Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar)




Download 0,69 Mb.
bet36/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar).
Islom dini rivoji va xadis ilmining yuksak pog‘anaga ko‘tarilishiga Movaraunnahrlik allomalar o‘zlarining beminnat zahmatli mehnatlari bilan katta hissa qo‘shganlar. Ana shulardan biri Imomlar imomi, muhaddislar peshvosi Imom al-Buxoriydir. Unga qadar bu o‘lkada hadis to‘plagan muhaddislar – Imom Abdulloh Marvaziy, Imom Ahmad ibn Xanbal, Imom ash-Shoshiy, Abu Bakr al-Barakotiy, Imom Abulxasan as-Samarqandiy va boshqalar bo‘lgan.
Imom al-Buxoriy xijriy 194, milodiy 810 yili Buxoroda tavallud topgan. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav) ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishgan. 16 yoshliklarida onasi va akasi Axmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etdi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Makka va Madinada mashhur ulamolardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda payg‘ambarning sahoblari, sahobalarning izdoshlari turli shahar va mamlakatlarga tarqab ketgan edilar. Buxoriy payg‘ambarimiz hadislarini to‘plab, tartibga solmoq niyatida ana shu shahar va mamlakatlarga roviylarni izlab boradi. U Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jidda, Basra, Kufa, Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga boradi. Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray kabi shaharlarda bo‘lib xadislar to‘plash bilan birga shu ilm sirlarini o‘rganadi. Bu haqda Imom al-Buxoriy «Men bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitdim», deb qayd etgan. Ul zot o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai-hofiza (xotira) sining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Buxoriy ja’mi 600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod bilar edi. Imom Ahmad ibn Xanbalning aytishicha: «Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas». Buxoriy bilan Basrada xadis darsiga qatnashgan Xolid ibn Ismoil shunday yozadi: «Imom Buxoriy bilan bizlar ustozning darsini eshitardik. Ustoz rivoyat qilgan hadislarni bizlar yozib olardik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o‘tirardi. Bir necha kunlar o‘tib, shu orada ustoz 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga – Sen nega hadislarni yozmaysan? – deb aytganimizda, - Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og‘zidan yodlab olayotirman, - deb, ustoz rivoyat qilgan hadislarni bir chekkadan yoddan o‘qib berdi».
Buyuk muhaddis Imom Muslim ibn al-Hajjoj ham Buxoriyning hadis ilmi borasidagi buyukliklariga tan bergan va shunday degan edi: «Hasad qiluvchilardan bo‘lak hech kim sizga ta’na qilolmaydi. Dunyoda Sizga yetadigan muhaddis yo‘qligiga men guvohlik beraman». Yana bir rivoyatda shunday deyilgan: Siz hamma muhaddislar imomi va hadislarning illati, zaifligini yaxshi biladigan mohir tabibi ekansiz. Muborak oyog‘ingizni bersangiz, men bir bo‘sa olay.
Imom Buxoriy safardalik chog‘larida qaysi shaharga borsalar hadis ilmidan, dinu-shariatdan madrasalarda saboq berar edi. Uning shogirdlaridan biri Abu Ali Solih al-Bag‘dodiyning aytishicha Imom Buxoriyning Bag‘doddalik vaqtlarida olib borgan saboqlarida 20 mingdan ortiq talaba xozir bo‘lardi. Shayh Muhammad Yusuf al-Firabiyning aytishicha, Imom Buxoriyning «al-Jome’ as-Sahih» larini o‘zlaridan 90 ming kishi eshitgan ekan.
Imom Buxoriy o‘z vatanlari Buxoroga qaytgach tolibi ilmlarga hadisdan dars bergan. Arab xalifaligining Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad az-Zuhayliy Imom Buxoriyga: «Bundan buyon saroyga kelib turing va bolalarimga (ikkinchi rivoyatda saroy ahliga) «al-Jome’ as-Sahih» dan saboq bering», - deb maktub yuboradi. Imom Buxoriy bu taklifni qabul qilmay, quyidagi javobni bergan: «Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo‘lsa, bolalarini (ikkinchi rivoyatda saroy ahlini) uyimga yoki masjidimga yuborsin». Buxoriyning fazlini ko‘rolmagan hasadgo‘y kimsalarning fitna va ig‘volari tufayli amir az-Zuhayliy Imom Buxoriyni o‘z ona shahri Buxoroni tark etish haqida farmon beradi. Buxoriy Samarqandga yo‘l oladi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘idagi qarindoshlaridan birining uyiga tushib, shu yerda bir necha kun betob bo‘lib yotib qoladi va xijriy 256, milodiy 870 yili ramazon oyining oxirgi kuni vafot etadi. Ertasi hayit kuni janoza o‘qilib, shu Xartangda dafn qilinadi. Bu yer xozirda xalqimizning ziyoratgohiga aylangan.
O‘z R Vazirlar Mahkamasining «Buyuk muhaddis imom al-buxoriy tavalludining 1225 yilligini nishonlash haqida»gi 1997 yil 29 apreldagi qarori asosida Samarqandda yubiley to‘y-tantanalari bo‘lib o‘tdi. Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. «Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab quvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh yuz dirxamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-harajatlarga yo‘l qo‘ymagan.
Imom Buxoriy umr bo‘yi o‘ta fidoyilik ila butun aql-zakovatini ishga solib xadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih va g‘ayri sahihga ajratgan. Bu mashaqqatli ish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalarimizdan biri sifatida tanitdi. Undan kelgusi vlodlarga boy va qimmatli ilmiy-ma’naviy meros – 20 dan ortiq asar qolgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-Jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam»), «Al-Adab al-Mufrad» («Adab durdonalari»), «At-Tarix al kabir» («Katta tarix»), «At-Tarix as-sag‘ir» («Kichik tarix»), «At-Tafsir al-kabir» («Katta tafsir»), «Al-Jome’ al-kabir» («Katta to‘plam») va boshqalar. “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “Muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al Jome’ as-sahih” kitobi islom dinida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haqi va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”, - Prezidentimiz ushbu ta’rifi bilan Imom Buxoriyning islom madaniyatidagi buyuk hizmatiga munosib bahosini berdi28.
Imom Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih» deb nomlangan 4 jildlik hadislar to‘plami Islom olamida Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitob va islom manbasi sanaladi. To‘plam Payg‘ambar hadislaridan tashqari, fiqh, islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, o‘sha davr tarixi, etnografiyasiga oid ma’lumotlar mavjudligi bilan ham qimmatlidir. Imom Buxoriy o‘zi to‘plagan 600 ming hadisdan 7275 ta eng ishonarli «sahih»larini mazmuniga ko‘ra tasniflab, butkul yangicha tartibdagi hadislar to‘plamini yaratdi29.
Imom Buxoriy axloq va odobga oid hadislarni jamlab «Al-Adab al-Mufrad» hadislar to‘plamini yaratdi. Unga 1322 ta hadis jam qilingan.
Ul buyuk zot ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan. Ular orasida eng mashxurlari-Muslim ibn Hattot, Iso at-Termiziy, an-Nasoiy, Abu Zur’a, Abu Bakr ibn Xuzayma va boshqalardir.
Movorounnahrlik mashxur muhaddislardan yana biri Abu Iso at-Termiziy (824/825-892)dir. Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlardagi mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini o‘rgangan. At-Termiziy hadis o‘rganish va ularni yig‘ish uchun 20 yil o‘zga yurtlarda bo‘ldi. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib, ko‘plab hadislar xususida fikr almashdi. At-Termiziyning buyuk alloma bilan besh yil birgalikda yashashi va muloqotda bo‘lishi uning hayotida muhim o‘rin tutdi, xususan «Sahihi Termiziy» asarining yaratilishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Agar Imom Buxoriy har bir hadisning ishonchliligini belgilashda barchadan ustun bo‘lsa, Termiziy hadislarning darajasini aniqlashda «sahih»dan keyin «xasan» bosqichini kiritdi.
Hasan-zaif bo‘lmasada, sahihdan darajasi pasroq hadislarga nisbatan berilgan bahodir.
At-Termiziy hadisining fiqhga qanday taalluqli ekanini ham ko‘rsatib berdi. U «Sahihi Termiziy»dan tashqari «Shamoili Nabaviya» («Payg‘ambar alayxissalomning shakl va sifatlari»), «Kitob uz-zuhd» («Zohidlik kitobi»), «Asmo’ us-sahoba» («Sahobalarning ismlari»), «Kitobul-ilal» («Illatlar kitobi») va boshqa asarlar yozgan.At-Termiziy yozgan «Al-jome’ as-sahih» («Ishonarli to‘plam»-«Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy» nomi bilan ham yuritiladi. Mazkur to‘plam Imom Termiziyning 20 yil davomida o‘zga yurtlarda hadislarni o‘rganib, yig‘ib, so‘ng ustozi va zamondoshi Imom Buxoriy bilan maslahatlashib yig‘gan to‘plamidir. U tartibi ixchamligi, takrori ozligi bilan ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi keltirilgandan so‘ng, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilgan roviylarning ismlari sanab o‘tilgan. Har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik darajasi aniqlab berilgan. Har bir «sahih» ustiga «xasan» belgisi, ya’ni «juda sahih», «beshak sahih» qo‘yilganligi bilan ajralib turadi. Imom at-Termiziyning ma’naviy merosiga Prezidentimiz o‘zining shunday yuksak bahosini beradi: “Yana bir ulug‘ vatandoshimiz – Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan, “Sunani Termiziy” asari ham musulmon olamida yuksak qadrlanadi. Allomaning asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur bo‘lib kelgan insof va adolat, insonparvarlikni targ‘ib etuvchi g‘oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko‘plab ahloqiy ma’naviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga molikdir”30.
1990 yilda at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi.

Download 0,69 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar)

Download 0,69 Mb.