xozirda jahondagi musulmonlarning 17 foizi molikiylik mazhabidadir.
Sunniylikdagi uchinchi diniy-xuquqiy mazhab – shofi’iylik bo‘lib, uning asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofi’iy (767-820) dir. Shofi’iylik Qur’on va sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Shofi’iylikka ko‘ra, sunna Qur’onni to‘ldiradi, xalos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish uchun asos bo‘lolmaydi. Ular ijmo’dan foydalanishga katta e’tibor beradilar. Hozirda 27 foiz musulmonlar shofi’iy mazhabi yo‘lidan bormoqdalar.
Sunniylikdagi to‘rtinchi mazhab Xanbaliyadir. Uning asoschisi Abu Abdulloh Ahmad ibn Xanbal (780-855) dir. Bu mazhab xuquq tizimining o‘ta torligi, har qanday ko‘rinishdagi «yangilik»ka diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat me’yorlariga qat’iy, hech qanday o‘zgarishsiz amal qilishi bilan ajralib turadi. Mazkur mazhabda Qur’oni karim va xadislarni erkin talqin etishdagi har qanday urinishlar qoralanadi. Xozirda barcha musulmonlarning 1,5 foizi Xanbaliya mazhabidadir.
Sunniylikdagi yuqorida qayd etilgan to‘rttala mazxab teng hisoblanadi. Bu mazhablar diniy xuquq doirasidan chiqmagan holda shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq xukm chiqarishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Bizning yurtimizda azaldan fiqhda xanafiylik, aqidada esa motrudiylik ta’limotlariga amal qilib kelinadi.
Islom dinidagi yo‘nalishlardan yana biri Shialikdir. Shi’a – arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «guruh», «tarafdor» demakdir. Shialikdagi «ja’fariya» mazhabi Islomdagi beshinchi diniy-xuquqiy mazhab sanaladi.
Shialik aslida guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa ham, keyinchalik diniy ta’limotidagi tafovut shaklida barqarorlashgan. Istilohiy ma’noda shia – Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlarini barchadan ustun qo‘yish oqibatida musulmonlaridan ajralib chiqqan yo‘nalish hisoblanadi. Ilk davrida sunniylikdan faqat rahbarlik masalasidagina farq qilgan shialik, bora-bora aqidaviy va fiqhiy masalalarida ham undan ajralib alohida yo‘nalishga aylandi.
Shialar sunniylar kabi Qur’oni karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, ammo dastlabki uch xalifa davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular yana Payg‘ambar hadislarining hammasini e’tirof etmaydilar, balki faqat Hazrat Ali va uning tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan xadislarnigina tan oladilar. Ular shunday xadislardan iborat to‘plam tuzganlar. Bu to‘plam umumiy nom bilan «Axbor» deb ataladi.
Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom hokimiyatini tan oladi. Alidan boshqa xalifalarni, xususan dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar.
Sunniylikda e’tirof etilgan 7 ta diniy aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida – Allohning yagonaligi, taqdirga, payg‘ambarlarga, qiyomat-oxirat kunining kelishiga ishonish asosan sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5- aqida Imomat esa (imomlar hokimiyatini e’tirof etish) sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi.
Sunniylar uchun Makka va Madina shaharlari ziyorat va xajga boradigan muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga imomlar dafn etilgan shaharlarni ham muqaddas hisoblaydilar va ziyorat qiladilar.
Shialar oxirgi 12 – imom – Muhammad al-Mahdiyni yashiringan deb hisoblab, uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Go‘yo imom Mahdiy oxirzamonda kelib, Iso bilan birga Dajjol, ya’juj-ma’juj va boshqa kofirlar bilan urushib, ularni yengib, qiyomat-qoyim bo‘lishdan avval yerda adolat o‘rnatadilar deb ishonadilar. Shialar Imom Xusaynga motam tutadilar. «Shaxsey-vaxsey» («Shoh Xusayn, voh Xusayn») deb qichqirib, o‘zlariga ozor berib ko‘chalarga chiqadilar.
|
| |