Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o‘lkalarga tarqalishi




Download 0,69 Mb.
bet32/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o‘lkalarga tarqalishi
Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vaxdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakkaxudo – Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o‘g‘li Muhammad nomi bilan chambarchas bog‘liq.
Qur’oni karimda 25 nafar payg‘ambarning nomi zikr etilgan. Muhammad Alloh tomonidan odamlar orasidan tanlagan so‘nggi payg‘ambar sanaladi. Muhammad ibn Abdulloh (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. Otasi Abdulloh Muhammad tug‘ilmasdan ikki oy oldin 25 yoshida vafot etgan. Muhammad 6 yoshli bo‘lganida onasi Amina ham vafot etadi. Muhammadni bobosi Abd al-Mutallib o‘z tarbiyasiga oladi. Ikki yildan so‘ng bobosi ham vafot etadi. Sakkiz yoshli Muhammadni amakisi Abu Tolib o‘z qaramog‘i va tarbiyasiga oladi. Abu Tolib tijorat ishlari bilan shug‘ullanardi. Muhammad ham amakisi bilan tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. 25 yoshida Yamanga o‘sha davrning badavlat ayoli Hadicha bilan uning mollarini sotishda ko‘maklashish uchun boradi. Bu hamkorlik Muhammad bilan Hadichaning oila qurishiga sabab bo‘ladi. Ular 6 nafar farzand – ikki o‘g‘il va to‘rt qiz ko‘rganlar. Farzandlaridan faqat Fotima o‘sib ulg‘aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot etgan.
Muhammad amakisi Abu Tolibga yordam bo‘lsin deb uning kichik o‘g‘li Alini o‘z yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan.
Muhammad 40 yoshga borganida uning hayotida payg‘ambarlik davri boshlangan. Ya’ni unga ilk vahiy kela boshlagan. Ana shu davrdan Muhammad Allohning rasuliga – elchisiga aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi. Uning bir qismi Makkada (610-622), ikkinchi qismi Madinada (622-632) o‘tgan.
Adabiyotlarda qayd etilishicha dastlabki vahiy ramazon oyining 26-sidan 27-siga o‘tar kechasi kelgan. Shuning uchun bu kunni musulmonlar qadr ya’ni ilohiy qudrat kechasi sifatida nishonlaydilar. Ramazon oyini esa muborak deb biladilar. Kelgan vahiy Muhammad Payg‘ambarni insonlarni johiliyadan qutqarish va Alloh ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘lga chaqirishga da’vat etadi.
Muhammad Makkaliklarni but va sanamlarga sig‘inishdan qutqarish va yagona Alloh e’tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. Bu davrda Islom diniga kirganlar 30 kishini tashkil etdi xalos. Birinchi bo‘lib Bibi Xadicha, keyin amakivachchasining o‘g‘li Haydar ya’ni Ali, asrandi o‘g‘li Zayd ibn Xoris islomga kirdi. So‘ng Abu Bakr, az-Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abd ar Rahmon ibn Avf, Usmon ibn Affon va boshqalar islomni qabul qildilar. Shu tariqa Makkaliklar ikkiga ajralishdi. Bular Allohning yakkaligiga ishonganlar – mo‘min-musulmonlar va ishonmaganlar – mushriklar edi. Mushriklar Allohni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, ya’ni xudolar ko‘p deb, turli sanam, tosh va hakozolarga, ko‘plab xudolarga sig‘inardilar. Mushriklar 23 yil davomida Muhammad targ‘ibolariga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Ular hatto Muhammad Payg‘ambarni jismonan yo‘q qilmoq payiga ham tushganlar.
619 yilda avval amakisi Abu Tolib, keyin xotini Xadicha vafot etdi. Bu ikki ulug‘, oro‘li zotning vafotidan so‘ng mushriklar Payg‘ambarga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. U zot o‘zga yerlardan tarafdorlar izlashga majbur bo‘ldilar. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi. 622 yilda Makka zodagonlari bilan raqobatlashib kelayotgan Yasrib (Madina) dagi Avs va Xazraj qabilalarining vakillari musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish, Muhammadni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo‘lishdi. Shu tariqa 622 yilda musulmonlar jamoasi Makkadan Madinaga ko‘chadi. Buni tarixda xijrat – ko‘chish deb yuritiladi. Musulmon yili Xijriy yil hisobi shu yildan boshlanishi rasmiy tan olingan. Ko‘chib kelgan kishilar muxojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Bu yerda Muhammad qisqa vaqt ichida tarqoq arab qabilalarini muxojirlar bilan birlashtirib bir jamoa – ummani tashkil etdi. Bu jamoa qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma’muriy va xarbiy hokimiyat butunlay Muhammad Payg‘ambar qo‘liga o‘tdi. Madina atrofidagi barcha arab qabilalari bo‘ysundirildi. Ayni vaqtda Madina va Makka o‘rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uxud, Handoq kabi janglar bo‘lib o‘tdi. Nihoyat Makka zodagonlari 628 yilda Muhammad bilan kelishishga majbur bo‘ldilar. 630 yilda musulmonlar qo‘shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. 632 yilda Muhammad oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi. Mazkur Haj tarixda «vidolashuv xaji» deb yuritilib, Muhammad hajga to‘plangan 124 ming musulmonga qarata tuya ustida o‘tirib nutq so‘zlagan. Bu nutq tarixda – «vidolashuv xutbasi» deb yuritilib, u na faqat yig‘ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilganligi va insoniyat tarixida eng buyuk inqilib yasaganligi bilan ajralib turadi. Vidolashuv xutbasi joxiliyat davrining butun xurofatlarini, butun yomonliklarini, qon da’volarini, sudxo‘rlikni, qimor, fohishalikni, ayollarga nisbatan past nazar bilan qarashni o‘rtadan barham toptirishda muhim rol o‘ynadi.
Muhammad Payg‘ambar aytgan va’zlarining qisqacha mazmuni quydagicha:
«Ey insonlar! So‘zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman, balki bu sanadan keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo‘lolmasman.
Ey insonlar!... Bu kuningiz (qurbon kuni) qanday muqaddas bo‘lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo‘lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo‘lsa, bilingizki, jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir.
As’hobim! Hushingizni yig‘ib oling! Bilingizki, zinhor-bezinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib bir-biringizning bo‘yningizni kesmang!
As’hobim! Eski johiliyat davridan qolgan hamma qon da’volari batamom bekor qilindi.
As’hobim! Kimning yonida bir omonat bo‘lsa, uni egasiga qaytarib bersin.
Ey insonlar! Xotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shafqat, mehr ila muomalada bo‘lingiz. Ularning haqlari xususida Allohdan qo‘rqingiz! Xotinlar Sizga Tangrining omonatidir. Ularn Alloh nomiga so‘z berib oldingiz. Sizning xotinlar ustida haqlaringiz bo‘lgani kabi, ularning ham Sizda haqlari bor. Sizning xotinlardagi haqlaringiz – xotinlarning oila sharafini Siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoqosti qildirmasliklaridir. Xotinlaringizning har turli yeyish va kiyish ehtiyojlarini ta’minlashingiz esa, ularning Sizning ustingizdagi haqlaridir… Bir xotin erining ruhsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas.
Ey mo‘minlar! So‘zlarimni yaxshi eshitingiz:…Hech kimning boshqalardan ustunligi yo‘qdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat iladir. Har bir musulmon musulmonning birodaridir. Haqsizlik qilmang! Haqsizlikka bo‘yin ham egmang! Odamning haqlarini yemang. Bir-biringiz bilan bo‘g‘ishmang!...
Ey insonlar! Har bir jinoyatchi o‘z aybiga faqat o‘zi javobgardir. Hech bir jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi.
Ey mo‘minlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bog‘langaningiz sari yo‘lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Allohning kitobi – Qur’ondir.
Ey insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning…»19
Muhammad Rasulluloh hajdan qaytgach 632 yil 8 iyunda kasallanib vafot etdi. Bu davrga kelib Arabiston yarim oroli to‘la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil bo‘dib xizmat qildi va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi.
Muhammad Rasululloh vafot etgach u barpo etgan davlatni uning o‘rinbosarlari – xalifalar boshqargan. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan.
632-661 yillarda to‘rt nafar xalifa – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar xalifalikni boshqarib yer yuzining katta qismini xalifalikka bo‘ysundirganlar.
661-750 yillarda qariyib yuz yil Islom tarixida Ummaviylar sulolasi xukmronlik qilgan. Bu davrda arablar istilosi va Islomning boshqa xalqlar orasida tarqalishining ikkinchi davri boshlanib Shimoliy Afrika, Ispaniya yerlari bosib olindi.
Arablar VIII asrda O‘rta Osiyoni – Movaraunnahrni bosib oldilar va qattiqqo‘llik bilan islomlashtirish siyosatini olib bordilar. Bu jarayon o‘ta qiyin kechgan. Chunonchi ular raqiblarni o‘ldirdilar, Islomni qabul etmaganlarni boshiga turli-tuman kulfatlarni tug‘dirdilar, har xil yo‘llar bilan mahalliy xalqlarga zulm va xo‘rliklarni o‘tkazdilar, katta soliqlar soldilar. Ayni paytda arab hukmdorlari islomni qabul qilganlari uchun turli imtiyozlar yaratdilar, jumladan, ularni juzyadan, ya’ni jon solig‘idan ozod qildilar20.
Shunday qilib bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo‘lgan katta hudud zabt etildi va Islom dini keng xududda tarqaldi.
O‘rta Osiyo aholisining arablarga qarshi olib borgan erk va ozodlik kurashi bir yarim asr uzluksiz davom etdi. Ularning bu intilishlari, harakatlari nihoyat IX asrning oxirlariga kelib mintaqada arab halifaligi hokimiyatining qulashi bilan yakunlandi. O‘rta Osiyoda IX-XI asrlar davomida markazlashgan mustaqil davlatlar vujudga keldi.
Bu – Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatidir.
Arab xalifaligi 632-yildan to 1258-yilgacha, ya’ni 627 yil davom etdi. Undan keyin Misr Abbosiy xalifaligi 1261-yildan 1517-yilgacha, Usmonlilar xalifaligi esa 1517 yildan 1924-yilga qadar hukm surdi.
Shunday qilib islom xalifaligi jami 1293 yil amal qilib, 1924-yilda Turkiya jumxuriyatining rahbari Mustafo Kamol boshchiligidagi Milliy majlis Usmonlilar xalifaligini bekor qilinishi bilan nihoyasiga yetdi21.


  1. Download 0,69 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o‘lkalarga tarqalishi

Download 0,69 Mb.